Saudiya Arabistonidagi “Masjidul Harom” va “Masjidun Nabaviy” ma'muriyati tomonidan Ramazon oyining so'nggi kunlarida “Masjid ul-Harom”da brayl alifbosidagi Qur'oni karim kitobi tarqatildi.
“IQNA”ning “Al-Makka” matbuot nashriga tayanib ma'lum qilishicha, “Masjidul-Harom” va Masjidun Nabaviy” idorasi “Masjidul Harom” masjidida Brayl alifbosidagi Qur'oni karim kitobi tarqatilishini e'lon qilgan.
Mazkur aktsiya “Mubsirun” loyihasi shaklida amalga oshirilib, ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchilarga Ramazon oyining so'nggi kunlarida xizmat ko'rsatishga qaratildi.
“Masjidul Harom” va “Masjidun Nabaviy” ma'muriyati rahbari shunday dedi: Ushbu tashabbus Makka amirlik idorasi umumiy rejasining bir qismi sifatida ma'naviy va ma'rifiy muhitni yaratish va ko'zi ojizlar jamoasi uchun diniy tajribani maksimal darajada oshirish uchun umra qilish uchun dunyoning turli burchaklaridan kelganlarga eng yaxshi xizmatlarni taqdim etishga qaratilgan.
Shu tariqa, “Masjidul Harom” va “Masjidun Nabaviy” idorasi ham ko'zi ojizlar uchun Brayl alifbosidagi muqaddas matnni bemalol o'qish imkonini beruvchi elektron Qur'on yaratilganini e'lon qildi.
Avvalroq ushbu ma'muriyat Ramazon oyini yangi texnologiyalardan foydalanish va ziyoratchilarga xizmat ko'rsatish uchun sun'iy intellekt va turli robotlar kabi texnologiyalardan foydalanishga ko'proq sarmoya kiritish uchun raqamli transformatsiya rejasini amalga oshirish uchun qulay imkoniyat deb e'lon qilgan edi.
Shuningdek, ziyoratchilarga Qur'onning turli tillarga to'g'ri va sinxron tarjimasini yakunlashda yordam berish uchun yangi ilovalar taqdim etildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi xodimi Ilyosxon Ahmedov tayyorladi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida "Islom ma’rifati, hadis ilmi va Imom Buxoriy merosi" o‘quv kursi o‘tkazildi. Mutaxassislar tomonidan yodgorlik majmuasi gid-ekskursovodlari uchun o‘tkazilgan mashg‘ulotlar doirasida ekskursiya faoliyati bilan bog‘liq huquqiy, nazariy va amaliy masalalar ko‘rib chiqildi, xabar bermoqda “Samarkandskiy vestnik” nashri.
- Bu yerga tashrif buyurgan har bir ziyoratchi faqat ibodat qilish uchun emas, balki ma’naviy "oziq" olish uchun ham borishi kerak, - deydi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Ziyodov. - Bu yerda faoliyat yuritayotgan gidlarning malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘yar ekanmiz, ularga Imom Buxoriyning bizga qoldirgan merosini, bu merosning tarixiy manbalarini chuqur o‘rgatishimiz shart.
Kurs doirasida majmuaga birinchi marta tashrif buyurgan mehmonlar bilan muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari muhokama qilindi. Xorijlik ziyoratchilarga nafaqat Imom al-Buxoriy hayotidagi faktlar va diniy qadriyatlarimizni yetkazish, balki boy madaniy merosimizni asrab-avaylash va yetkazish kabi dolzarb masalalar ko‘tarildi.
Gid-ekskursovodlar ham o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, kelgusidagi ishlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar berdilar. Bu bevosita ekskursiyalarni o‘tkazish paytida yuzaga keladigan masalalarni muhokama qilish imkonini berdi.
Kurs O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Diniy ta’lim sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, viloyat hokimligi hamda Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini saqlash va uning atrofini obodonlashtirish departamenti tomonidan tashkil etildi.
Tarixiy obidalar va ziyoratgohlar turizm salohiyatining muhim qismi bo‘lgan Samarqand viloyati uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash alohida ahamiyatga ega. Mehmonga tashrif buyuriladigan joyning tarixi qanchalik to‘liq va tushunarli ochib berilishi gidning professionalligiga bog‘liq. Shuning uchun ham gid-ekskursovodlarning malakasini muntazam oshirib borish, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish standartlarini joriy etish Samarqandda turizm xizmatlari sifatini oshirishda ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati