Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Avgust, 2025   |   11 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:50
Quyosh
05:22
Peshin
12:34
Asr
17:29
Shom
19:39
Xufton
21:04
Bismillah
05 Avgust, 2025, 11 Safar, 1447

«Buxoro shahri — Yetti pir ziyoratgohlari» yo‘nalishi bo‘ylab transport qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

20.08.2020   3265   1 min.
«Buxoro shahri — Yetti pir ziyoratgohlari» yo‘nalishi bo‘ylab transport qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda
 

Joriy yilning 22 avgust kunidan boshlab, Buxoro shahri Gazli shossesi yo‘li yoqasida joylashgan «Sharq» bosh bekatidan soat 09-00 dan e’tiboran karantin talablari bo‘yicha belgilangan barcha sanitariya-gigiyena me’yorlarga amal qilgan holda «Buxoro shahri - Yetti pir ziyoratgohlari» yo‘nalishida transport qatnovi boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur yo‘nalishda “ARK TRAVEL” MCHJ korxonasi o‘zining zamonaviy avtobus va mikroavtobuslarida qatnovlarni amalga oshiradi.

Ushbu yo‘nalishdagi qatnov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 29-30 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida viloyat faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonining «Buxoro shahri – Yetti pir ziyoratgohlari» yo‘nalishida transport qatnovini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash, viloyatning turizm sohasini yanada rivojlantirish hamda sayyohlar va viloyat aholisiga sifatli transport xizmati ko‘rsatish maqsadida Buxoro viloyati transport boshqarmasi tomonidan yo‘lga qo‘yilmoqda.

 

http://xs.uz

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Mashinada qoldirilgan buyumlarning hukmi

04.08.2025   1670   1 min.
Mashinada qoldirilgan buyumlarning hukmi

Savol: Men Turkiya davlatida avtomashinalarni yuvish xizmati (avtomoyka)da ishlayman. Ba’zan taksi haydovchilarining mashinalarini yuvganimizda ichida mijozlarning buyumlari va pullari tushib qolgan bo‘ladi. Shu pullarni o‘zimizga olsak bo‘ladimi yoki taksichiga berishimiz kerakmi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Mazkur buyum va pullar sizning ham, taksichining ham mulki emas, balki o‘z egasining mulkidir. Shuning uchun egasiga qaytarish lozim. Buning uchun siz topilmani taksichining o‘ziga qaytarib berasiz va u haqiqiy egalarini topish chorasini ko‘radi. Egasidan beruxsat ishlatib yuborishi gunoh hisoblanadi.

Zayd ibn Xolid al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim yo‘qolgan narsani tanitmay o‘ziniki qilib olsa, zalolatga ketuvchidir”, deganlar (Imom Muslim va Imom Ahmad rivoyat qilgan).

Hozirgi vaqtda unutib qoldirilgan buyumlarning egasini topishning turli yo‘llari mavjud. Unutib qoldirilgan narsalar buyum va pul singari chirib, aynib qolmaydigan narsalar bo‘lsa, egasi chiqqunicha o‘zida saqlab turadi va egasini topishga jiddiy kirishadi.

Egasini topishdan butkul umidi uzilgan vaqtda o‘zi muhtoj bo‘lsa, sadaqa o‘rnida o‘ziga ishlatishi, boy bo‘lsa, faqirlarga egasining nomidan sadaqa qilib yuborishi lozim bo‘ladi.

Keyinchalik egasi topilib qolsa, holatni tushuntiradi. Agar egasi rozi bo‘lsa, sadaqaning savobi unga bo‘ladi. Egasi rozi bo‘lmay, narsasini talab qilsa, qiymatini to‘lab beradi va qilingan sadaqaning savobi ana shu taksichining o‘ziga bo‘ladi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.