Sayt test holatida ishlamoqda!
16 May, 2025   |   18 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:28
Quyosh
05:04
Peshin
12:24
Asr
17:25
Shom
19:39
Xufton
21:08
Bismillah
16 May, 2025, 18 Zulqa`da, 1446

"TYeLYeFONning 60 ta ODOBI"

16.04.2024   656   29 min.

 

R Odobning asli – o'zini nuqsonli, boshqani – komil ko'rmoqlikdir.

  Odobi kam bo'lgan – o'zini komil, boshqalarni – nuqsonli ko'radi.

R Banda shu to'rt narsa bilan yuksaladi:

-  ilm;

-  odob;

-  omonat;

-  iffat.

R Odobi yo'qning – ilmi, sabri yo'qning – dinga bog'liqligi, taqvosi yo'qning – Allohga yaqinligi yo'qdir.

 

(Hasan Basriy rahmatullohi alayh).

 

 

Janobi Payg'ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam marhamat qildilar:

 

¯ «Kim birodarining maktubiga uning iznisiz nazar solsa, xuddi do'zax otashiga nazar solgandek bo'ladi»(Imom Abu Dovud rivoyatlari);

¯ «Kim bir qavmning hovlisiga ularning iznisiz qarasa, bas, ular uning ko'zini o'yib olsalar, xun to'lamaydilar» (Imom Abu Dovud rivoyatlari). 

 

 

ENG  AVVALO,  UNUTMASLIK  LOZIMKI:

 

· telefon orqali biz gaplashayotgan ham – odam;

· ro'paramizdagi odam bilan muloqot qilganda, nimalarga e'tibor qaratsak,

telefonda so'zlashishda ham shularni inobatga olish lozim:

1)      avvalo boshqa telefonga egasining ruxsatisiz mutlaqo tegilmaydi;

2)      agar egasi ruxsat bermasa, boshqa telefonni “Sms”, “Imena”, “Kontaktie” va boshqa joylarini o'qimaslik va qaramaslik;

3)      behuda, manfaati yo'q, dinimiz qaytargan narsalarni yozdirmaslik, eshitmaslik va ko'rmaslik;

4)      shariat hukmlariga, milliy qadriyatlarimizga va davlat qonunlariga zid narsalarni yozdirmaslik, eshitmaslik va ko'rmaslik;

5)    noxush, ko'ngilni xira qiladigan, asabga tegadigan va inson ruhiyatiga salbiy ta'sir etadigan voqea-hodisalarni telefonda tasvirga olmaslik yoki ovozini yozmaslik va ularni tarqatmaslik;

6)      katta-kichik majlislar, turli xil yig'in-yig'ilishlar, o'zaro suhbatlar va turli muloqotlarni majlis-yig'in raislari, suhbatdoshlarning ruxsatlarisiz telefonga yozib olinmaydi;

7)      birovning gaplashganini eshitmaslik va poylamaslik;

8)      boshqaga qo'ng'iroq qilayotgan odam kun va kechaning soatlarini inobatga olib, bemahalda va noo'rin qo'ng'iroq qilmaslik;

9)      boshqaga qo'ng'iroq qilganda har bir telefon qilishni orasida 4 rakat sunnat namozni vaqti o'tgandan so'ng lozim bo'lsa, yana bir bor telefon qilinadi. Shu tartibda 3 marta telefon qilinganda ham javob bo'lmasa, takroran qilinmaydi. Agar etkazilmoqchi bo'lgan xabar tezkor, o'ta muhim, juda ham zarur bo'lsa, yozma shaklda yuboriladi;

10)      suhbatdosh odam telefonni o'chirmagan bo'lsa, qiziqib eshitib turmasdan, darhol telefonni o'chirish;

11)      hammom, hojatxona joylarda telefonda gaplashilmaydi;

12)      transport vositalarini boshqarib ketayotgan odam imkon qadar telefonni ishlatmaslik;

13)      suhbatdosh odamni telefonda vaqtini ko'p olmaslik;

14)      bizga telefon qilingan paytda, yonimizdagilardan izn, ruxsat so'rab, telefonga javob beriladi, agar zarur bo'lsa;

15)    telefonga kelgan qo'ng'irok, xabar (xat, savol, tabrik va hokazo)larga o'z vaqtida javob qaytaraolmagan odam, keyinroq albatta munosib javob qaytarish;

16)      telefonga kelgan xabar (xat, savol, tabrik va hokazo)larni javobsiz qoldirmasdan, imkon bo'lganda munosib javob qaytarish;

17)    telefonga keladigan har qanday yoqimsiz gap-so'z, xabar (xat, qo'ng'irok, savol va hokazo)larga o'zimizni ham, suhbatdoshni ham, boshqalarni ham asablarini buzmasdan, xushmuomala bilan o'zimizga ham, suhbatdoshga ham, boshqalarga ham yoqimli javob qaytariladi;

18)    suhbatdoshlar va boshqa odamlar oldida telefon o'ynamaslik, ayniqsa ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar oldilarida. Chunki bunday qilish – suhbatdoshga nisbatan hurmatsizlik, mensimaslik hisoblanadi. Agar zarurat tug'ilib qolsa, suhbatdoshga uzrini aytib, ruxsat so'rab telefon bilan mashg'ul bo'linadi;

19)      birinchi telefon qilayotgan odam: «Kim bu?» demaslik. Balki avval salom berib, o'zini tanishtirib, kerakli odamni so'raladi;

20)      ota-onasining telefonini o'zinikidan yaxshiroq va zo'rroq telefon qilib berishlik;

21)      uka-singillariga ham telefon olib berishlik;

22)      aka-opalarining telefon sotib olishga imkonlari bo'lmasa, ularga ham telefon olib berishlik; ahli ayoliga ham telefon olib beriladi;

23)      ota-ona, uka-singil, imkoniyati kamroq aka-opa hamda ahli ayolining telefon aloqalarining pullarini to'lab turishlik;

24)      «Alo?», «Hello?», «Ha?», «Alyo?», «Da?» so'zlari bilan birga «Labbay?», «Eshitaman?», «Assalomu alaykum!», «Qulog'im sizda?», «Nima xizmat?» kabi milliy qadriyatlarimizga xos va mos iboralar bor ekanligini unutmaslik;

25)      telefon orqali suhbat tugaganda, telefonni darhol o'chirmasdan, balki suhbatdosh bilan xayrlashib, unga yaxshi tilaklar tilagandan so'ng telefonni o'chirish mumkin;

26)      ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar bilan telefonda so'zlashganda ham, o'rnidan turib so'zlashiladi;

27)      ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar bilan telefonda so'zlashganda ham, birinchi bo'lib salom beriladi;

28)   ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlarga telefon qilganda, ular so'rashlaridan oldin o'zining kimligi (ismi, lavozimi)ni aytib tanishtiriladi;

29)      telefon qilganda suhbatdoshning vaqtini olmayotganligini so'rab, uzr so'rashlik;

30)      telefon orqali suhbat tugagandan so'ng ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlardan oldin telefonini o'chirmaslik;

31)      telefon qilingan odam telefonni birinchi bo'lib o'chirmaydi;

32)      ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlarga gudok tashlamaslik;

33)      agar ular shunday qilgan bo'lishsa, darhol ularga qayta telefon qilish;

34)      suhbatdoshning ruxsatisiz boshqalarga eshitiladigan darajada telefonni ovozini baland qilmaslik;

35)      telefonda gaplashib turgan paytda mabodo aloqa uzilib qolsa, birinchi bo'lib telefon qilgan odam qaytadan telefon qilishi lozim;

36)      telefonda gaplashib turgan paytda mabodo ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar telefon qilib qolishsa, so'zlashib turgan odamdan uzr so'rab, darhol ularga javob beriladi;

37)     ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlarga telefon qilganda, mabodo aloqa uzilib qolsa, birinchi bo'lib o'zimiz qaytadan telefon qilishimiz lozim;

38)      suhbatdoshning shaxsiy ma'lumot (rasm, video, telefon raqam, ovozli gap-so'zlari, sms va hokazo)larini uning ruxsatisiz boshqalarga ko'rsatmaslik, bermaslik va yubormaslik;

39)      suhbatdosh bilan telefon orqali muloqotni telefonda yozib olish uchun suhbatdoshning roziligi olinadi; agar ruxsat bermasa, yozib olinmaydi;

40)    bir kishi bilan birga surat yo videoga tushmoqchi bo'lgan odam, oldin u kishidan izn so'rab, ruxsati olinadi; agar ruxsat bermasa, surat yo videoga tushmaslik;

41)      bir kishini surat yo videoga olmoqchi bo'lgan odam ham, oldin u kishidan izn so'rab, ruxsati olinadi; agar ruxsat bermasa, surat yo videoga olmaslik;

42)      telefon orqali ko'rib gaplashish uchun avval suhbatdoshning oldidan o'tib, uning roziligi olinadi; agar ruxsat bermasa, ko'rib gaplashmaslik;

43)     telefon orqali ko'rishib gaplashish uchun suhbatdoshning roziligini olishda unga gaplashmoqchi bo'lgan odamning huzurida kimlar mavjud ekanligini ham ogohlantirib qo'yiladi;

44)      agar suhbatdosh tomonidan telefon orqali ko'rishib gaplashishga istak bildirilmasa, bundan aslo xafa bo'lmaslik;

45)     agar ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar bilan telefon orqali ko'rib gaplashish zaruriyati bo'lsagina, shunda ham faqat ularning ijozatlari bilangina ko'rishib gaplashish uchun telefon qilish mumkin;

46)      ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlarning ruxsatlarini olishda ularga ham gaplashmoqchi bo'lgan odamning huzurida kimlar mavjud ekanligini bildirib qo'yiladi;

47)      agar ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar tomonlaridan telefon orqali ko'rishib gaplashishga xohish bildirilmasa, ulardan uzr so'raladi;

48)    ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar bilan so'zlashganda, ularning hurmatlarini bilib, vaqtlarini ortiqcha olmaslik;

49)      ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar telefon qilgan bo'lishsa, o'z vaqtida telefonni ololmagan odam, darhol uzr so'rab qayta telefon qiladi;

50)      siz telefon qilgan vaqtda ham boshqalar ololmagan bo'lsalar, ulardan aslo xafa bo'lmaslik;

51)    jamoat joy (kasalxona, majlis, masjid, ma'raka-marosim, ta'ziya, ishxona, samolyot, poyezd, avtobus, avtomobil', taksi va hokazo)larda bo'lganda telefon ovozini o'chirib qo'yiladi;

52)       ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar bilan telefonsiz so'zlashganda, telefon ovozini ham o'chirib qo'yiladi;

53)    ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar telefon qilib qolishsa, yonimizdagilardan uzr so'rab, kim telefon qilayotganini aytib, darhol telefonga javob beriladi;

54)      jamoat joy (kasalxona, majlis, masjid, ma'raka-marosim, ta'ziya, ishxona, samolyot, poyezd, avtobus, avtomobil', taksi va hokazo)larda bo'lganda telefonda gapirish to'g'ri kelsa ham, past ovoz bilan so'zlashiladi;

55)      jamoat joylarda bo'lganda, shu erdagilardan izn, ruxsat so'rab telefonga javob berish; agar zarur bo'lsa, ovoz orqali yoki yozma ravishda;

56)      zarur bo'lgan holatlar: ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar telefon qilganlarida yoki tezkor holatli ish sodir bo'lganda va hokazo;

57)      telefonga javob bersa ham, chetroqga chiqib, ovozi pastroq holda javob berish;

58)      ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar bilan so'zlashib turganda, shulardan birortalari telefon qilib qolsalar, kim telefon qilayotganini aytib, ruxsat so'raladi; ruxsat bersalargina gapirishlik;

59)      biror uzun mavzu xususida gaplashmoqchi bo'lgan odam, avval suhbatdoshdan ruxsat so'raydi; agar ma'qul bo'lsa, gaplashish mumkin. Aks holda, gapni qisqa qilish zarur. Chunki suhbatdosh bemalol gaplashadigan holatda bo'lmasligi ham mumkin;

60)      yo'l harakati (piyoda, transport vositasi)da bo'lganda imkon qadar quloqchin (naushnik)lardan umuman foydalanmaslik, zero atrofdagi (odamlar, turli xil vaziyat) holatlarda jiddiy noxush, ko'ngilni xira qiladigan, asabga tegadigan va inson ruhiyatiga salbiy ta'sir etadigan voqea-hodisalarga sabab bo'lib qolishi mumkin.

