بسم الله الرحمن الرحيم
O'zining kalomi Qur'oni Karimni o'qi deya boshlagan va musulmonlarga ilm olishlikni farz qilgan Alloh azza va jallaga hamdlar bo'lsin.
O'z hayot yo'llarida ummatlariga eng to'g'ri va sof islom yo'lidan qanday yurish kerakligini ko'rsatib bergan Rosululloh sollollohu alayhi vasallamga salovot va salomlar bo'lsin.
Tarixdan ma'lumki asrlar mobaynida jilolanib kelayotgan islom dini insoniyatni tarqoqlik va o'zaro adovatga berilishdan qaytarib, yakdillik va birlashishga buyurib kelgan.
Alloh taolo Qur'oni Karimda shunday deydi:
وَاعْتَصِمُوا بِحَبْلِ اللَّهِ جَمِيعًا وَلَا تَفَرَّقُوا وَاذْكُرُوا نِعْمَتَ اللَّهِ عَلَيْكُمْ إِذْ كُنتُمْ أَعْدَاءً فَأَلَّفَ بَيْنَ قُلُوبِكُمْ فَأَصْبَحْتُم بِنِعْمَتِهِ إِخْوَانًا وَكُنتُمْ عَلَى شَفَا حُفْرَةٍ مِّنَ النَّارِ فَأَنقَذَكُم مِّنْهَا كَذَلِكَ يُبَيِّنُ اللَّهُ لَكُمْ آيَاتِهِ لَعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ
Barchangiz Allohning arqonini mahkam tuting va bo'linib ketmang. Va Allohning sizga bergan ne'matini eslang: bir vaqtlar dushman edingiz, bas, qalblaringizni ulfat qildi. Uning ne'mati ila birodar bo'ldingiz. O'tli jar yoqasida edingiz, sizni undan qutqardi. Alloh sizga O'z oyatlarini ana shunday bayon qiladi. Shoyadki, hidoyat topsangiz.
Oli imron surasi 103-oyat
Islomdan avval insoniyat o'zaro adovat va dushmanchilikka berilib, o'zlaridan avvalgilarga kelgan hidoyat mayoqlarini yo'qotib yo'ldan adashishgan edi.
Bugungi kundagi ayrim firqalar ham musaffo islom dinini noto'g'ri talqin qilayotganliklari tufayli to'g'ri yo'lni yo'qotib, insonlar orasida turli xil ixtiloflarga sabab bo'layotganliklari sir emas.
Hususan bugungi kunda xalqimiz orasida turli ziddiyatlar kelib Chiqishiga sabab bo'layotgan soxta salafiylar ayni shular jumlasidandir.
Ularni qilayotgan iddaolari negizida dinimizni noto'g'ri talqin qilganliklari yotadi. Jumladan o'zlarini salafiy deya atashlarini o'zi noto'g'ri, bilamizki mutaqaddim ulamolar bilan, mutaaxxir
ulamolar orasini ajratib turuvchi chegara uchinchi asrning so'ngi ya'ni dastlabki hijriy uch asridir. Bu uch asr avlodining fazilatlari shundaki ular shu ummatni ustozlari va insoniyatning eng yaxshi avlodi bo'lib ana o'shalar haqiqiy salafi solihlar hisoblanadilar.
عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بن مسعود رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: ( خَيْرُ النَّاسِ قَرْنِي، ثُمَّ الَّذِينَ يَلُونَهُمْ، ثُمَّ الَّذِينَ يَلُونَهُمْ، روى البخاري و مسلم .
Abdulloh ibn Mas'ud rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Payg'ambarimiz sollollohu alayhi vasallam muborak hadislarida: “insoniyatni eng yaxshi avlodi mening asrdoshlarim. keyin ulardan keningi avlod.keyin ulardan keyingi asr avlodi“. deganlar ( Imom Buxoriy, Imom Muslim,)
Ushbu hadisdan ma'lum bo'ladiki salafi solihlardan bo'lish uchun ular kabi bo'lish, solih amallar qilsh bilan bir qatorda islom avvalidagi uch muborak asrda yashash ham zarur. Shunday ekan Ibn Taymiya tarafidan “ Islomni qayta jonlantirish , salaflar yo'liga kaytish “ shiori ostida yangi firqalar , mujtahidlar ijmosiga xilof karashlar , to'rt mazhab ulamolarining na fikhiy va na akidaviy asoslariga mos bo'lmagan hukmlarni joriy kilgan. Manbalarga ko'ra , Ibn Taymiyaning akidaviy va fikxiy masalalarda mujtahidlar kengashi - ijmoga xilof nazariyotlari umumiy hisobda oltmishga yaqin masalada bo'lgan Masalan: qabrlar ziyoratiga borish, mavlid, tabarruk kabi amallar go'yoki shirk hissoblangan. Quron va sunnada kelgan qoidalarni so'zma so'z tushunib ko'r-ko'rona amal qilish orqali boshqa manbalarni botilga chiqaradilar. Jihodni islomni oltinch arkoni deb hissoblaydilar. Tasavvuf, urf-odat va milliy qadriyatlarni rad etadilar. Har qanday yangilikni bidat deb hisoblab, uni inkor atadilar. Ayniqsa, sohta salafiylar tomonidan targ'ib qilinayotgan mazhabsizlik g'oyasi, asrlar davomida shakllangan diniy ananalarni izdan chiqarib bir yurt musulmonlari o'rtasida parokandalikni yuzaga chiqarmoqda. Bugungi kunda sohta salafiylar o'zlarining g'arazliy maqsadlari yo'lida texnika taraqqiyoti yutuqlaridan faol bo'lgan holda foydalanishga intilmoqdalar. Jumladan ular internetni o'zlarining yovuz quroliga aylatirib, uning vositasida global tarmoqda vertual jamoat tashkil etib,diniy mutaassib g'oyalarini targ'ib qilishmoqda. Sohta salafiylarning yoshlar ongini egallashga qaratilgan bunday harakatlaridan doimo sergak turmog'imiz va o'z o'rnida vaziyatga to'g'ri baho berib noto'g'ri talqinlarga qarshi immunitetni o'zimizda shakillantirmog'imiz zarur bo'ladi.
Hulosa o'rnida yoshlarimizga eslatmamiz shuki, yurtimizdagi ahli ilmlar va diniy soha vakillari va ularning kitoblarni qo'yib turli hil noto'g'ri g'oyalarni targ'ib qiluvchi shaxsi, qayerda, qanday ta'lim olganligi noma'lum bo'lgan sohta davatchilarni puch g'ayalariga aldanib qolmaslik uchun ularni vertual tarmoqdagi sahifalariga kirmasliklari va doimo o'z yurtimizda ilm maskani, ustozlari va shahsiyati ma'lum bo'lgan mutabar ustozlarimiz ularning ezgan kitoblari va faoliyatlari bilan yakindan tanishib kerakli bilim va kunikmalarni urganishlarini tavsiya etiladi.
MUSOHON ABBASITDINOV,
Namangan viloyati bosh imom-xatibi
"Makka bo‘lmaganida seni tashlab ketmas edim!!!"
Madina! Senga yillar talpingandik, sog‘ingandik, seni hajringdan ko‘z yoshlarimizni to‘kkandik. Seni sevmagan mo‘min bormi dunyoda, senga intilmagan muslim bormi dunyoda.
Seni goho tushlarimizda ko‘rardik, bu tushlardan hech-hech uyg‘ongimiz kelmasdi, seni nega yaxshi ko‘ramiz, seni nega yurakdan sevamiz!?
Chunki senda eng yaxshi ko‘rganimiz, suyukligimiz, sog‘inganimiz, seni sharaflantirgan Rasululloh alayhissalom borlar!
Chunki senda biz dunyoga kelmasimizdan turib bizni sog‘ingan, bizni yaxshi ko‘rgan Zot bordir.
Chunki senda, oxirga nafaslarida ham "ummatim, ummatim" deya g‘arib ummatlarini holidan tashvishlangan Zot bordir.
Yana senda, agar Rasululloh alayhissalom aytgan bo‘lsalar men hammasiga ishondim deya Siddiq maqomini topgan Zot bordir, Rasululloh alayhissalomni amakisi iymonga kelishini yaxshi ko‘rgan, Rasululloh sut ichganlarida chanqog‘i bosilgan Abu Bakr roziyallohu anhu bordir.
Yana senda, yurgan ko‘chasidan shayton qochgan, so‘zlarini Qur’on tasdiqlagan, "Umar xato gapirdi" deya olgan Amirul mo‘miniyn bordir.
Yana senda farishtalar hayo qilgan Zunnurayn Hazrati Usmon, vafoti Rasulullohni ko‘zlarini yoshlatgan o‘g‘li Ibrohim, qizlari Ummu Kulsum, Ruqayya, Fotima, Azvoju mutohharot onalarimizni va yana o‘n minga yaqin sahobani bag‘riga olgan Jannatul Baqe’ bordir.
Bizni yaxshi ko‘radigan, biz uni yaxshi ko‘radigan, Sayyidi shuhada Hazrati Hamzani bag‘riga olgan Uhud tog‘i bordir.
Yana senda, taqvo asosida barpo qilingan, unda o‘qilgan ikki rakaat namozga umrani savobi beriladigan Masjidil Qubo bordir.
Sendagi fazilatlarni sanasam tugamaydi. Senda sahobalarni izlari bordir, Rasulimizni hidlari bordir.
Allohga hamd bo‘lsinki, oshiq mahbubiga yetganidek seni visolingga yetdik, suyukligimiz jivoriga keldik, yaxshi ko‘rganlarimiz bo‘ylariga to‘ydik.
Sendan hech ketgim kelmaydi, Madina!
Chunki, “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kimki Madinada vafot eta olsa, unda vafot etsin. Chunki, unda vafot etgan kishini shafoat qilaman” dedilar” (Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan Imom Termiziy rivoyati).
Madina! Makka bo‘lmaganida seni tashlab ketmas edim!!!
TII “Qur’on ilmlari” kafedrasi o‘qituvchisi Adham Yusupov