Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Avgust, 2025   |   10 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:49
Quyosh
05:21
Peshin
12:34
Asr
17:30
Shom
19:41
Xufton
21:05
Bismillah
04 Avgust, 2025, 10 Safar, 1447

Shavvol oyi ro'zasining qazosi bormi?

15.04.2024   359   2 min.
Shavvol oyi ro'zasining qazosi bormi?

Cavol: Ayrim bir sabablarga ko'ra shavvol oyining 6 kunlik ro'zasidan 3 kunini tuta olmay qoldim. Qanday qilib shavvol oyi ro'zaning qazosini tutsam bo'ladi? O'zi shavvol ro'zasini qazosi bormi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Shavvol oyi ro'zasini tuta olinmagan bo'lsa, uning qazosini tutilmaydi. Chunki u nafl — ixtiyoriy ro'za hisoblanadi.

Lekin shavvol oyining ajriga – bir yillik ro'zaning savobiga erishishning boshqa yo'li ham bor. Buning uchun har qamariy oyda uch kun ro'za tutilsa, bir yil ro'za tutgan savobiga erisha oladi. Bu haqda quyidagi sahih hadisda shunday va'da qilingan.

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumo aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga mening Allohga qasamki, hayot ekanman, kunduzi ro'za tutaman, tunni ibodat bilan o'tkazaman, deyayotganim xabar qilindi. Men u zotsollallohu alayhi vasallamga dedim: Ota-onam sizga fido bo'lsin, haqiqatdan ham shunday dedim. U zotsollallohu alayhi vasallam: Sen buni qila olmaysan. Shu bois, ro'za ham tut, og'zi ochiq ham yur. Bedor ham bo'l, uxlagin ham. Oyda uch kun ro'za tut. Zero, yaxshilik evaziga uning o'n barobari bordir. Mana shu yil-o'n ikki oy ro'za tutgan kabidir, dedilar» (Imom Buxoriy rivoyati). Vallohu a'lam.

 O'zbekiston musulmonlari idorasiFatvo markazi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

“Jumadan jumagacha” (03.08.2025)

04.08.2025   1398   1 min.
“Jumadan jumagacha” (03.08.2025)

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Videolavhalar