Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Uyim bilan minbarim orasida jannat ravzalaridan bir ravza bor", deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).
Ravza — bog' degan ma'noni bildiradi.
Ulamolar bu joy rahmatning tushishi, zikr, ibodat va tilovat sababli baxt-saodatning hosil bo'lishida xuddi jannat bog'iga o'xshaydi, deb ta'rif berganlar.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Musulmon birodaringiz qilgan xatosini tan olib, sizdan uzr so‘rab kelsa, samimiy uzr so‘rayotganiga alomatlar bor bo‘la turib, uning uzrini qabul qilmasligingiz tahrimiy makruh bo‘ladi. Chunki bu vaziyatni o‘zining foydasiga suiste’mol qilish va birodardan yomon gumon qilish bo‘ladi.
Ibn Javdon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim musulmon birodaridan uzr so‘rasa-yu, ammo u qabul qilmasa, unga (nohaq) o‘lpon yig‘uvchining gunohi kabi gunoh bo‘ladi", deganlar.