R Odobning asli – o'zini nuqsonli, boshqani – komil ko'rmoqlikdir.
Odobi kam bo'lgan – o'zini komil, boshqalarni – nuqsonli ko'radi.
R Banda shu to'rt narsa bilan yuksaladi:
- ilm;
- odob;
- omonat;
- iffat.
R Odobi yo'qning – ilmi, sabri yo'qning – dinga bog'liqligi, taqvosi yo'qning – Allohga yaqinligi yo'qdir.
(Hasan Basriy rahmatullohi alayh).
Janobi Payg'ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam marhamat qildilar:
¯ «Kim birodarining maktubiga uning iznisiz nazar solsa, xuddi do'zax otashiga nazar solgandek bo'ladi»(Imom Abu Dovud rivoyatlari);
¯ «Kim bir qavmning hovlisiga ularning iznisiz qarasa, bas, ular uning ko'zini o'yib olsalar, xun to'lamaydilar» (Imom Abu Dovud rivoyatlari).
ENG AVVALO, UNUTMASLIK LOZIMKI:
· telefon orqali biz gaplashayotgan ham – odam;
· ro'paramizdagi odam bilan muloqot qilganda, nimalarga e'tibor qaratsak,
telefonda so'zlashishda ham shularni inobatga olish lozim:
1) avvalo boshqa telefonga egasining ruxsatisiz mutlaqo tegilmaydi;
2) agar egasi ruxsat bermasa, boshqa telefonni “Sms”, “Imena”, “Kontaktie” va boshqa joylarini o'qimaslik va qaramaslik;
3) behuda, manfaati yo'q, dinimiz qaytargan narsalarni yozdirmaslik, eshitmaslik va ko'rmaslik;
4) shariat hukmlariga, milliy qadriyatlarimizga va davlat qonunlariga zid narsalarni yozdirmaslik, eshitmaslik va ko'rmaslik;
5) noxush, ko'ngilni xira qiladigan, asabga tegadigan va inson ruhiyatiga salbiy ta'sir etadigan voqea-hodisalarni telefonda tasvirga olmaslik yoki ovozini yozmaslik va ularni tarqatmaslik;
6) katta-kichik majlislar, turli xil yig'in-yig'ilishlar, o'zaro suhbatlar va turli muloqotlarni majlis-yig'in raislari, suhbatdoshlarning ruxsatlarisiz telefonga yozib olinmaydi;
7) birovning gaplashganini eshitmaslik va poylamaslik;
8) boshqaga qo'ng'iroq qilayotgan odam kun va kechaning soatlarini inobatga olib, bemahalda va noo'rin qo'ng'iroq qilmaslik;
9) boshqaga qo'ng'iroq qilganda har bir telefon qilishni orasida 4 rakat sunnat namozni vaqti o'tgandan so'ng lozim bo'lsa, yana bir bor telefon qilinadi. Shu tartibda 3 marta telefon qilinganda ham javob bo'lmasa, takroran qilinmaydi. Agar etkazilmoqchi bo'lgan xabar tezkor, o'ta muhim, juda ham zarur bo'lsa, yozma shaklda yuboriladi;
10) suhbatdosh odam telefonni o'chirmagan bo'lsa, qiziqib eshitib turmasdan, darhol telefonni o'chirish;
11) hammom, hojatxona joylarda telefonda gaplashilmaydi;
12) transport vositalarini boshqarib ketayotgan odam imkon qadar telefonni ishlatmaslik;
13) suhbatdosh odamni telefonda vaqtini ko'p olmaslik;
14) bizga telefon qilingan paytda, yonimizdagilardan izn, ruxsat so'rab, telefonga javob beriladi, agar zarur bo'lsa;
15) telefonga kelgan qo'ng'irok, xabar (xat, savol, tabrik va hokazo)larga o'z vaqtida javob qaytaraolmagan odam, keyinroq albatta munosib javob qaytarish;
16) telefonga kelgan xabar (xat, savol, tabrik va hokazo)larni javobsiz qoldirmasdan, imkon bo'lganda munosib javob qaytarish;
17) telefonga keladigan har qanday yoqimsiz gap-so'z, xabar (xat, qo'ng'irok, savol va hokazo)larga o'zimizni ham, suhbatdoshni ham, boshqalarni ham asablarini buzmasdan, xushmuomala bilan o'zimizga ham, suhbatdoshga ham, boshqalarga ham yoqimli javob qaytariladi;
