Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Iyun, 2025   |   5 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:08
Quyosh
04:53
Peshin
12:27
Asr
17:42
Shom
20:03
Xufton
21:45
Bismillah
30 Iyun, 2025, 5 Muharram, 1447

O'zbekistonning Misrdagi elchixonasida "O'tkan kunlar" romanining arab tilidagi nashri taqdim qilindi

25.04.2024   793   4 min.
O'zbekistonning Misrdagi elchixonasida
 
O'zbekistonning Misrdagi elchixonasida buyuk o'zbek adibi Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romanining ilk arab tilidagi "O'tkan kunlar: Turkistondagi achchiq sevgi qissasi" deb nomlangan nashrining taqdimoti bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri. 

Mashhur asar taniqli tarjimon Muhammad al-Jibali tomonidan arab tiliga o'girilgan.

Kitob taqdimoti Abdulla Qodiriyning 130 yilligini nishonlash doirasida yozuvchi nabirasi Hondamir Qodiriy, O'zbekiston yozuvchilari uyushmasi a'zolari, mamlakatimiz OAV vakillari, yozuvchi va nufuzli jurnalistlar ishtirokida o'tkazildi. Shuningdek, unda asar tarjimonlari Ayn-Shams va Luksor universitetlari professori Muhammad al-Jibali, Misr-O'zbekiston do'stlik jamiyati raisi Magdi Za'bal, mahalliy ekspertlar va OAV vakillari qatnashdi.

Tadbirni O'zbekiston elchisi Mansurbek Qilichev ochib berdi. Elchi o'z nutqida o'zbek adabiyotining buyuk namoyandalari, ularning betakror asarlari haqida so'z yuritar ekan, Abdulla Qodiriy 20 asr o'zbek adabiyotida yorqin iz qoldirganini ta'kidladi.

Qayd etilganidek, sobiq ittifoq davrida o'zbek adiblarining ko'plab asarlari xorijiy tillarga tarjima qilingan. Lekin "O'tkan kunlar" romani rus tilidan boshqa biror tilga tarjima qilinmagan. Hatto asarning rus tilidagi tarjimasi ham tsenzuraga uchrab, qator o'zgartirishlarga yuz tutdi.

Shu bois, elchixona ko'magida oradan 100 yil o'tib ushbu roman arab dunyosi o'quvchilariga ilk marotaba "O'tkan kunlar: Turkistondagi achchiq sevgi qissasi" nomi ostida taqdim etildi.

"O'tkan kunlar" romanining arab tiliga tarjima qilinishi o'zbek madaniyati, mintaqa tarixi, o'zbekona odob-axloq kabi fazilatlarni Yaqin Sharq xalqlari orasida keng targ'ib etishda xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Asar tarjimoni Muhammad al-Jibali o'z ma'ruzasida o'zbek xalqi uchun qadrdon bo'lgan ushbu asarni arab tiliga tarjima qilganidan bag'oyatda mamnunligini bildirar ekan, ushbu yo'nalishdagi sa'y-harakatlarini davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Qayd etish kerakki, tarjimada asarning eski o'zbek yozuvidagi ilk nusxasidan hamda rus va ingliz tillaridagi tarjimalaridan foydalanildi.

Mamlakatimizning Misrdagi elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, "O'tkan kunlar" romanining arab tiliga tarjima qilishda Saudiya Arabistonida istiqomat qilayotgan vatandoshimiz Said Mahmud Kosoniy, doktor Murtazo Saydumarov, shayx Husaynxon Yahyo Abdumajidov, Misr-O'zbekiston do'stlik jamiyati raisi, professor Magdi Za'bal, tarjimon Feruza Galiyeva hamda o'zbek tili bo'yicha mutaxassislar Rahma Ibrahim, Habiba Mehmet Ali va boshqalarning yordamlari cheksiz bo'ldi. 

Chop etilgan kitob muqovasida Abdulla Qodiriy avlodlari tavsiyasiga ko'ra, "O'tkan kunlar" romanining 1925 yildagi ilk nashrining suratidan foydalanildi. Kitob qattiq muqovada va sarg'ish rangli silliq qog'ozda chop etildi. Mintaqadagi eng yirik "Dor ul-Maorif" nashriyotida 1000 nusxada chop etilgan kitobni Misrdagi barcha yirik kutubxonalar va universitetlar, ta'lim va madaniyat muassasalari, davlat idoralari, Qohiradagi diplomatik korpus o'rtasida tarqatish rejalashtirilgan. Boshqa arab davlatlarida ham mazkur roman tarjimasini qayta chop etish nazarda tutilmoqda.

"O'tkan kunlar" romanini arab tilida mutolaa qilishni istagan yurtdoshlarimiz, Toshkentdagi Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga yoki O'zbekistonning Misrdagi elchixonasiga murojaat qilishlari mumkin.

Ushbu kitob tez fursatlarda mamlakatimizdagi yirik kutubxonalar va universitetlarga ham taqdim etiladi, shuningdek, bepul onlayn platformalarga joylashtiriladi. 


O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qabul jarayoni bo‘yicha ma’lumot olish uchun telefon va internet sahifalari

27.06.2025   4694   2 min.
Qabul jarayoni bo‘yicha ma’lumot olish uchun telefon va internet sahifalari

#xabar #qabul #qayta_aloqa
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining 2025-2026 o‘quv yili qabul jarayonlari haqida quyidagi telefon raqam, internet va ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali ma’lumot olishingiz mumkin: 
 

 OLIY TA’LIM MUASSASALARI:

1. Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti
+998712400115
 oliymahad.uz // @oliymahad   (https://t.me/oliymahad)

2. Mir Arab oliy madrasasi 
+998913129404
 mirarab.uz // @Mirarabuz (https://t.me/Mirarabuz)  

3. Hadis ilmi maktabi
+998662402051
 muhaddis.uz // @muhaddisuz (https://t.me/muhaddisuz)

4. Imom Termiziy nomidagi islom instituti
+998554510596
 imomtermiziy.uz // @termiziylar_uz (https://t.me/termiziylar_uz)


 O‘RTA MAXSUS ISLOM TA’LIM MUASSASALARI: 

1.  “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998712444827
 kukaldosh.uz // @kukaldoshuz  (https://t.me/kukaldoshuz)

2. “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998712484752, +998941044752
 xadicha.uz // @xadichauz   (https://t.me/xadichauz)

3. “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998507086870
 maxdum.uz // @maxdumuz   (https://t.me/maxdumuz)

4.  “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998885726006
 hidoya.uz // @hidoyauz  (https://t.me/hidoyauz)

5.  “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998755427425
 xojabuxoriy.uz // @Xojabuxoriy  (https://t.me/Xojabuxoriy)

6.  “Mir Arab” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998954204597
 mirarabmadrasa.uz // @mirarabmadrasa  (https://t.me/mirarabmadrasa)

7.  “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998652217744
 juyborikalon.uz // @juyborikalon  (https://t.me/juyborikalon)

8.  “Faxriddin ar-Roziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998556022444
 arroziy.uz // @arroziyuz (https://t.me/arroziyuz) 

9. “Muhammad al-Beruniy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998551015512
 alberuniy.uz // @alberuniyuz  (https://t.me/alberuniyuz)

10. “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998554510596
 imomtermiziy.uz // @termiziylar_uz (https://t.me/termiziylar_uz) 

 
2025-2026 o‘quv yili qabul jarayonlari haqidagi so‘nggi yangiliklarni @qabulmuslimuz (https://t.me/qabulmuslimuz) telegram sahifasida kuzatib boring! 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari