Agar turmushning sinov va tashvishlaridan charchagan bo'lsangiz, mahzun bo'lmang! Ehtimol, Alloh taolo O'ziga yolvorib duo qilishingizni istayotgandir. Tabassum qilishingiz uchun baxtni kutmang, balki baxtli bo'lmaguningizcha tabassum qilishda davom eting!
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Sufyoni Savriy rahmatullohi alayhining birodari vafot etganida bir qancha kishi ta’ziya bildirish uchun keldi.
Imom A’zam rahmatullohi alayhi ham ta’ziya bildirgani keldi. Sufyoni Savriy rahmatullohi alayhi turib, uni o‘z o‘rniga o‘tqizadi va o‘zi uning oldiga o‘tiradi.
Insonlar ketganidan keyin talabalari Sufyoni Savriy rahmatullohi alayhidan: "G‘alati ish qilganingizni ko‘rdik", deyishdi.
U esa: "Bu kishi ahli ilmdir. Ilmi uchun turmasam ham yoshi uchun turaman. Yoshi uchun turmasam ham fiqhi uchun turaman. Fiqhi uchun turmasam ham taqvosi uchun turaman", deb javob berdi.
Manba: Haraviy. "Mirqotul mafotih sharhu Mishkotul masobih". J. 1. - B. 30.