Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Avgust, 2025   |   10 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:49
Quyosh
05:21
Peshin
12:34
Asr
17:30
Shom
19:41
Xufton
21:05
Bismillah
04 Avgust, 2025, 10 Safar, 1447

Abu Ali ibn Sino – O‘zbekiston g‘ururi va umumjahon merosi

18.08.2020   2775   2 min.
Abu Ali ibn Sino – O‘zbekiston g‘ururi va umumjahon merosi

Pandemiya bilan bog‘liq murakkab sharoitga qaramasdan dunyo hamjamiyati tibbiyot, ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shgan buyuk olim Abu Ali ibn Sino tavalludining 1040 yilligini keng nishonlayapti. Bu haqda “Dunyo” AA manbasiga asoslanib xs.uz sayti xabar bermoqda.

16 avgust kuni Ibn Sino jamoat fondi “UzReport” telekanali bilan hamkorlikda Ibn Sinoning insoniyatga qoldirgan boy merosini chuqur o‘rganish, chet elda keng targ‘ib qilish maqsadida tabib, olim va faylasuf Abu Ali ibn Sino tavalludiga bag‘ishlangan “Abu Ali ibn Sino – O‘zbekiston g‘ururi va umumjahon merosi” mavzusida xalqaro ilmiy-ma’rifiy videokonferensiya o‘tkazdi.

Unda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Yoshlar ishlari bo‘yicha agentligi, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Oliy ta’lim muassasalari, Toshkent shahridagi Vestminster universiteti vakillari, Germaniya, Belgiya, Fransiya, Isroil, Turkiya, Hindistondan yetakchi mutaxassis va ekspertlar ishtirok etdi. Shuningdek, onlayn anjumanda 17 ta ilmiy ma’ruzachi, xususan, 6 ta xorijiy ma’ruzachi qatnashdi.

Ibn Sino akademiyasi prezidenti, professor Said Zillur Rahmon (Xindiston), Ibn Sino xalqaro fondi prezidenti, professor Mixael Sach (Isroil), Avitsenna assotsiatsiyasi prezidenti, professor Mark Bonnel (Fransiya), Ta’lim bo‘yicha YUNESKO a’zosi, hakam, professor Amina Atxer, tibbiyot fanlari nomzodi Abdukarim Usmonxo‘jayev Ibn Sino jamoat fondi maslahatchisi, professor Jasur Rizayev va boshqalar Abu Ali ibn Sino merosining zamonaviy tibbiyot uchun dolzarbligini qayd etib, uning fan va zamon ehtiyojlariga moslashish kerakligini ta’kidlashdi.

Xalqaro videokonferensiya yakunida uning dolzarbligi, ilmiy-madaniy va siyosiy ahamiyati, Ibn Sino ko‘p qirrali ilmiy merosini o‘rganish uchun davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi hamda tadqiqot faoliyatini moliyalashtirish zarurligi, publitsistik va ilmiy asarlar nashrini faollashtirish bo‘yicha zarur takliflarni ishlab chiqishga kelishildi.

Ta’kidlash joiz, Ibn Sino tavalludining 1040 yilligiga bag‘ishlangan tadbirga tayyorgarlik ko‘rish doirasida o‘zbek, rus va ingliz tillarida tematik videoroliklar tayyorlandi.

Xalqaro videokonferensiya doirasida “Ibn Sino” jamoat fondi, “UzReport” telekanali va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Mashinada qoldirilgan buyumlarning hukmi

04.08.2025   975   1 min.
Mashinada qoldirilgan buyumlarning hukmi

Savol: Men Turkiya davlatida avtomashinalarni yuvish xizmati (avtomoyka)da ishlayman. Ba’zan taksi haydovchilarining mashinalarini yuvganimizda ichida mijozlarning buyumlari va pullari tushib qolgan bo‘ladi. Shu pullarni o‘zimizga olsak bo‘ladimi yoki taksichiga berishimiz kerakmi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Mazkur buyum va pullar sizning ham, taksichining ham mulki emas, balki o‘z egasining mulkidir. Shuning uchun egasiga qaytarish lozim. Buning uchun siz topilmani taksichining o‘ziga qaytarib berasiz va u haqiqiy egalarini topish chorasini ko‘radi. Egasidan beruxsat ishlatib yuborishi gunoh hisoblanadi.

Zayd ibn Xolid al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim yo‘qolgan narsani tanitmay o‘ziniki qilib olsa, zalolatga ketuvchidir”, deganlar (Imom Muslim va Imom Ahmad rivoyat qilgan).

Hozirgi vaqtda unutib qoldirilgan buyumlarning egasini topishning turli yo‘llari mavjud. Unutib qoldirilgan narsalar buyum va pul singari chirib, aynib qolmaydigan narsalar bo‘lsa, egasi chiqqunicha o‘zida saqlab turadi va egasini topishga jiddiy kirishadi.

Egasini topishdan butkul umidi uzilgan vaqtda o‘zi muhtoj bo‘lsa, sadaqa o‘rnida o‘ziga ishlatishi, boy bo‘lsa, faqirlarga egasining nomidan sadaqa qilib yuborishi lozim bo‘ladi.

Keyinchalik egasi topilib qolsa, holatni tushuntiradi. Agar egasi rozi bo‘lsa, sadaqaning savobi unga bo‘ladi. Egasi rozi bo‘lmay, narsasini talab qilsa, qiymatini to‘lab beradi va qilingan sadaqaning savobi ana shu taksichining o‘ziga bo‘ladi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.