Madinadagi asosiy masjid –Masjidi nabaviyda pandemiya sababli olib tashlangan joynamoz gilamlar qayta to‘shala boshladi. Muharram oyining birinchi kunida, Ikki muqaddas masjid ishlari bo‘yicha hay’at rahbari shayx Abdurrahmon as-Sudaysning buyrug‘i bilan masjidga 7000 gilam keltiriladi.
Barcha gilamlar masjid va uning atrofiga to‘shaladi. "Marva-tur" xabariga ko‘ra, bitta gilamda uch nafar namozxon ijtimoiy masofani saqlab, ibodat qilishlari mumkin. Dindorlar orasidagi masofa 1,5-2 metr bo‘lishi kerak.
https://azon.uz
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.
O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).