18) suhbatdoshlar va boshqa odamlar oldida telefon o'ynamaslik, ayniqsa ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar oldilarida. Chunki bunday qilish – suhbatdoshga nisbatan hurmatsizlik, mensimaslik hisoblanadi. Agar zarurat tug'ilib qolsa, suhbatdoshga uzrini aytib, ruxsat so'rab telefon bilan mashg'ul bo'linadi;
19) birinchi telefon qilayotgan odam: «Kim bu?» demaslik. Balki avval salom berib, o'zini tanishtirib, kerakli odamni so'raladi;
20) ota-onasining telefonini o'zinikidan yaxshiroq va zo'rroq telefon qilib berishlik;
21) uka-singillariga ham telefon olib berishlik;
22) aka-opalarining telefon sotib olishga imkonlari bo'lmasa, ularga ham telefon olib berishlik; ahli ayoliga ham telefon olib beriladi;
23) ota-ona, uka-singil, imkoniyati kamroq aka-opa hamda ahli ayolining telefon aloqalarining pullarini to'lab turishlik;
24) «Alo?», «Hello?», «Ha?», «Alyo?», «Da?» so'zlari bilan birga «Labbay?», «Eshitaman?», «Assalomu alaykum!», «Qulog'im sizda?», «Nima xizmat?» kabi milliy qadriyatlarimizga xos va mos iboralar bor ekanligini unutmaslik;
25) telefon orqali suhbat tugaganda, telefonni darhol o'chirmasdan, balki suhbatdosh bilan xayrlashib, unga yaxshi tilaklar tilagandan so'ng telefonni o'chirish mumkin;
26) ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar bilan telefonda so'zlashganda ham, o'rnidan turib so'zlashiladi;
27) ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar bilan telefonda so'zlashganda ham, birinchi bo'lib salom beriladi;
28) ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlarga telefon qilganda, ular so'rashlaridan oldin o'zining kimligi (ismi, lavozimi)ni aytib tanishtiriladi;
29) telefon qilganda suhbatdoshning vaqtini olmayotganligini so'rab, uzr so'rashlik;
30) telefon orqali suhbat tugagandan so'ng ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlardan oldin telefonini o'chirmaslik;
31) telefon qilingan odam telefonni birinchi bo'lib o'chirmaydi;
32) ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlarga gudok tashlamaslik;
33) agar ular shunday qilgan bo'lishsa, darhol ularga qayta telefon qilish;
34) suhbatdoshning ruxsatisiz boshqalarga eshitiladigan darajada telefonni ovozini baland qilmaslik;
35) telefonda gaplashib turgan paytda mabodo aloqa uzilib qolsa, birinchi bo'lib telefon qilgan odam qaytadan telefon qilishi lozim;
36) telefonda gaplashib turgan paytda mabodo ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar telefon qilib qolishsa, so'zlashib turgan odamdan uzr so'rab, darhol ularga javob beriladi;
37) ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlarga telefon qilganda, mabodo aloqa uzilib qolsa, birinchi bo'lib o'zimiz qaytadan telefon qilishimiz lozim;
38) suhbatdoshning shaxsiy ma'lumot (rasm, video, telefon raqam, ovozli gap-so'zlari, sms va hokazo)larini uning ruxsatisiz boshqalarga ko'rsatmaslik, bermaslik va yubormaslik;
39) suhbatdosh bilan telefon orqali muloqotni telefonda yozib olish uchun suhbatdoshning roziligi olinadi; agar ruxsat bermasa, yozib olinmaydi;
40) bir kishi bilan birga surat yo videoga tushmoqchi bo'lgan odam, oldin u kishidan izn so'rab, ruxsati olinadi; agar ruxsat bermasa, surat yo videoga tushmaslik;
41) bir kishini surat yo videoga olmoqchi bo'lgan odam ham, oldin u kishidan izn so'rab, ruxsati olinadi; agar ruxsat bermasa, surat yo videoga olmaslik;
