Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Avgust, 2025   |   10 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:49
Quyosh
05:21
Peshin
12:34
Asr
17:30
Shom
19:41
Xufton
21:05
Bismillah
04 Avgust, 2025, 10 Safar, 1447

Ummon Sultonligi tashqi ishlar vaziri Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi

15.04.2024   777   5 min.
Ummon Sultonligi tashqi ishlar vaziri Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi

Yurtimizda mehmon bo'lib turgan Ummon Sultonligi tashqi ishlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaidi boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga keldi.

Mehmonlarni Samarqand xalqaro aeroportida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Ummon Sultonligi tashqi ishlar vaziri dastlab buyuk muhaddis Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi. Ayni paytda bu erda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlariga yuksak baho berdi.

Mehmonlar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan tanishdi. Mehmonlarga markazda buyuk muhaddis va allomalar merosini o'rganish bo'yicha olib borilayotgan ilmiy- tadqiqot ishlari to'g'risida ma'lumot berildi.

Delegatsiya a'zolari Registon maydonidagi ulug'vor madrasalar, bu erda namoyish etilgan milliy hunarmandlik mahsulotlari va xattotlik san'ati namunalarini katta qiziqish bilan tomosha qildi.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 -- Samarqandga ilk tashrifimiz taassurotlarga boy bo'ldi,-- dedi Ummon Sultonligi tashqi ishlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaidi.-- Ayniqsa, ulug' muhaddis Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilish biz uchun ulkan sharaf. Ushbu majmua yaqin orada Islom olamining eng qutlug' ziyoratgohlaridan biriga aylanishi, shubhasiz.

G'. Hasanov, A. Isroilov (surat), O'zA muxbirlari

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Bir kunda mingta yaxshilik

04.08.2025   669   1 min.
Bir kunda mingta yaxshilik

Bismillahir Rohmanir Rohiym

 

حدثنا العباس بن محمد الدوري  نا يعلى نا موسى  عن مصعب بن سعد  عن أبيه سعد بن مالك قال: كنا جلوسا عند رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم فقال: ”أيعجز أحدكم أن يكسب في اليوم ألف حسنة“. قال: فسأله سائل من جلسائه: كيف يكسب أحدنا يا رسول الله كل يوم ألف حسنة  قال: ”يسبح مائة تسبيحة يكتب له ألف حسنة  أو يحط عنه ألف خطيئة.


Mus’ab ibn Sa’d otasi Sa’d ibn Molikdan rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallamning huzurlarida o‘tirgan edik.

Shunda u zot: “Sizlardan biringiz bir kunda mingta yaxshilik qilishga ojizmi?” dedilar.

U zot bilan birga o‘tirganlardan biri: “Yo Allohning Rasuli, qanday qilib har birimiz bir kunda mingtadan yaxshilik qila olishimiz mumkin?” deb so‘radi.

“Yuzta tasbeh (“Subhanalloh” deb) aytsa, unga mingta savob yoziladi yoki undan mingta xato o‘chiriladi”, dedilar.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi

 

Maqolalar