Shu yilning 27-30 aprel' kunlari Ar-Riyod shahrida Ikki Muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz al Saud homiyligida Islom taraqqiyot banki guruhining (ITB) yillik uchrashuvi va oltin yubileyi bo'lib o'tdi.
Bank matbuot xizmati xabariga ko'ra, tadbirlarda Anorbank vakillari, jumladan, xalqaro va mintaqaviy moliya institutlari, islom banklari, xususiy sektor kompaniyalari, milliy va xalqaro moliyaviy rivojlanish institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, Savdo-sanoat palatalari hamda ishbilarmonlar kengashlari delegatlari ishtirok etdi.
Uchrashuvlarda Anorbank va Islom xususiy sektorni rivojlantirish korporatsiyasi (IDCDS) bir qancha muhim hujjatlarni imzoladi. Hususan, Anorbank va IKRChS O'zbekistonda birinchi islom bankini tashkil etish loyihasini birgalikda ishlab chiqishga kelishib oldi.
O'zbekiston qonunchiligiga muvofiq tashkil etiladigan yangi bankning investorlari IKRChS, Anorbank va boshqa xorijiy investorlar bo'lib, iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb ti shva xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ma'lumot uchun: Hususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi (ICD) o'ziga a'zo mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishini qo'llab-quvvatlovchi ko'p tomonlama rivojlanish moliya instituti hisoblanadi va u Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhiga kiradi. Anorbank O'zbekistondagi birinchi mahalliy raqamli tijorat bankidir.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Bugun, 23 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat va taklif-mulohazalarini tingladi.
Mazkur qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan shar’iy masalalar, masjidlar qurish, oilaviy munosabatlar, moddiy yordam va sohani rivojlantirishga oid masalalar atroflicha o‘rganilib, mas’ullarga qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan topshiriq berildi.
Bugungi qabul davomida yurtimizning turli hududlaridan kelgan har bir fuqaroning muammo va takliflari eshitilib, ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.
Ana shunday qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarda haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan ham amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati