“Al-Quvayt” klubi kongolik futbolchi Arsen Zola islom dinini qabul qilganini “Zayd Muhammad al-Malim” jome masjidida e'lon qildi.
“IQNA” sayti “Veto” tayanib xabar berishicha, “Al-Quvayt” futbol klubi Arsen Zola islomni qabul qilgani va ismini Malik deb o'zgartirgani haqida rasmiy bayonot tarqatdi.
Ma'lumot o'rnida o'tgan yil yanvar' oyida “al-Quvayt” klubi 28 yoshli kongolik futbolchi Arsen Zolani Marokashning “Vedad” klubi bilan joriy mavsum oxirigacha bo'lgan shartnoma asosida sotib olgan edi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Savol: Masjiddagi jamoatda ba’zan oldingi safdagi odamning kiyimi kalta bo‘lgani uchun sajdada orqasi qisman ochilib qoladi va bexosdan unga ko‘zimiz tushib qoladi. Shu holatda tahorat yoki namozimiz buzilmaydimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ulamolar tahorat va namozni buzuvchi omillarni birma-bir sanaganlar. Ular ichida birovning avratiga ko‘z tushib qolish sababli buziladi, degan gap yo‘q. Birovning, xoh ayolning, xoh erkakning avratiga qarash sababli bavl yoki biror suyuqlik chiqmasa, tahorat sinmaydi. Ammo bu degani qarash, nazar solish mumkin ekan, deb tushunmaslik kerak. Chunki bunday ishlar aslo mumkin emas.
Bir narsani yodda tutish lozimki, namoz o‘qish uchun tayyorlanayotgan inson namoz o‘qish asnosida avratlari ochilib qolmasligining chorasini ko‘rishi kerak bo‘ladi. Chunki bir rukn (farz amali) miqdoricha avratining to‘rtdan biri ochilib tursa, uning namozi buziladi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi