Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Avgust, 2025   |   23 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:07
Quyosh
05:34
Peshin
12:32
Asr
17:18
Shom
19:23
Xufton
20:43
Bismillah
17 Avgust, 2025, 23 Safar, 1447

Ellik marta tavof qilish

25.04.2024   509   3 min.
Ellik marta tavof qilish

Cavol: 50 marta tavof qilsa katta ajrga ega bo'lish haqida hadislarda kelgan ekan. Shunda 50 ta tavof qanday ado etiladi? Yetti aylana etti tavof hisoblanadimi yoki bitta tavof hisoblanadimi? Har 7 tadan keyin 2 rakat namoz o'qiladimi yoki oxirida o'qisa bo'ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Bu borada Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar:

Kimbaytniellikbortavofqilsa, onadanyangitug'ilgankunidagidekgunohlaridanchiqadi(ImomTermiziyrivoyati).

Ellikta tavof degan so'zni ellikta aylana deb tushunmaslik lozim. Chunki etti aylana bitta tavof hisoblanadi. Mana shu etti aylanadan ellik marta qilinadi. Chunki bir aylana qilish bilan tavof ibodati qilingan bo'lmaydi.

Qolaversa, imom Ibn Abu Shaybaning Ibn Abbos roziyallohu anhumodan qilgan rivoyatida “خمسين أسبوعا – ellikta etti aylanish”, degan ibora bilan kelgan. To'liq etti aylananing o'zi bitta tavof hisoblanadi. Masalan, umraga borgan inson bir marta umra qilsa, bitta tavof qilgan bo'ladi. Keyin yana umra qilsa yoki nafl tavofning o'zini qilsa, ikkinchi tavofni qilgan bo'ladi.

Yuqoridagi hadisda zikr qilingan ellik marta tavofni bir martada yoki bitta safar davomida qilish shart emas, butun umr davomida qilishi mumkin(“Fayzul qodir” kitobi).

Mazkur tavoflarni qilishda etti aylanib, bir tavofni tugatgach, nafl namoz o'qish makruh bo'lmagan vaqtda ikki rakatli tavof namozini o'qiydi. Birinchi tavofdan keyin tavof namozini o'qimasdan keyingi tavofni qilish makruh hisoblanadi. Shuning uchun har tavofdan keyin tavof namozini o'qiydi, keyin yangi tavofni qiladi. Bu haqida fiqhiy kitoblarimizda bayon qilingan. Jumladan, Alloma Kosoniy rahimahulloh bunday degan: “Ziyoratchi har etti aylana qilib bo'lgach, nafl o'qish makruh bo'lmagan vaqtda ikki rakat tavof namozini o'qiydi. Birinchi tavofdan keyin tavof namozini o'qimay, ikkinchi tavofni qilish imom Abu Hanifa va Muhammad rahimahumalloh nazdida makruhdir”(“Badoye'us sanoye'” kitobi). Vallohu a'lam.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bolajonlarga o‘quv qurollari topshirildi

15.08.2025   3551   1 min.
Bolajonlarga o‘quv qurollari topshirildi

Bugun, 15 avgust kuni Chust tumanidagi “Said Nasimxon to‘ra” jome masjidida tadbirkorlarimiz homiyligida  yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yili munosabati bilan bolajonlarga maktab o‘quv qurollari va sumkalar hadya qilindi.


Xayriya tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yillik bayrami bilan ota-onalar va o‘quvchi yoshlar muborakbod etildi.


Tadbir so‘ngida yurtimiz ravnaqi va yoshlarimizning barkamol bo‘lib ulg‘ayishi uchun xayrli duolar qilindi. 

Ravza.uz

Bolajonlarga o‘quv qurollari topshirildi Bolajonlarga o‘quv qurollari topshirildi Bolajonlarga o‘quv qurollari topshirildi Bolajonlarga o‘quv qurollari topshirildi