frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Muftiy hazratlariga hayit tabriklari kelmoqda

10.04.2024   1620   1 min.
Muftiy hazratlariga hayit tabriklari kelmoqda

Ramazon hayiti munosabati bilan O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlariga xorijiy davlatlar muftiylari, diniy etakchilari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan qutlov maktublari kelmoqda. Ularda Muftiy hazratlari va mo'min-musulmonlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, fayzu baraka va omad tilab, eng ezgu orzu-istaklar ro'yobga chiqishi so'ralgan. Jumladan:
Rossiya muftiylari kengashi raisi, Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi rahbari, muftiy, shayx Ravil Gaynutdin;
Rossiya musulmonlari markaziy diniy boshqarmasi raisi, Shayx ul-islom, oliy muftiy, Tal'at Safo Tojuddin
Turkiya diyonat ishlari boshqari raisi, muftiy Ali Erbosh
Misr Arab Respublikasidagi “Al-Azhar” universiteti rektori Doktor Muhammad al-Mehrasoviy
Belarus musulmonlari diniy uyushmasi raisi, muftiy Abu-Bekir Shabanovich.
Rossiya musulmonlari diniy jamoasining rahbari, Moskva muftiysi Al'bir hazrat Krganov;
Hitoy islom assotsiatsiyasi Prezidenti Hassan Yang Faming
Sankt-Peterburg va Rossiyaning shimoli-g'arbiy mintaqasi musulmonlari kengashi raisi, muftiy Pancheev Ravil' Djafyarovich kabilardan tabriklar keldi.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.


O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

13.09.2026   8525   1 min.
Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

Joriy yilning 13–16 sentyabr kunlari Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi hamda uning doirasidagi bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Yig‘inlarda turkiy dunyoning yetakchi din peshvolari – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Allohshukur Poshshozoda, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Safi Arpagush, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli, Qirg‘iziston musulmonlari diniy nazorati raisi, muftiy Abdulaziz qori Zakirov, Turkmaniston muftiyci Rahmon Qurbonmurodov kabilar boshchiligidagi turkiy davlatlar ulamolaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etadi.  

Mamlakatimiz delegatsiyasi safidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi, Fatvo markazi, hududiy vakilliklar hamda oliy diniy ta’lim muassasalaridan vakillar joy olgan.

Tadbirlar doirasida ulamolar musulmon ummati uchun muhim bo‘lgan shar’iy masalalar, zamonaviy fatvolar va mushtarak tashabbuslarni muhokama qilib, yakuniy hujjatlarni imzolaydilar. Shuningdek, ilmiy-amaliy anjuman, ikki tomonlama muzokaralar hamda tabarruk qadamjolar ziyorati ham rejalashtirilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari