Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Yanvar, 2025   |   16 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:46
Peshin
12:38
Asr
15:39
Shom
17:23
Xufton
18:41
Bismillah
16 Yanvar, 2025, 16 Rajab, 1446

Soxta salafiylarga raddiya

13.10.2023   797   6 min.
Soxta salafiylarga raddiya

بسم الله الرحمن الرحيم

 

O'zining kalomi Qur'oni Karimni  o'qi deya boshlagan va musulmonlarga ilm olishlikni farz qilgan Alloh azza va jallaga hamdlar bo'lsin.

 

O'z hayot yo'llarida ummatlariga eng to'g'ri va sof islom yo'lidan qanday yurish kerakligini  ko'rsatib bergan Rosululloh sollollohu alayhi vasallamga salovot va salomlar bo'lsin.

 

Tarixdan ma'lumki asrlar mobaynida jilolanib kelayotgan islom dini insoniyatni tarqoqlik va o'zaro adovatga berilishdan qaytarib, yakdillik va birlashishga buyurib kelgan.

Alloh taolo Qur'oni Karimda shunday deydi:

 

وَاعْتَصِمُوا بِحَبْلِ اللَّهِ جَمِيعًا وَلَا تَفَرَّقُوا وَاذْكُرُوا نِعْمَتَ اللَّهِ عَلَيْكُمْ إِذْ كُنتُمْ أَعْدَاءً فَأَلَّفَ بَيْنَ قُلُوبِكُمْ فَأَصْبَحْتُم بِنِعْمَتِهِ إِخْوَانًا وَكُنتُمْ عَلَى شَفَا حُفْرَةٍ مِّنَ النَّارِ فَأَنقَذَكُم مِّنْهَا كَذَلِكَ يُبَيِّنُ اللَّهُ لَكُمْ آيَاتِهِ لَعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ

Barchangiz Allohning arqonini mahkam tuting va bo'linib ketmang. Va Allohning sizga bergan ne'matini eslang: bir vaqtlar dushman edingiz, bas, qalblaringizni ulfat qildi. Uning ne'mati ila birodar bo'ldingiz. O'tli jar yoqasida edingiz, sizni undan qutqardi. Alloh sizga O'z oyatlarini ana shunday bayon qiladi. Shoyadki, hidoyat topsangiz.

Oli imron surasi 103-oyat

Islomdan avval insoniyat o'zaro adovat va dushmanchilikka berilib, o'zlaridan avvalgilarga kelgan hidoyat mayoqlarini yo'qotib yo'ldan adashishgan edi.

Bugungi kundagi ayrim firqalar ham musaffo islom dinini noto'g'ri talqin qilayotganliklari tufayli to'g'ri yo'lni yo'qotib, insonlar orasida  turli xil  ixtiloflarga sabab bo'layotganliklari sir emas.

Hususan bugungi kunda xalqimiz orasida turli ziddiyatlar kelib Chiqishiga sabab bo'layotgan soxta salafiylar ayni shular jumlasidandir.

Ularni qilayotgan  iddaolari negizida dinimizni noto'g'ri talqin qilganliklari yotadi. Jumladan o'zlarini salafiy deya atashlarini o'zi noto'g'ri, bilamizki mutaqaddim ulamolar bilan, mutaaxxir

ulamolar orasini ajratib turuvchi chegara uchinchi asrning so'ngi ya'ni dastlabki hijriy uch asridir. Bu uch asr avlodining fazilatlari shundaki ular shu ummatni ustozlari va insoniyatning eng yaxshi avlodi bo'lib ana o'shalar haqiqiy  salafi solihlar hisoblanadilar.

عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بن مسعود رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: ( خَيْرُ النَّاسِ قَرْنِي، ثُمَّ الَّذِينَ يَلُونَهُمْ، ثُمَّ الَّذِينَ يَلُونَهُمْ،  روى البخاري و مسلم .

Abdulloh ibn Mas'ud rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Payg'ambarimiz sollollohu alayhi vasallam muborak hadislarida: “insoniyatni eng yaxshi avlodi mening asrdoshlarim. keyin ulardan keningi avlod.keyin ulardan keyingi asr avlodi“. deganlar ( Imom Buxoriy,  Imom Muslim,)

Ushbu hadisdan ma'lum bo'ladiki salafi solihlardan bo'lish uchun ular kabi bo'lish, solih amallar qilsh bilan bir qatorda islom avvalidagi uch muborak asrda yashash ham zarur. Shunday ekan Ibn Taymiya tarafidan “ Islomni qayta jonlantirish , salaflar yo'liga kaytish “ shiori ostida yangi firqalar , mujtahidlar ijmosiga xilof karashlar , to'rt mazhab ulamolarining na fikhiy va na akidaviy asoslariga mos bo'lmagan hukmlarni joriy kilgan. Manbalarga ko'ra , Ibn Taymiyaning akidaviy va fikxiy masalalarda mujtahidlar kengashi - ijmoga xilof nazariyotlari umumiy hisobda oltmishga yaqin masalada bo'lgan Masalan: qabrlar ziyoratiga borish, mavlid, tabarruk kabi amallar go'yoki shirk hissoblangan. Quron va sunnada kelgan qoidalarni so'zma so'z tushunib ko'r-ko'rona amal qilish orqali boshqa manbalarni botilga chiqaradilar. Jihodni islomni oltinch arkoni deb hissoblaydilar. Tasavvuf, urf-odat va milliy qadriyatlarni rad etadilar. Har qanday yangilikni bidat deb hisoblab, uni inkor atadilar. Ayniqsa, sohta salafiylar tomonidan targ'ib qilinayotgan mazhabsizlik g'oyasi, asrlar davomida shakllangan diniy ananalarni izdan chiqarib bir yurt musulmonlari o'rtasida parokandalikni yuzaga chiqarmoqda. Bugungi kunda sohta salafiylar o'zlarining g'arazliy maqsadlari yo'lida texnika taraqqiyoti yutuqlaridan faol bo'lgan holda foydalanishga intilmoqdalar. Jumladan ular internetni o'zlarining yovuz quroliga aylatirib, uning vositasida global tarmoqda vertual jamoat tashkil etib,diniy mutaassib g'oyalarini targ'ib qilishmoqda. Sohta salafiylarning yoshlar ongini egallashga qaratilgan bunday harakatlaridan doimo sergak turmog'imiz va o'z o'rnida vaziyatga to'g'ri baho berib noto'g'ri talqinlarga qarshi immunitetni o'zimizda shakillantirmog'imiz zarur bo'ladi.

Hulosa o'rnida yoshlarimizga eslatmamiz shuki, yurtimizdagi ahli ilmlar va diniy soha vakillari va ularning kitoblarni qo'yib turli hil noto'g'ri g'oyalarni targ'ib qiluvchi shaxsi, qayerda, qanday ta'lim olganligi noma'lum bo'lgan sohta davatchilarni puch g'ayalariga aldanib qolmaslik uchun ularni vertual tarmoqdagi sahifalariga kirmasliklari va doimo o'z yurtimizda ilm maskani, ustozlari va shahsiyati ma'lum bo'lgan mutabar ustozlarimiz  ularning ezgan kitoblari va faoliyatlari bilan yakindan tanishib  kerakli bilim va kunikmalarni urganishlarini tavsiya etiladi. 

MUSOHON ABBASITDINOV,

Namangan viloyati bosh imom-xatibi

MAQOLA
Boshqa maqolalar

Ankabut surasidan 2 go‘zal foyda

15.01.2025   3132   3 min.
Ankabut surasidan 2 go‘zal foyda

Birinchi foyda:

Nega Qur’oni karimda “ankabut” (o‘rgimchak) so‘zi muannas (ayol) shaklida keltirilgan, garchi u muzakkar (erkak jinsida) bo‘lsada?

Oyatda bunday deyilgan:

مَثَلُ الَّذِينَ اتَّخَذُوا مِنْ دُونِ اللَّهِ أَوْلِيَاءَ كَمَثَلِ الْعَنْكَبُوتِ اتَّخَذَتْ بَيْتًا

Allohdan o‘zgani do‘st tutganlarning misoli, o‘z uyini qurgan o‘rgimchak kabidir... (Ankabut surasi, 41-oyat).

Oyatdagi اتَّخَذَتْ kalimasida ayol jinsiga dalolat qiluvchi ت “t” harfi kelganiga e’tibor bering.

Aslida “عَنْكَبُوتِ” (o‘rgimchak) so‘zi erkak jinsiga taalluqli.

Demak oyatda اتخذ bo‘lishi kerak edi. Lekin, اتَّخَذَتْ shaklida, ayol siyg‘asida keldi.

Zamonaviy ilm-fan shuni isbotladiki, tabiatan urg‘ochi o‘rgimchakkina uy qurishga qodir ekan. Erkak o‘rgimchak esa, faqat to‘rdan foydalanib harakatlanar, lekin uy qurish imkoniyatiga ega emas ekan.

Agar Alloh taolo oyatda “ankabut”ni erkak siyg‘asida zikr qilganida, bu ilmiy va biologik jihatdan noto‘g‘ri bo‘lardi. Ammo Alloh taolo, ayol siyg‘asini ifodalovchi ت “t” qo‘shimchasini keltirishi Kur’oni karim haq kalom ekaniga bo‘lgan iymonimizni yanada mustahkamladi va bizga haqiqatni ko‘rsatdi. Subhanalloh...

 

Ikkinchi foyda:

Urg‘ochi o‘rgimchak, bolalari tug‘ilishi bilan erkagini o‘ldirib, uyning tashqariga uloqtiradi.

So‘ngra bolalar kattalashganda, onasini o‘ldirib, uni ham uydan tashqariga uloqtiradilar.

 

Eng zaif va notavon uy

Alloh taolo Qur’onda buni bitta oyat bilan tasvirlagan:

Holbuki, eng zaif uy o‘rgimchakning uyasidir. Koshki bilsalar edi (Ankabut surasi, 41-oyat).

Odamlar o‘rgimchak uyining jismonan zaifligini bilishgan, lekin uning ma’naviy zaifligini faqat shu zamonda tushundilar. Shuning uchun, oyat: “Koshki bilsalar edi!”, jumlasi bilan yakunlandi.

Shunga qaramay, Alloh taolo Qur’on suralaridan birini shunday yoqimsiz hasharotning nomi bilan atadi. Ushbu sura boshidan oxirigacha fitnalar haqida hikoya qiladi.

Suraning boshlanishi: Odamlar iymon keltirdik deyishlari ila imtihon qilinmay, tark etilishlarini o‘yladilarmi? (Ankabut surasi, 2-oyat).

Davomida:

“Va odamlardan, Allohga iymon keltirdik, deydigan, so‘ngra Allohning yo‘lida ozorlansa, odamlarning fitnasini Allohning azobidek qabul qiladiganlari ham bor. Agar Robbing tomonidan nusrat kelsa, ular, albatta, biz siz bilan birga edik, derlar. Alloh olamlarning ko‘ksilaridagi narsalarni o‘ta bilguvchi zot emasmi?!” (Ankabut surasi, 10-oyat).

Ehtimol, fitnalarga o‘rgimchakning nima aloqasi bor deb o‘ylarsiz?

Javob shuki, fitnalarning bir-biriga chambarchas bog‘liqligi go‘yo o‘rgimchak to‘rining iplariga o‘xshaydi.

Fitnalar shunchalik bir-biriga kirishib ketganki, uni bir-biridan ajratib, farqlab olish juda mushkul. Ular juda ko‘p va murakkab, ammo Allohdan madad tilaganlar uchun ular o‘ta zaif va juda nozikdir.

 

Homidjon domla ISHMATBЕKOV