 

Muqaddas Islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g'arazli xuruj va hamlalardan, tuhmat va bo'htonlardan himoya qilish, uning asl mohiyatini o'nib-o'sib kelayotgan yosh avlodimizga to'g'ri tushuntirish, Islom madaniyatining ezgu g'oyalarini keng targ'ib etish – har bir (!) OTA UChUN, har bir (!) ONA UChUN bugungi XXI asr zamonasida ENG KATTA vazifa!



Ibrohimjon domla Inomov

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muborak safar boshlandi

14.05.2025   8260   2 min.
Muborak safar boshlandi

O‘zbekiston taraqqiyotining yangi davrida diniy-ma’rifiy soha rivojiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, haj va umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish yangi bosqichga ko‘tarildi. 2016 yilda 5 ming 200 nafar vatandoshimiz haj amallarini bajargan bo‘lsa, 2024 yilda 15 mingdan ortiq mo‘min-musulmonlar hojilik sharafiga muyassar bo‘ldi.
 

Bu yil ham 15 mingdan ziyod yurtdoshlarimiz haj ibodatini ado etishadi. Mamlakatimizning 9 ta hududiy aeroportidan ziyoratchilar har kuni to‘g‘ridan to‘g‘ri Madina shahriga haj safariga yuboriladi. Parvozlar “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi bilan birgalikda Saudiya Arabistonining “FlyNas” va “FlyAdeal” aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi.


Yurtdoshlarimizga Madinai munavvarada hamda Makkai mukarramada barcha shart-sharoitni yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xodimlaridan iborat dastlabki ishchi guruh faol ish olib bordi.


Madina shahrida muhtasham besh yulduzli “Zam-zam Pullman” mehmonxonasi, Makkai mukarramada “Marmara hotel”, “Romance hotel”, “Al-Ayyam elite”, “Concrete hotel”, “Abroj Dania”, “Paradise”, “Open hotel”, “Ayyed saha” kabi sakkizta mehmonxona hojilarni yuqori saviyada kutib olishga shay qilingan. Mehmonxonalarda ziyoratchilar uchun namozxonalar, oshxonalar, tibbiyot punktlari hamda boshqa zarur vositalar hozirlandi.


13 may kuni tongda muborak haj safarini niyat qilgan ziyoratchilarning dastlabki guruhi dilda quvonch, tilda shukronalik bilan muqaddas zamin sari yo‘lga chiqdi.


Bo‘lg‘usi hojilarni kuzatish uchun Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, shuningdek, mutasaddi tashkilotlar mas’ullari va ommaviy axborot vositalari vakillari Toshkent xalqaro aeroportida jam bo‘ldi.


Orzulari ro‘yobidan his-hayajonga to‘lgan “Haj — 2025” mavsumining ilk ziyoratchilari aeroportdan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.


Shu kuni Madina shahriga eson-omon yetib kelgan ziyoratchilar “Haj — 2025” ishchi guruhi va mutasaddilar tomonidan tantanali kutib olindi.


Yurtdoshlarimizga muhtasham “Zam-zam Pullman” mehmonxonasiga kirishlari bilanoq zam-zam suvlari, xurmo, shirinliklar va hadyalar ulashilib, izzat-ikrom ko‘rsatildi. Vatandoshlarimiz shodlik va shukronalik tuyg‘ulari bilan ziyorat va ibodatlarni ado etishga kirishdi.


Ayniqsa, mehmonxonaning Masjidi Nabaviyga juda yaqin masofada joylashgani hojilarimizni behad mamnun qilmoqda. Ular kunlik barcha ibodatni ushbu muborak masjidda ado etmoqda. Ular o‘z duolarida Yaratgandan yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xalqimizga bundan-da farovonlik so‘rashmoqda.


Eslatib o‘tamiz, ziyoratchilarimiz 2025 yil 13 maydan 28 mayga qadar haj safariga kuzatiladi.


«Xalq so‘zi».

Muborak safar boshlandi Muborak safar boshlandi Muborak safar boshlandi Muborak safar boshlandi Muborak safar boshlandi Muborak safar boshlandi Muborak safar boshlandi Muborak safar boshlandi Muborak safar boshlandi Muborak safar boshlandi Muborak safar boshlandi Muborak safar boshlandi Muborak safar boshlandi Muborak safar boshlandi Muborak safar boshlandi Muborak safar boshlandi
MAQOLA