Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

“TV Okey” O'zbekistonning tarixiy merosini namoyish etadi

14.05.2024   742   1 min.
“TV Okey” O'zbekistonning tarixiy merosini namoyish etadi

  Malayziya davlat teleradiokompaniyasining “TV Okey”  telekanali ushbu mamlakatda, shuningdek, Singapur, Tailand, Shimoliy Indoneziya va Filippinda efirga uzatiladigan ommaviy madaniyat va ko'ngilochar segmentida mashhurdir.

   Turizm qo'mitasi O'zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda telekanal buyurtmasiga ko'ra “Sulalatus Salatin Sdn Bhd” media kompaniyasi ijodiy jamoasining O'zbekistonga bir haftalik tashrifini tashkil qildi.

    Tashrifdan ko'zlangan maqsad – O'zbekistonning turizm salohiyati, madaniy va tarixiy merosiga bag'ishlangan teledasturlar doirasida olti qismdan iborat Malayziyada qiziqarli media-kontentni tayyorlash va namoyish etishdan iborat.

Teleko'rsatuvlar ikki qismdan iborat bo'ladi. Birinchisi Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlari va Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanining madaniy merosi, turizm infratuzilmasi va tabiiy resurslariga bag'ishlanadi. Ikkinchisi, mamlakatning gastronomik va agroturizm salohiyatidir. Tasvirga olish ishlari Toshkent shahridagi Chorsu, Samarqanddagi Siyob va boshqa joylarda milliy taomlar restoranlari hamda bozorlarida tashkil etildi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Bu mo‘jizani kim inkor qila oladi?

10.01.2025   1921   1 min.
Bu mo‘jizani kim inkor qila oladi?

 Bilasizmi? Silikat moddasiga boy bo‘lgan tuproqqa dafn qilingan insonning skeleti vaqt o‘tishi bilan tosh va xarsangga aylanadi.
 Agar u piri‌t (temir sulfidi) moddasiga boy mintaqaga dafn qilinsa, unday jasad temir haykalga aylanib qolishi mumkin!

Bu ilmiy haqiqat yaqinda aniqlangan bo‘lsa-da, Qur’onda bu haqida 1445 yil oldin hayratlanarli tarzda juda aniqlik bilan bayon etilgan. Qur’onda bunday deyilgan:

وَقَالُوا أَإِذَا كُنَّا عِظَامًا وَرُفَاتًا أَإِنَّا لَمَبْعُوثُونَ خَلْقًا جَدِيدًا

"Ular: “Biz suyaklarga  va chang- tuproqlarga aylanib ketganimizdan keyin ham, yangitdan tiriltirilamizmi?” dedilar. “Sen ularga, toshga yoki temirga aylaninglar”, deb ayt"
(Isro surasi, 50-oyat).

Bu oyat yaqin yillarda kashf etilgan — suyaklari toshga aylangan yoki temir haykalga aylangan qazilmalarga ochiq va ravshan ishora qilmoqda. Go‘yoki Qur’onda xabar berilgan ushbu dalillar olimlar kashf qilishlarini uzoq asrlardan beri kutib yotgandek.

Shunday ekan, aqlli inson bunday ochiq-oydin va ravshan mo‘jizani qanday inkor qila oladi? Qur’onning bu mo‘jizasi kunduzdagi quyoshdek ravshan emasmi?

Homidjon domla ISHMATBЕKOV