Mehmonlarni Samarqand xalqaro aeroportida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Ummon Sultonligi tashqi ishlar vaziri dastlab buyuk muhaddis Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi. Ayni paytda bu erda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlariga yuksak baho berdi.
Mehmonlar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan tanishdi. Mehmonlarga markazda buyuk muhaddis va allomalar merosini o'rganish bo'yicha olib borilayotgan ilmiy- tadqiqot ishlari to'g'risida ma'lumot berildi.
Delegatsiya a'zolari Registon maydonidagi ulug'vor madrasalar, bu erda namoyish etilgan milliy hunarmandlik mahsulotlari va xattotlik san'ati namunalarini katta qiziqish bilan tomosha qildi.
G'. Hasanov, A. Isroilov (surat), O'zA muxbirlari
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati