Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Avgust, 2025   |   11 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:50
Quyosh
05:22
Peshin
12:34
Asr
17:29
Shom
19:39
Xufton
21:04
Bismillah
05 Avgust, 2025, 11 Safar, 1447

Jamiyatimiz uchun muhim bo‘lgan yana bir qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi

20.08.2020   1945   2 min.
Jamiyatimiz uchun muhim bo‘lgan yana bir qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasniing “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi  yangi tahrirda qabul qilinishi ko‘zda tutilayotgan qonun loyihasi bir qator yangi huquqiy normalar bilan mustahkamlanmoqda.

Mazkur qonun loyihasi deyarli havolaki normalarsiz har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat’iy nazar fuqarolarning tengligini ta’minlash, shuningdek, dinlararo hamda millatlararo totuvlikni saqlash maqsadida vakolatli davlat organlari va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi sodda va ixcham tarzda yozilgan huquqiy normalarni o‘z ichiga olgan.

Birinchidan, ro‘yxatdan o‘tuvchi diniy tashkilot ta’sis hujjatlarini notarial tartibda tasdiqlash tartibi bekor qilinmoqda (hozirda notarial tasdiqlanishi talab etiladi).

Ikkinchidan, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga diniy tashkilotni tashkil etish bo‘yicha ta’sis yig‘ilishi (konferensiyasi) o‘tkazilgan kundan boshlab olti oy mobaynida uni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun elektron murojaat yuborilishi nazarda tutilmoqda ( amaldagi normativ huquqiy hujjatda bu muddat 3 oy etib belgilangan).

Uchinchidan, ro‘yxatdan o‘tuvchi markaziy boshqaruv organi va diniy ta’lim muassasalari uchun 18 yoshga yetgan kamida 100 nafar tashabbuskorlar bo‘lishi talabi olib tashlanmoqda.

To‘rtinchidan, mahalliy diniy tashkilotlar  uchun 18 yoshga yetgan kamida 100 nafar tashabbuskorlar soni 50 nafarga tushirilmoqda.

Beshinchidan, amaldagi qonunning 14-moddasidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarning (diniy tashkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlari bilan bog‘liq norma chiqarib tashlanmoqda.

Bundan tashqari, qonun loyihasida ko‘pgina tartib taomillar yanada soddalashtirilgan. Xususan, diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha murojaatlar elektron tarzda amalga oshirilishi qat’iy belgilangan.

Shuningdek, qonun loyihasida bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda, uning normalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilmasdan hayotga tadbiq etish mumkinligini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.

Qonun loyihasini yanada takomillashitirish yuzasidan qo‘shimcha yozma takliflar bildiriladi.

O‘MI Huquqshunoslik bo‘limi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Bir kunda mingta yaxshilik

04.08.2025   1202   1 min.
Bir kunda mingta yaxshilik

Bismillahir Rohmanir Rohiym

 

حدثنا العباس بن محمد الدوري  نا يعلى نا موسى  عن مصعب بن سعد  عن أبيه سعد بن مالك قال: كنا جلوسا عند رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم فقال: ”أيعجز أحدكم أن يكسب في اليوم ألف حسنة“. قال: فسأله سائل من جلسائه: كيف يكسب أحدنا يا رسول الله كل يوم ألف حسنة  قال: ”يسبح مائة تسبيحة يكتب له ألف حسنة  أو يحط عنه ألف خطيئة.


Mus’ab ibn Sa’d otasi Sa’d ibn Molikdan rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallamning huzurlarida o‘tirgan edik.

Shunda u zot: “Sizlardan biringiz bir kunda mingta yaxshilik qilishga ojizmi?” dedilar.

U zot bilan birga o‘tirganlardan biri: “Yo Allohning Rasuli, qanday qilib har birimiz bir kunda mingtadan yaxshilik qila olishimiz mumkin?” deb so‘radi.

“Yuzta tasbeh (“Subhanalloh” deb) aytsa, unga mingta savob yoziladi yoki undan mingta xato o‘chiriladi”, dedilar.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi

 

Maqolalar