Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Iyul, 2025   |   26 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:30
Quyosh
05:08
Peshin
12:34
Asr
17:38
Shom
19:55
Xufton
21:25
Bismillah
21 Iyul, 2025, 26 Muharram, 1447

Balolarni ketkazuvchi, g'am-tashvishlardan xalos etuvchi, dardlarga shifo bo'luvchi zikr

16.04.2024   272   6 min.
Balolarni ketkazuvchi,  g'am-tashvishlardan xalos etuvchi,  dardlarga shifo bo'luvchi zikr

 

  1. Laa havla va laa quvvata illa billah – jannat eshiklaridan biri.

ألا أدلك على باب من أبواب الجنة قال: وما هو؟ قال: لا حول ولا قوة إلا بالله

Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu aytadilar: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Seni jannat eshiklaridan bir eshikka dalolat qilayinmi?” dedilar. Men: “U nima?” deb so'radim. Nabiy alayhissalom: “Laa havla va laa quvvata illa billah”, dedilar" (Imom Tabaroniy rivoyati).

 

  1. Laa havla va laa quvvata illa billah – jannat xazinalaridan biri.

قل: لا حول ولا قوة إلا بالله فإنها كنز من كنوز الجنة

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: “Laa havla va laa quvvata illa billah”ni aytgin. Albatta, u jannat xazinalaridan biridir", dedilar" (Imom Termiziy rivoyati).

 

  1. Laa havla va laa quvvata illa billah – jannat ko'chati.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Jannat ko'chatlarini ko'paytiringlar”,dedilar. “Yo Allohning rasuli, uning ko'chatlari nima?” deyishdi. U zot alayhissalom: “Laa havla va laa quvvata illa billah”,dedilar (Imom Tabaroniy rivoyati).

 

  1. Laa havla va laa quvvata illa billah – 99 dardga shifo bo'ladi.

مَنْ قَالَ لا حَوْلَ وَلا قُوَّةَ إِلاَّ بِاللهِ كَانَتْ دَوَاءٌ مِنْ تِسْعَةٍ وَتِسْعِينَ دَاءٍأَيْسَرُهَا الْهَمُّ

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim Laa havla va laa quvvata illa billah”ni aytsa, to'qson to'qqiz dardga davo bo'ladi. Eng engili g'amdir", dedilar (Imom Tabaroniy, Imom Hokim rivoyati).

 

  1. Laa havla va laa quvvata illa billah – faqirlikni daf qiladi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim har kuni yuz marta “Laa havla va laa quvvata illa billah”ni aytsa, unga faqirlik etmas", dedilar (Ibn Abu Dunyo rivoyati).

 

  1. Laa havla va laa quvvata illa billah – ne'matlarning bardavom bo'lishiga sabab bo'ladi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kimga Alloh ne'mat bersa-yu, u bu ne'matning o'zida davomiyligini istasa, “Laa havla va laa quvvata illa billah”ni ko'p aytsin", deganlar (Imom Tabaroniy rivoyati).

 

  1. Laa havla va laa quvvata illa billah – balo-musibatlardan xalos etadi.

Hazrat Ali roziyallohu anhu aytadilar: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: "Ey Ali, senga qiyin ahvolga tushib qolganda aytiladigan kalimalarni o'rgataymi?" dedilar. "Alloh meni sizga fido qilsin, o'rgating, yo Rasululloh", dedim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Qiyin ahvolga tushib qolsang, “Bismillahir rohmanir rohiym. Va laa havla va laa quvvata illaa billaahil 'aliyyil 'aziym”, deb ayt. Chunki mana shu duo bilan Alloh xohlaganicha har turli balolardan xalos qiladi», dedilar.

Molik Ashja'iyning o'g'li asirga tushib qolganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga odam yuborib “Laa havla va laa quvvata ilaa billah”ni ko'p aytishni buyurganlar. Natijada o'g'li asirlikdan xalos bo'lgan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari o'z tajribalarida “Laa havla va laa quvvata ilaa billah”ni aytish bilan mushkullari oson, balo-ofatlari daf bo'lishini ko'p sinab ko'rganlar.

Olimlardan biri aytadilar: “Kimning g'am-tashvish va musibatlari ko'payib ketsa: “Laa havla va laa quvvata illa billah” kalimasini ko'p aytsin”.

 Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi

15.07.2025   10005   1 min.
Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi

Bugun, 15 iyul kuni imom-xatiblar faoliyatini yanada samarali tashkil qilish bo‘yicha Sirdaryo viloyati Xovos tumanida navbatdagi amaliy tadbir o‘tkazildi. Namunaviy-amaliy tadbir yig‘ilishi mazkur tumandagi "Xovos" jome masjidida bo‘lib o‘tdi.
 

Mazkur tadbirda Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Habibulloh domla Zokirov yig‘ilishga boshchilik qildi. Shuningdek, vakillik xodimlari, tuman, shahar bosh imom-xatiblari hamda otinoyilar, mahallalardagi “Haj – 2025” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi.
 

Ishchi guruh a’zolari tomonidan hududdagi 20 ta mahalladagi 120 ta xonadon holidan xabar olindi. Jumladan, nogironligi bor xonadonlar, notinch oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar qamrab olindi.

Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi Sirdaryoda “Ma’naviyat karvoni” 120 xonadonda bo‘ldi
O'zbekiston yangiliklari