Birinchi maqola
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu rivoyat qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarning eng yaxshilaringiz axloqi yaxshilaringizdir”(Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati). Demak, kishining Alloh taolo huzuridagi va kishilik jamiyatidagi maqomini ko'rsatadigan narsa bu uning chiroyli axloqi ekan.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan: “Odamlarni ko'proq jannatga kiritadigan narsa haqida so'raldi. Shunda u zot: “Allohga taqvo qilish va chiroyli xulq” deb aytdilar. U zotdan yana: “Odamlarni ko'proq do'zaxga kiritadigan narsa haqida so'raldi”. Shunda u zot: “Og'iz va farj” deb marhamat qildilar (Imom Termiziy rivoyati).
Demak, inson o'zini gunohlardan tiysa, nafsiga qul bo'lmasa, og'zidan faxsh so'zlar chiqmasa, gunoh sodir etmasa dunyosi va oxiratini obod bo'lishidan umid qilsin va shuni harakatida bo'lsin.
Hotam Asom nafs tarbiyasi haqida: “Nafsim itimdir (qulimdir), ilmim qurolimdir, gunohim umidsizligimdir, shayton esa dushmanimdir, nafsimga aslo itoat etmayman, uni tepkilab haydayman” deb o'z davrining kishilarini doimo nafs tarbiyasi bilan mashg'ul bo'lmoqlik, nafs pokligiga e'tibor qaratish lozimligini uqtirgan.
Alloh taolo “Shams” surasida bunday degan: “Nafs va (U yaratib) tiklagan zotlar, (insonlar) bilan. Darvoqe, unga (nafsga) fisqu-fujurini ham, taqvosini ham (U) ilhom qilib qo'ygan. (mazkurlar bilan qasamyod etamanki) haqiqatan, uni (nafsni) poklagan kishi najot topur. Va uni (nafs)ni (gunohlar bilan) ko'mib, xorlagan kimsa esa (Allohning rahmatidan) noumid bo'lur!”(7-10 oyatlari).
Nafsini poklagan, Yaratganning buyruqlarini bajarishga safarbar etgan inson oxiratda katta yutuqlarga erishadi. Bu orqali oxiratda katta olovlarga kirib ketishidan, ashaddiy azobga qolishdan, dunyodagi kufrdan, fitnalardan, shirkdan, turli nizolardan, gunohlardan saqlanishiga erishadi. Bu bilan Yaratgan Robbini roziligi va Payg'ambarimiz Sarvari Koinot Nabiy alayhissalomning shafoatlariga muvaffaq bo'ladi.
Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam: “Eng katta jihod nafs tarbiyasi uchun qilinadigan jihoddir” deb marhmat qilganlar. Sahobalar jihoddan qaytganlaridan keyin biz kichik jihoddan katta jihodga qaytdik deb nafs tarbiyasi bilan shug'ullanishga alohida e'tibor berganlar. Nabiy alayhissalom nafs tarbiyasi va axloqni sayqallash borasida Qiyomatgacha keladigan bashariyatga o'rnak va namuna bo'lganlar. Bu borada kerakli tavsiya va ko'rsatmalarni berganlar. Duo qilganlarida nafsni tarbiyalash uchun ham alohida duo qilganlar. Jumladan: “Ey Allohim! Nafslarimizga taqvo ber va ularni pok qil! Sen nafslarni pok qiluvchilarning eng yaxshisi va unga do'st va sohibsan” deb duo qilganlar (Imom Muslim rivoyati).
Isomiddin AHROROV,
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Kadrlar bo'limi mudiri
Bugun – chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov Diniy idoraga turli masalalarda kelgan fuqarolarni qabul qildi. Ularning masjidlar faoliyati, sohani rivojlantirish, moddiy yordam kabi masalalarida qilgan murojaatlari tinglandi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va so‘rovlar atroflicha o‘rganilib, Diniy idora vakolati doirasida tegishlilari bo‘yicha mas’ullarga tez fursatlarda hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati