Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Yanvar, 2025   |   15 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:47
Peshin
12:37
Asr
15:37
Shom
17:22
Xufton
18:40
Bismillah
15 Yanvar, 2025, 15 Rajab, 1446

Mo'minni kufrda ayblamang!

18.04.2024   991   3 min.
Mo'minni kufrda ayblamang!

Internet tarmoqlarida ba'zan arim yoshlarmiz  hissiyotga berilib, ilmsizlikcha biror bir insonni kofirga chiqarish va so'kish holatlarni ko'zatib, qo'rqib ketamiz.  Ho'sh mo'min  insonni kofir yo fosiqqa chiqarish shunday oson ish-mi? Shu mavzuda olimlarmizni gaplarini keltirmoqchimiz.  Sa'duddin Taftazoniy «Sharhul aqoidi Nasa-fiyya» asarida: «Gunohi kabiralar mo'min bandani iymondan ham chiqarmaydi, kufrga ham kirgizmaydi», degan. Oyati karima va hadisi shariflardan bilamizki, qotillik, o'g'irlik, sehrgarlik, zino, aroq ichish, bo'hton qilish, ota-onaga oq bo'lish, ribo eyish shariati islomiyada qattiq qoralangan gunohi kabiralar sirasiga kiradi. Qator aqida kitoblarida kufrdan boshqa har qanday gunoh mo'min bandani iymondan chiqarmasligi aytib o'tilgan. Halolni harom, haromni halol sanagan, farzni inkor etgan, kufr so'zlarni gapirgan, Allohdan o'zgaga sajda qilgan, Kur'onning ilohiy kalomligiga shak keltirganlar kofir sanaladi. Shunday ekan, har qanday mo'minni kufrda ayblash aslo mumkin emas. Bu ayrim «takfirchi»larning ishidir. Bizning aqidamizga ko'ra, iymon shartlarini inkor etmaganlar iymonini hargiz yo'qotmaydi.

Bu masalada ahli sunna va jamoa aytgan xulosa shulki, mo'min odam gunohi kabira qilishi bilan kofir bo'lib qolmaydi. Faqat o'sha ishni halol sanasa, kofir bo'ladi. Misol uchun aroq ichgan odam uni halol deb e'tiqod qilsa, kofir bo'ladi. Aroqni halol deb e'tiqod qilmasa-yu, uni ichsa osiy bo'ladi.

Islomda ilk ixtilof qo'zg'ab, ahli sunna valjamoadan ajralib chiqqan toifa - xorijiylar «Gunohi kabira qilgan kofir bo'ladi», deb e'tiqod qilishgan. Bugungi kunda shu kabi g'oyalarni ilgari surayotganlar borligi bizni sergaklikka tortadi. Asli  «Iymonga - til bilan iqror bo'lish va qalb bilan tasdiqlashdan iborat, amallar esa iymon shartiga kirmaydi», deb e'tiqod qilamiz. Buni mashhur mutakallim Nuriddin Sobuniy ham aytib o'tgan. Gunohi kabirani qilgan banda fosiq bo'ladi. fosiqlik tavba bilan ketadi. Bu tavbadan so'ng kayta iymon keltirish shart emas. Tavbadan so'ng iymon kalimasini aytish esa murtadlarga shart, xolos. Oyat va hadislarda gunoh qilgan kishilar- «iymonsiz» deb, «kofir», «mushrik», «murtad», murojaat etilmagani fikrimizning yaqqol isbotidir.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam: «Laa ilaha illallohu» degan kimsaga tegmaslik: Gunohi tufayli uni kofirga chiqarmaymiz. Amali tufayli uni Islomdan chiqarmaymiz», dedilar». Abu Dovud rivoyat qilgan.

Shuning uchun barchamiz bilishimiz lozimki qiyomatda Alloh  birovni amalidan emas balki o'zimizni amalmizdan so'raydi. Alloh barchalarmizga tavfiq bersin! 

Obidxon domla Ikramov,
O'MI Namangan viloyati vakili birinchi o'rinbosari

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yurt tinchligiga hissa qo‘shayotgan barcha – Vatan himoyachisi

14.01.2025   1896   1 min.
Yurt tinchligiga hissa qo‘shayotgan barcha – Vatan himoyachisi

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami yurtimizda milliy g‘urur va fidoyilik ramzi sifatida alohida o‘rin tutadi. Bu kun Vatan himoyasi yo‘lida halollik va jasurlik ko‘rsatgan barcha fuqarolarni qadrlash, ularning hissasini e’tirof etish kunidir. 
 

Vatan himoyachilari nafaqat harbiylar, balki mamlakat tinchligi va xavfsizligini ta’minlashga hissa qo‘shayotgan barcha insonlardir. Ular sog‘lom, barqaror jamiyat qurish yo‘lida faoliyat olib borayotgan, ertangi kunning tinchligi uchun mehnat qilayotgan va boshqalarga namuna bo‘layotgan kishilardir. 


Har bir kishi vatanparvarlikni o‘z oilasidan, mahallasidan boshlashi lozim. Otinoyilar, ustozlar va ziyolilar yosh avlodga Vatanga bo‘lgan muhabbatni, uni himoya qilish mas’uliyatini yoshlikdan o‘rgatmog‘i kerak. Chunki kelajak avlodning ma’naviyati va irodasi Vatan mustaqilligini yanada mustahkamlaydi. 


Bugungi kunda yoshlar harbiy bilimlar bilan birga axloqiy va ma’naviy tarbiyaga ham katta ahamiyat berishi kerak. Shu yo‘l bilan ular Vatanga fidoyilik bilan xizmat qilishga tayyor, shijoatli va barkamol shaxslar bo‘lib yetishadi. 


14 yanvar kuni nafaqat bayram, balki Vatanga sadoqat va mas’uliyatni eslatuvchi muhim sana bo‘lib, har birimizga milliy iftixor hissini uyg‘otadi. Tinchlikning qadrini bilish, uni asrash va kelajak avlodga sog‘lom yurt qoldirish barchamiz uchun muqaddas burchdir. 


Rizvon Bahramova,
Buxoro viloyati bosh imom-xatibining
xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi