Sayt test holatida ishlamoqda!
16 May, 2025   |   18 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:28
Quyosh
05:04
Peshin
12:24
Asr
17:25
Shom
19:39
Xufton
21:08
Bismillah
16 May, 2025, 18 Zulqa`da, 1446

Fotiha surasini zam sura o'rniga o'qisa bo'ladimi?

26.04.2024   505   3 min.
Fotiha surasini zam sura o'rniga o'qisa bo'ladimi?

Cavol: Farz namozda zam sura o'rniga Fotiha surasini o'zini takror o'qisa bo'ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Yo'q, bunday qilib bo'lmaydi. Chunki Fotiha surasini bir rakatning o'zida takror o'qish shariatda joriy bo'lmagan. Bu haqda Alloma Zaylaiy bunday deganlar: “Agar Fotihani takror o'qisa, shar'iy amalning xilofini qilgan bo'ladi. Chunki bir qiyomning o'zida Fotihani takror o'qish mashru' emasdir”(“Tabyinul-haqoiq” kitobi).

Bundan tashqari namozda Fotihadan keyin alohida zam surani o'qishi vojib amal sanaladi. Bu haqida Alloma Shurunbuloliy aytadilar: “Ikkinchi vojib Fotihaga birorta qisqa surani yoki kamida qisqa uch oyatni qo'shib o'qishdir. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Alhamdu lillah va zam surani o'qimagan kishining namozi durust bo'lmaydi. Hoh, farz, xoh boshqa namoz bo'lsin”, dedilar”(“Maroqil-faloh” kitobi).

Agar namoz o'qiyotgan kishi adashib, Fotiha surasidan keyin zam suraning o'rniga yana Fotiha surasini o'zini o'qisa, uning namozi durust bo'lsada, oxirida sahv sajdasini ado etishi vojib bo'ladi. Bu haqida bunday zikr qilingan: “Hizona va boshqa kitoblarda zikr qilinishicha: Fotiha surasini avvalgi ikki rakatda takror o'qish sahv sajdasini vojib qiladi. Bu joyda vojibni takror qilish sahvni vojib qilmaydi, balki zam surani tark qilish vojib qiladi. Chunki zam sura Fotihadan keyinoq o'qilishi vojib bo'ladi, deb aytish mumkin” (“Majmaul-anhur” kitobi).

Shuni ham ta'kidlash joizki, mazkur hukm farz va vojib namozlarning o'ziga tegishli bo'lib, nafl namozlarda shunday qilsa, unga sahv sajdasi vojib bo'lmaydi.

“Mazkur hukm farzlargagina qaydlanishi lozim bo'ladi. Chunki Fotihani nafl namozlarida takror o'qish makruh sanalmaydi” (“Majmaul-anhur”).

Hulosa qilib aytganda, farz namozini o'qiyotgan kishi zam sura o'rniga Fotihani qaytadan o'qisa, so'ngidan darhol boshqa sura yoki kamida uch oyat zam qilishi hamda namoz oxirida sahv sajdasi qilishi vojib bo'ladi. Nafllarda Fotihani takror o'qish makruh bo'lmasada, undan keyin zam sura o'qish vojibdir. Vallohu a'lam.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Oliy madrasada respublika anjumani o‘tkazildi

15.05.2025   6675   1 min.
Oliy madrasada respublika anjumani o‘tkazildi

Bugun, 15 may kuni Mir Arab oliy madrasasida "Islom ma’rifati — axloqiy va ma’naviy barkamollik asosi" mavzusida respublika anjumani bo‘lib o‘tdi.


Ilmiy-amaliy anjumanda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir domla Elov, diniy ta’lim muassasalari, shuningdek, Buxoro davlat pedagogika instituti, Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti rahbar va professor o‘qituvchilari ishtirok etdi.


Anjumanda bevosita va masofaviy tarzda qatnashgan notiqlar mavzu yuzasidan chiqishlar qilish barobarida muhim taklif va tavsiyalarni ilgari surdilar.

Mirarab.uz

 

Oliy madrasada respublika anjumani o‘tkazildi Oliy madrasada respublika anjumani o‘tkazildi Oliy madrasada respublika anjumani o‘tkazildi Oliy madrasada respublika anjumani o‘tkazildi Oliy madrasada respublika anjumani o‘tkazildi Oliy madrasada respublika anjumani o‘tkazildi Oliy madrasada respublika anjumani o‘tkazildi Oliy madrasada respublika anjumani o‘tkazildi Oliy madrasada respublika anjumani o‘tkazildi Oliy madrasada respublika anjumani o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari