Rasululloh sollallohu alayhi vasallam umra qiluvchilarni Allohning mehmonlari deganlar: "Hoji va umra qiluvchi Allohning mehmonidir. Agar Allohga duo qilsalar duolarini ijobat qiladi va agar Undan mag'firat so'rasalar ularni mag'firat qiladi"(Ibn Moja rivoyati).
Labbayka, Allohumma labbayk...
Alloh taolo umra ibodatiga otlangan barcha yurtdoshlarimizning ibodatlarini qabul, duolarini esa ijobat aylasin!
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Namanganda ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olinmoqda.
“Mehr-saxovat” ma’rifiy tadbiri doirasida soha xodimlari shahardagi 125 ta xonadonga tashrif buyurib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatdilar. “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida ko‘rsatilgan ushbu ko‘mak ko‘ngillarga iliqlik, yuzlarga tabassum ulashdi.
Dildan kechgan samimiy suhbatlar va ko‘tarilgan duolar yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati