O‘zbekiston Respublikasniing “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi yangi tahrirda qabul qilinishi ko‘zda tutilayotgan qonun loyihasi bir qator yangi huquqiy normalar bilan mustahkamlanmoqda.
Mazkur qonun loyihasi deyarli havolaki normalarsiz har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat’iy nazar fuqarolarning tengligini ta’minlash, shuningdek, dinlararo hamda millatlararo totuvlikni saqlash maqsadida vakolatli davlat organlari va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi sodda va ixcham tarzda yozilgan huquqiy normalarni o‘z ichiga olgan.
Birinchidan, ro‘yxatdan o‘tuvchi diniy tashkilot ta’sis hujjatlarini notarial tartibda tasdiqlash tartibi bekor qilinmoqda (hozirda notarial tasdiqlanishi talab etiladi).
Ikkinchidan, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga diniy tashkilotni tashkil etish bo‘yicha ta’sis yig‘ilishi (konferensiyasi) o‘tkazilgan kundan boshlab olti oy mobaynida uni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun elektron murojaat yuborilishi nazarda tutilmoqda ( amaldagi normativ huquqiy hujjatda bu muddat 3 oy etib belgilangan).
Uchinchidan, ro‘yxatdan o‘tuvchi markaziy boshqaruv organi va diniy ta’lim muassasalari uchun 18 yoshga yetgan kamida 100 nafar tashabbuskorlar bo‘lishi talabi olib tashlanmoqda.
To‘rtinchidan, mahalliy diniy tashkilotlar uchun 18 yoshga yetgan kamida 100 nafar tashabbuskorlar soni 50 nafarga tushirilmoqda.
Beshinchidan, amaldagi qonunning 14-moddasidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarning (diniy tashkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlari bilan bog‘liq norma chiqarib tashlanmoqda.
Bundan tashqari, qonun loyihasida ko‘pgina tartib taomillar yanada soddalashtirilgan. Xususan, diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha murojaatlar elektron tarzda amalga oshirilishi qat’iy belgilangan.
Shuningdek, qonun loyihasida bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda, uning normalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilmasdan hayotga tadbiq etish mumkinligini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.
Qonun loyihasini yanada takomillashitirish yuzasidan qo‘shimcha yozma takliflar bildiriladi.
O‘MI Huquqshunoslik bo‘limi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Kotibiyat mas’ul xodimi Muhammadamin qori Xoliqovning padari buzrukvori vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo‘lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o‘stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.
Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Muhammadamin qori Xoliqovga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi