frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Hotira va qadrlash-insoniy iftixor

09.05.2024   1810   4 min.
Hotira va qadrlash-insoniy iftixor

9 may – Hotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami mustaqil O'zbekistonda asrlar davomida kahramona, vatanimizni himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag'ishlangan. O'tganlarning nomlarini yod etish, xotirasini hurmat bilan eslash, ularning ruhlarini shod qilish muqaddas odat sifatida qon-qonimizga singib ketgan.

O'tganlar ruhini yod etish, tiriklarga mehr-oqibat ko'rsatish qadriyat, qolaversa, har bir kishining insoniylik burchi sanaladi. Mana shu ezgu fazilatlar «Hotira va qadrlash» kuni munosabati bilan yanada yorqin namoyon bo'ladi.

Aziz va mukarram inson zotining yoshi xam, keksasi xam, ayoli xam, erkagi xam birdek kadr-kimmatga egadir. Mukaddas Islom dini inson kadrini shu darajada yukori kutarganki xatto, uning tirigi bilan uligining xurmati birdek kadrlanadi. Dunyodan utib ketgan marxum yakinlarimizni doimo yaxshi sifatlar bilan eslash xam insoniylik burchimizdir. Bu xakda muborak xadisi sharifda Paygambarimiz Muxammad (sav) “Dunyodan utganlarning yaxshi sifatlarini eslanglar ularning yomon sifatlarini aytishdan saklaninglar” deganlar. (Termiziy rivoyati)

Biz utganlarni maxsus bir kunda, ayni 9 mayda xotirlashimiz ramziy ma'noda bulib, aslida xar doim xar laxzada ularni eslab duolar kilamiz, ularning xayot yullarini urganib ulardan namunalar olamiz. Shuningdek, kelajak avlod bulmish farzandlarimizga xam utgan ajdodlarimizning xayoti biz uchun ulkan namuna ekanini uktirib kelamiz. Ularning yaxshiliklarini xamisha xar doim yodda tutamiz. Zero,tarixiy xotirasiz kelajak yuk, deb bejizga aytilmagan. Hotira va kadrlash degan gaplar bir kunlik an'anaga boglanib kolmasligi kerak. Vatan, millat, din yulida jon fido kilgan ajdodlarimiz xotirasi bizlar uchun kanchalik ardokli va mukaddas bulsa, keksalik yoshiga etgan uluglarimizning kadriga etish, xurmatlarini joyiga kuyish xam shunchalik muximdir.

Aynan o'tganlarni yodlash asnosida yana bir muhim ish – insonni tirikligida, ko'zi ochiqligida qadrlash, e'zozlashdir.

Do'stlar, yaxshilarni avaylab saqlang,

Salom degan so'zning salmog'in oqlang.

O'lganda yuz soat yig'lab turgandan,

Uni tirigida bir soat yo'qlang,

 

deb bejiz aytilmagan.

 

Bu kunlarda kilinadigan xayrli ishlardan biri yoshi ulug kishilarning x,olidan xabar olishimiz, ularning kalblariga xursandlik kiritishimizdir.  Bu hakda Paygambarimiz Muxammad (S.A.V) hadisi sharifda shunday deganlar: “Kichigimizga rahm kilmagan va kattalarimizning kadriga etmagan kimsa bizdan emasdir”. (Abu Dovud va Termiziy rivoyati)

Davlatimiz doimo urush katnashchilari keksa yoshdagi otaxonlarimiz, onaxonlarimiz va barcha nafakaxurlarga kata dikkat e'tibor bilan g'amxurlik kilib kelmokda. Yaratgandan barcha marxum ajdodlarimizni Uzining raxmatiga olib ularning xaklariga kilayotgan duolarimizni kabul kilib, oramizda xayot kolganlariga farovon xayot tinchlik va ofiyat berishini surab kolamz.  Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan, xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan milliy qaxramonlarimizni ruhlari shod oxiratlari obod bo'lsin.

 

Odiljon Narzullayev

Yangiyul tumani “Imom Sulton” jome masjidi Imom xatibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Pol Kapur: «Bu yerda tarixni nafaqat ko‘rasiz, balki uni his qilasiz»

12.08.2026   28116   3 min.
Pol Kapur: «Bu yerda tarixni nafaqat ko‘rasiz, balki uni his qilasiz»

AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Samir Pol Kapur O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi, xabar bermoqda iccu.uz.

Islom sivilizatsiyasining ko‘p asrlik tarixi, uning ilm-fan, madaniyat va ma’rifat taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyalarida yaxlit va ta’sirchan tarzda namoyon etilgan. Tashrif davomida Samir Pol Kapur islomgacha bo‘lgan davr sivilizatsiyalaridan tortib, Yangi O‘zbekiston davriga qadar bo‘lgan tarixiy jarayonlarni aks ettiruvchi galereyalar, buyuk allomalarning ilmiy-ma’rifiy merosi, noyob qo‘lyozmalar, muqaddas yodgorliklar hamda zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida yaratilgan interaktiv ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdi.

Mehmon ekspozitsiyalarning mazmunan izchilligi va tarixiy jarayonlarni bir-biri bilan uzviy bog‘liq holda namoyon etish usuliga alohida e’tibor qaratdi. Uning qayd etishicha, bu yerda muzey eksponatlari orqali o‘tmish haqida ma’lumot olish bilan cheklanib qolmay, tarixiy davrlar ruhini his qilish, ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglash imkoni ham mavjud.

Samir Pol Kapur o‘z taassurotlarini quyidagicha ifodaladi:

«Bu muhtasham maskan. Islom tarixi va madaniyatining asrlar davomidagi taraqqiyoti bilan yaqindan tanishish men uchun unutilmas tajriba bo‘ldi. Bu yerda tarixni shunchaki kitob sahifalari orqali emas, balki o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz, uni his qilasiz va go‘yo o‘sha davrlarning ichida bo‘lasiz. Shu bois ushbu noyob maskanni barpo etishga hissa qo‘shgan barcha insonlarga samimiy minnatdorchilik bildiraman.
Yoshlarga ham bu yerga kelishni albatta tavsiya qilaman. Chunki bu maskan nafaqat tarixni o‘rganish, balki o‘tmish bilan kelajak o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni anglash imkonini beradi. Men uchun eng esda qolarli lahzalardan biri Qur’oni karimga bag‘ishlangan golografik namoyish bo‘ldi. U menda katta taassurot va hayajon uyg‘otdi.
Menimcha, bu dargoh islom sivilizatsiyasining jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasini butun dunyoga namoyon etishga xizmat qiladi. Shuning uchun har bir inson bu yerga tashrif buyurib, ana shu boy va bebaho meros bilan shaxsan tanishishi lozim».

Pol Kapurning fikricha, Markazning ahamiyati uning tarixiy merosni namoyon etish bilangina cheklanmaydi. Ushbu maskan yosh avlod uchun o‘tmish saboqlarini anglash, ilm-fan va ma’rifatning sivilizatsiya taraqqiyotidagi o‘rnini his etish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirish uchun ham muhim ma’naviy-ma’rifiy maydon vazifasini o‘taydi.

Tashrif yakunida AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Samir Pol Kapur Islom sivilizatsiyasi markazidan olgan taassurotlari yuksak ekanini qayd etib, ushbu maskan boy tarixiy merosni zamonaviy muzey texnologiyalari va ta’sirchan taqdimot usullari orqali jahon jamoatchiligiga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari