Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Avgust, 2025   |   8 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:46
Quyosh
05:19
Peshin
12:34
Asr
17:31
Shom
19:43
Xufton
21:09
Bismillah
02 Avgust, 2025, 8 Safar, 1447

Al-Azhar universiteti

06.05.2024   1077   6 min.
Al-Azhar universiteti

Al-Azhar Universiteti 970 – yilda Fotimiylar xalifaligi tomonidan tashkil etilgan. Bu Universitet Misrning eng qadimgi universiteti bo’lib, Sunniy Islomiy ta’lim uchun eng obro’li universitet sifatida tanilgan. Al-Azhar universiteti Bakalavr, Aspirantura va Magistrlik dasturlarini taklif etadi. U 81 ta fakultet, 9 ta institut, 359 ta akademik bo’lim, 42 ta markaz, 6 ta universitet kasalxonalari va 27 ta umumiy ma’muriyat bo’limlariga ega. Al-Azhar Universitetining asosiy yo’nalishlari: Fan va Texnologiyalar, Menejment va Biznesni boshqarish, San’at, Tillar va Gumanitar fanlar, Qishloq xo’jaligi, Stomatologiya va Tibbiyot. Bu universitet dunyodagi Arab adabiyoti va Islom ta’limining bosh markazi. Al-Azhar universitetida o’qish uchun juda ko’plab chet elliklar keladi. Al-Azhar 2 million o’quvchiga ega bo’lgan milliy maktablar tarmog’ini nazorat qiladi. 1996 yilga kelib, Al-Azhar universiteti Misrdagi 4000 dan ortiq o’quv Institutlari va Universitetlar boshqaruvini o’z nazoratiga oldi.

Barcha Fakultetlar:

Bakalavr – (4 yil)

Tibbiyot yo’nalishlari:

  • Dorixona
  • Pediatriya
  • Stomatologiya
  • Nevrologiya
  • Urologiya
  • Kardiologiya
  • Dermatologiya
  • Ginekologiya
  • Psixologiya
  • Jarrohlik

Til va Adabiyot yo’nalishlari:

  • Arab tili
  • Ingliz tili
  • Nemis tili
  • Turk tili
  • Ispan tili
  • Fransuz tili
  • Xitoy tili
  • Urdu tili
  • Fors tili
  • Afrika tili
  • Ibroniy tili
  • Qadimgi Yevropa tillari

Islomiy yo’nalishlari:

  • Arab tili va filologiyasi
  • Qur’oni karim
  • Qur’on tilovati va qiroatni o’rganish (Hofiz)
  • Hadisshunos
  • Islomshunos
  • Islom va ilm
  • Islom shariati (shariat)
  • Fiqh
  • Vaqf
  • Islom banki
  • Islomiy moliya
  • Islom huquqshunosligi
  • Kalom va Islom mazhablari tarixi

Muhandislik yo’nalishlari: 

  • Qurilish
  • Dasturiy ta’minot (Programmist)
  • Elektrotexnika
  • Neft va Gaz
  • Mexanik muhandisligi
  • Arxitektura
  • Axborot Tizimlari va Texnologiyalari (IT)
  • Kon-Metallurgiya muhandisligi

Boshqa yo’nalishlar…  

  • Biznes boshqaruv
  • Informatsion texnologiya
  • Menejment
  • Marketing
  • Iqtisodiyot
  • Moliya
  • Buxgalteriya hisobi
  • Huquqshunoslik
  • Jurnalistika
  • Sotsiologiya
  • Geologiya
  • Kimyo
  • Biologiya
  • Geografiya
  • Fizika
  • Matematika
  • Zoologiya
  • Tarix
  • Qishloq xo’jaligi

Magistratura – (2 yil)

Barcha fakultetlar:

  • Arab tili
  • Arab va islomshunoslik
  • Shariat qonuni (shariat)
  • Islom ilohiyoti (Islomiy da’vo)
  • Ingliz tili
  • Til va talqin
  • Dorixona
  • Klinik MA
  • Iqtisodiyot
  • Muhandislik
  • Ilm-fan
  • Ilm-fan va texnologiya

PhD – ( 3 yil)

Barcha fakultetlar:

  • Ma’muriyat fanlari doktori
  • Filologiya fanlari nomzodi
  • Qishloq xo’jaligi doktori
  • Madaniy fanlari nomzodi
  • Ta’lim fanlari doktori
  • Marketing fanlari doktori
  • Tibbiyot fanlari doktori

Ta’lim tili – Arab tili

Ansoriddin Mamarasulov,
Toshkent Islom instituti 4-kurs talabasi.

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Chandiq qolur, dog‘ qolur...

01.08.2025   4518   2 min.
Chandiq qolur, dog‘ qolur...

Bir qishloqda jahli tez chiqadigan, o‘zini boshqa olmaydigan o‘spirin yigit bor ekan. Kunlardan birida otasi unga har gal jahli chiqqanida bir mix olib, uyning oldidagi daraxtga qoqishini aytdi.


O‘g‘il shunday qila boshladi. Bir necha mix qoqilgan daraxtni ko‘rib, yigitning unga rahmi keldi. O‘zini boshqarishni, sabrli bo‘lishni o‘rgandi. Daraxtga mix qoqmay qo‘ydi. Buni ko‘rgan ota endi o‘g‘liga qoqilgan mixlarni sug‘urib tashlashni buyurdi. O‘g‘il otasining aytganini bajardi.


Daraxtning yaralari bitib, o‘rnida chandiqlar paydo bo‘ldi. Ota o‘g‘liga:


– Qara, o‘g‘lim! Qoqilgan har bir mix bu daraxtni yaralagan edi. Ularni sug‘urib tashlagan taqdiringda ham, o‘rni, chandiqlari qoldi. Endi daraxtning ana shu joylari mo‘rtlashib, qurt tushadi va uni yemiradi.


O‘g‘il boshini egib qoldi. Ota so‘zida davom etdi:


– Bu-ku bir daraxt ekan, Alloh taolo azizu mukarram qilib yaratgan inson zotining qalb atalmish daraxtiga ham ba’zan til atalmish bolg‘a bilan so‘z atalmish mixlar qoqiladi. Garchi keyin xatolar tan olinib, uzr so‘ralib, u “mix”lar sug‘urib olinsa-da, o‘rnida chandig‘i, dog‘i qoladi... Sen o‘shanday mixlarni qoqishdan saqlan. O‘zingni idora qilishni, jahlingni jilovlashni o‘rgan!..


Darhaqiqat, inson qalbi go‘yo nafis bir oynaga o‘xshaydi. U darz ketsa, keyin hech qachon aslidagidek tiklanmaydi. Shunday ekan, har doim Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga o‘xshab muomila qilishni o‘rganaylik hech bo‘lmasa harakat qilaylik. Alloh hammamizni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasin! Zero, ko‘ngil – Yaratganning nazargohidir.


Qudsiy hadislardan birida Alloh taolo: “Men sizlarning na suratingizga  va na chiroylaringizga qarayman. Balki qalblaringizga qarayman va sizlardagi yaxshi xislatlardan rozi bo‘laman”, degan. 

Akbarshoh Rasulov

O'zbekiston yangiliklari