42) telefon orqali ko'rib gaplashish uchun avval suhbatdoshning oldidan o'tib, uning roziligi olinadi; agar ruxsat bermasa, ko'rib gaplashmaslik;
43) telefon orqali ko'rishib gaplashish uchun suhbatdoshning roziligini olishda unga gaplashmoqchi bo'lgan odamning huzurida kimlar mavjud ekanligini ham ogohlantirib qo'yiladi;
44) agar suhbatdosh tomonidan telefon orqali ko'rishib gaplashishga istak bildirilmasa, bundan aslo xafa bo'lmaslik;
45) agar ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar bilan telefon orqali ko'rib gaplashish zaruriyati bo'lsagina, shunda ham faqat ularning ijozatlari bilangina ko'rishib gaplashish uchun telefon qilish mumkin;
46) ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlarning ruxsatlarini olishda ularga ham gaplashmoqchi bo'lgan odamning huzurida kimlar mavjud ekanligini bildirib qo'yiladi;
47) agar ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar tomonlaridan telefon orqali ko'rishib gaplashishga xohish bildirilmasa, ulardan uzr so'raladi;
48) ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar bilan so'zlashganda, ularning hurmatlarini bilib, vaqtlarini ortiqcha olmaslik;
49) ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar telefon qilgan bo'lishsa, o'z vaqtida telefonni ololmagan odam, darhol uzr so'rab qayta telefon qiladi;
50) siz telefon qilgan vaqtda ham boshqalar ololmagan bo'lsalar, ulardan aslo xafa bo'lmaslik;
51) jamoat joy (kasalxona, majlis, masjid, ma'raka-marosim, ta'ziya, ishxona, samolyot, poyezd, avtobus, avtomobil', taksi va hokazo)larda bo'lganda telefon ovozini o'chirib qo'yiladi;
52) ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar bilan telefonsiz so'zlashganda, telefon ovozini ham o'chirib qo'yiladi;
53) ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar telefon qilib qolishsa, yonimizdagilardan uzr so'rab, kim telefon qilayotganini aytib, darhol telefonga javob beriladi;
54) jamoat joy (kasalxona, majlis, masjid, ma'raka-marosim, ta'ziya, ishxona, samolyot, poyezd, avtobus, avtomobil', taksi va hokazo)larda bo'lganda telefonda gapirish to'g'ri kelsa ham, past ovoz bilan so'zlashiladi;
55) jamoat joylarda bo'lganda, shu erdagilardan izn, ruxsat so'rab telefonga javob berish; agar zarur bo'lsa, ovoz orqali yoki yozma ravishda;
56) zarur bo'lgan holatlar: ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar telefon qilganlarida yoki tezkor holatli ish sodir bo'lganda va hokazo;
57) telefonga javob bersa ham, chetroqga chiqib, ovozi pastroq holda javob berish;
58) ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar bilan so'zlashib turganda, shulardan birortalari telefon qilib qolsalar, kim telefon qilayotganini aytib, ruxsat so'raladi; ruxsat bersalargina gapirishlik;
59) biror uzun mavzu xususida gaplashmoqchi bo'lgan odam, avval suhbatdoshdan ruxsat so'raydi; agar ma'qul bo'lsa, gaplashish mumkin. Aks holda, gapni qisqa qilish zarur. Chunki suhbatdosh bemalol gaplashadigan holatda bo'lmasligi ham mumkin;
60) yo'l harakati (piyoda, transport vositasi)da bo'lganda imkon qadar quloqchin (naushnik)lardan umuman foydalanmaslik, zero atrofdagi (odamlar, turli xil vaziyat) holatlarda jiddiy noxush, ko'ngilni xira qiladigan, asabga tegadigan va inson ruhiyatiga salbiy ta'sir etadigan voqea-hodisalarga sabab bo'lib qolishi mumkin.
Muqaddas Islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g'arazli xuruj va hamlalardan, tuhmat va bo'htonlardan himoya qilish, uning asl mohiyatini o'nib-o'sib kelayotgan yosh avlodimizga to'g'ri tushuntirish, Islom madaniyatining ezgu g'oyalarini keng targ'ib etish – har bir (!) OTA UChUN, har bir (!) ONA UChUN bugungi XXI asr zamonasida ENG KATTA vazifa!
Ibrohimjon domla Inomov
Islom shariatida ijtihod (ya’ni shariat hukmlarini aniqlashda ilm va dalil asosida izlanish olib borish) juda muhim o‘ringa ega. Shariat o‘z samarasini berishi uchun shaxs, oila, jamiyat va ummat hayotida maqsadlariga erisha olishi uchun, u har tomonlama va har darajada ijtihodning amalga oshirilishiga muhtojdir. Bu — yangi masalalarda ijtihod bo‘ladimi, mavjud fikrlardan tanlab olinadigan ijtihodmi, umumiy yoki qisman, yakka tartibda yoki jamoaviy bo‘ladimi — barchasi shariat faoliyatida zarur sanaladi.
Ijtihodning turli ko‘rinishlari mavjud. Ulardan biri — qozilikdagi ijtihod bo‘lib, bu qozilar tomonidan amalga oshiriladi. Ayniqsa, islomda ijtihod faol davrlarda va hukmlar qonun sifatida rasman qayd etilmagan, qozilar majburiy ravishda ularga amal qilishga buyurilmagan davrlarda bu juda keng tarqalgan edi.
Ijtihodning yana bir shakli — qonunlashtirishdir. Ya’ni, fiqh hukmlarini huquqiy moddalar shaklida ifoda etish. Masalan, oila qonunchiligi, fuqarolik qonunchiligi, jinoyat qonunchiligi, ma’muriy va moliyaviy qonunchilik kabi sohalarda. Masalan, Usmonlilar imperiyasining oxirgi davrlarida hanafiy mazhabi asosida tayyorlangan mashhur "Majallatul ahkom" ana shunday qonunlar to‘plamining namunasi bo‘lgan. Bugungi kunda ham shariat hukmlarini yangi ijtihod asosida tartiblash mumkin, bu ijtihod umumiy ham bo‘lishi mumkin, yoki qisman, yangi yoki mavjud fikrlardan tanlangan holda bo‘lishi mumkin.
Bu amaliyot oila qonunchiligida (yoki "shaxsiy holatlar" deb ataluvchi sohada) amalga oshirilgan. Avvalida bu hanafiy mazhabi asosida bo‘lsa-da, keyinchalik to‘rt mazhab doirasiga kengaydi va yanada ilgarilab, islom fiqhining barcha imkoniyatlaridan bahra olishga o‘tildi. Bu yo‘lni Misrda al-Azhar shayxi — shayx Muhammad Mustafo al-Marog‘iy boshlagan, uni ba’zi mazhab mutaassiblari va taqlid tarafdorlari tanqid qilganlar, lekin u shariat dalillari bilan ularga munosib javob qaytargan.
Ijtihodning yana bir ko‘rinishi — fiqhiy tadqiqotdir. Bu islom ulamolari o‘z halqalarida shogirdlari bilan birga bajargan ishlar bo‘lib, masalalarni bayon qilish, savollarga javob berish va buni shariat matnlari, qoidalari va maqsadlari asosida olib borishni o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda buni universitetlardagi professorlar yoki ilmiy daraja (magistrlik, doktorlik) ishini yozayotgan talabalar amalga oshirmoqdalar. Ana shunday izlanishlar asosida kitoblar yoziladi.
Ijtihodning yana bir shakli — fetvo berishdir. Fuqaholarga odamlar turli hayotiy masalalarda murojaat qilishadi va muftiy unga javob berishi shart, ayniqsa boshqa muftiy bo‘lmasa yoki u davlat tomonidan tayinlangan bo‘lsa. Muftiyning fatvosi tahqiq va ijtihod asosida bo‘lishi kerak, ya’ni real holatga mos ravishda qaror chiqariladi.
Har bir mazhabda voqealarga mos tushgan fatvolar kitoblari mavjud bo‘lib, ularda barcha fiqh bo‘limlari qamrab olingan. Bu kitoblar mazhab qoidalari asosida tuzilgan va "ahkamun navozil" (yangi masalalarga oid hukmlar) deb ham ataladi.
Ulamolarning so‘zlariga ko‘ra, fatvo zamon, makon, urf-odat va insonlarning ahvoliga qarab o‘zgarishi mumkin. Biz ham bu tadqiqotimizda fatvo beruvchi zamondosh ulamolar uchun ushbu omillarni e’tiborga olishni vojib, deb bildik. Ilg‘or zamon talabiga ko‘ra, oldingi ulamolar ta’riflagan to‘rt omilga yana olti omil qo‘shdik. Ya’ni, hozirgi zamonda fatvoning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi o‘nta omil bor:
1. Makonning o‘zgarishi
2. Zamonning o‘zgarishi
3. Holatlarning o‘zgarishi
4. Urf-odatning o‘zgarishi
5. Ma’lumotlar o‘zgarishi
6. Insonlar ehtiyojining o‘zgarishi
7. Insonlar imkoniyat va iqtidorining o‘zgarishi
8. Ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sharoitning o‘zgarishi
9. Ommaviy muammolarning yuzaga kelishi
10. Fikr va qarashlar o‘zgarishi
Albatta, Islomda fatvo berish ulkan mas’uliyatdir. Bu vazifani ilmi va taqvosi yetarli bo‘lmagan odamlarga topshirish mumkin emas. Salafi solihlarimiz bu masalada juda qat’iy bo‘lishgan. Fiqhda va fikrda bilimsiz kishi fatvo bermasligi kerak. Imom Shotibiy shunday deydi: fatvo beruvchi kishi ummat ichida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘rnida turadi — odamlarga Allohning shariati hukmlarini bayon qiladi. Imom Ibn al-Qayyim rahimahulloh fatvo beruvchi haqida shunday deydi: u Alloh taolo nomidan hukm chiqaradigan odamdir, xuddi podshoh va amirlar nomidan qaror chiqaradigan vakillar kabi. Shu sabab, u kishi “I’lom al-mo‘aqqiyn ’an Rabb al-’Alamiyn” (Olamlar Robbisi nomidan imzo qo‘yuqchilarni ogohlantirish) deb nomlangan kitobini muftiylar uchun yozgan.
Qur’oni Karimda Alloh taolo ba’zi masalalarda fatvoni O‘zi beradi. Masalan: “Sendan meros haqida so‘raydilar. Ayt: Alloh sizlarga kalala haqida fatvo beradi” (Niso surasi,176-oyat). “Ayollar haqida sendan so‘raydilar. Ayt: Alloh ular haqida fatvo beradi” (Niso surasi,127-oyat).
Qur’onda “So‘raydilar” degan ibora o‘nlab oyatlarda keladi. Alloh taolo unga “Ayt” (Qul) degan javob bilan murojaat qiladi. Masalan: “Sendan may ichimlik va qimor haqida so‘raydilar. Ayt: ularda katta gunoh bor…” (Baqara surasi, 219-oyat) va shunga o‘xshash oyatlar. Bu ham fatvo va fatvo berishning ahamiyati, ulug‘ligi va mas’uliyatini ko‘rsatadi. Allohning O‘zi fatvo bergan bo‘lsa, bu qanday ulug‘ ish!
