Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Hatto bir dona xurmo bo'lagi bilan bo'lsada, do'zaxdan saqlaning. Agar uni topmasangiz, yaxshi bir so'z bilan".
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish departamenti birinchi mintaqaviy hudud 21-son jazoni ijro etish koloniyasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining “Ey bandalarim...” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Toshkent viloyati Zangiota tumani «Al-Imon» jome masjidi imom-xatibi Farrux domla Sultonov qatnashib, kitobning mazmun mohiyatini yig‘ilganlarga tushuntirib berdi.