Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Avgust, 2025   |   24 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:08
Quyosh
05:35
Peshin
12:32
Asr
17:17
Shom
19:22
Xufton
20:42
Bismillah
18 Avgust, 2025, 24 Safar, 1447

“Barkamol avlod – 2024” musobaqasi respublika bosqichi boshlandi

15.05.2024   533   2 min.
“Barkamol avlod – 2024” musobaqasi respublika bosqichi boshlandi

Shu yil 15 may kuni Buxoro shahridagi “Mir Arab” o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o'rta maxsus diniy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida “Barkamol avlod – 2024” sport musobaqasining respublika bosqichiga start berildi.

Mazkur sport musobaqasiga respublikamizda faoliyat yuritayotgan O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi 3 ta oliy va 10 ta o'rta maxsus diniy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida o'tkazilmoqda. Unda talaba yigitlar sportning kurash, tosh ko'tarish, stol tennis va shaxmat bo'yicha, talaba-ayol-qizlar esa stol tennis va shaxmat sport turlari bo'yicha ta'lim muassasalari sharafini himoya qiladilar.

Mazkur musobaqani bergilangan tartib-qoidalar asosida adolatli baholab borish uchun O'zbekiston sport federatsiyasi Buxoro viloyat vakillaridan iborat hakamlar hay'ati taklif qilingan.

Musobaqa yakunlariga ko'ra g'oliblikni qo'lga kiritgan ishtirokchilarga O'zbekiston musulmonlari idorasi, “Vaqf” xayriya jamoat fondi, “Mir Arab” o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi va homiylarning qimmatbaho esdalik sovg'alar topshiriladi.

 

 

 

 

 

Abdunosir Bobamirzayev,
O'zbekiston musulmonlari idorasi,
Ta'lim va ilmiy-tadqiqot bo'limi metodisti

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Hamdardlik bildiramiz

16.08.2025   9379   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Toshkent shahridagi "To‘ra Buva" jome masjidi imom-xatibi Umidjon domla Sodiqovning otalari Anvar hoji otaning vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo‘lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o‘stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.

Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Umidjon domla Sodiqovga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».

O‘zbekiston musulmonlari idorasi