Hech bir tadqiqotchiga sir emaski, musulmonlar — dunyodagi yagona ummatdirki, shariat hukmlari haqida savol beradi, ibodatlarida va muomalalarida halol-haromni aniqlamoqchi bo‘ladi. Boshqa bironta millatda — hatto kitobiy yoki butparast bo‘lsin — bunday intizom yo‘q. Shu sababli musulmon davlatlarda fatvo muassasalari tashkil etilgan. Shuningdek, ko‘pgina mamlakatlarda “Muftiy” lavozimi joriy etilgan. U ayrim mamlakatlarda diniy va ilmiy eng oliy mansab sanaladi. Misrda esa “Shayx al-Azhar” eng yuqori mansab hisoblanadi.
Shu tufayli, muftiyning shartlari, odoblari va fatvo so‘rovchining ham odoblari haqida kitoblar yozilgan, hozirgi zamonda esa fatvo masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjumanlar o‘tkazilmoqda. Ayniqsa, zamonaviy ommaviy axborot vositalari, televideniyelar paydo bo‘lganidan so‘ng “ijtimoiy tarmoq orqali fatvo beradigan” ba’zi shaxslar ko‘paydi, ular har qanday masalada o‘zini bilimdon qilib ko‘rsatadi. “Bilmayman”, “Bu masala tahqiq talab qiladi”, “Kengash qilishim kerak” demaydi. Holbuki salafi solihlarimizdan biri aytganidek: “Kimki ‘bilmayman’ deyishda xatoga yo‘l qo‘ysa, u halokatga yuz tutgan bo‘ladi”.
Shu maqsadda biz avvalroq «Fatvo: intizom va beqarorlik o‘rtasida» nomli kitobimizni nashr etgan edik. Endi esa ushbu «Fatvoning o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi omillar» nomli risolamizni taqdim etyapmiz. Bu orqali fatvo egalarini to‘g‘ri yo‘l — nurli sirotul mustaqim — bilan yurishga yordam berishni, imkoni boricha haq va to‘g‘rilikni izlab topishga undashni, haqiqatni aniqlash uchun harakat qilishni va eng oxirida muftiyning Allohdan tavfiq so‘rab, U zotdan ko‘mak so‘rashini istaymiz. Chunki salafi solihlardan biri shunday degan: “Agar bir masala sen uchun qiyin kelsa, ayt: ‘Ey Ibrohimga ilm o‘rgatgan Zot, menga ham ilm o‘rgat!’”. Alloh taolo shunday deydi: «Kimki Allohga iymon keltirsa, Alloh uning qalbini hidoyat qiladi» (Tag‘obun surasi, 11-oyat), «Kimki Allohga suyansa, bas u to‘g‘ri yo‘lga hidoyat etildi» (Oli Imron surasi, 101-oyat).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham bizga bunday duoni o‘rgatganlar: “Ey Jabroil, Mikoil va Isrofilning Parvardigori! Osmonlar va yerning yaratuvchisi! Yashirin va oshkora narsalarning bilguvchisi! Sen bandalaring o‘rtasida kelisha olmayotgan masalalarda hukm chiqarasan. Sening izning bilan menga haq yo‘lni ko‘rsat, chunki Sen istagan kimsani to‘g‘ri yo‘lga hidoyat etasan”.
Yevropa Fatvo va Tadqiqotlar Kengashining Bosh kotibiyati mendan uning madaniy risolalar silsilasiga muqaddima sifatida bir risola yozishimni so‘radi. Men esa mana shu risolani tanladim. Umid qilamanki, bu risola ko‘zlangan maqsadga xizmat qiladi, musulmonlarni umuman, ayniqsa, ozchilikda yashayotgan musulmonlarni fahm va hidoyatga yetaklaydi. Niyatimiz Alloh uchun. Uning O‘zi bizga yetarli va qanday yaxshi vakildir U.
Allohga muhtoj bandasi —
Yusuf al-Qarazoviy
Do‘ha shahri,
Rabi’ us-soniy, 1428 hijriy
May, 2007 milodiy
Homidjon domla Ishmatbekov
tarjimasi