Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Avgust, 2025   |   11 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:50
Quyosh
05:22
Peshin
12:34
Asr
17:29
Shom
19:39
Xufton
21:04
Bismillah
05 Avgust, 2025, 11 Safar, 1447

“Boburnoma” asari Misrda arab tilida qayta nashr etildi

15.05.2024   4215   1 min.
“Boburnoma” asari Misrda arab tilida qayta nashr etildi

O'zbekistonning Misrdagi elchixonasi tashabbusi bilan Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur “Boburnoma” asari arab tilida qayta nashr etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Bu asar ilk bor arab tiliga 2013 yilda Qohiradagi “A'yn ash- Shams” universiteti professori Magda Maxluf tomonidan tarjima qilingan.


Kitob qattiq muqovada, yuqori sifatli qog'ozda, 1000 nusxada Yaqin Sharq mintaqasidagi eng yirik nashriyot “Dor al-Maarif”da chop etilgan. Arab tilidagi “Boburnoma” kitobi yirik universitetlar, kutubxonalar, Qohirada akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus, Misr va boshqa arab davlatlarining professor-o'qituvchilari, tarixchi olimlari o'rtasida tarqatiladi.

Shuningdek, kitob Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi, O'zbekiston Milliy kutubxonasi, mamlakatimiz Halqaro islom akademiyasi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga hadya tariqasida tarqatiladi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati.

Boshqa maqolalar

“Alloh taolo osmonda” deb e’tiqod qilish joizmi?

30.07.2025   7619   1 min.
“Alloh taolo osmonda” deb e’tiqod qilish joizmi?

Savol: Alloh taolo osmonda, Arshning ustida deb e’tiqod qilish joizmi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Yo‘q, Alloh taolo osmonda yoki Arshning ustida, deyish yoki biror joyda o‘rnashgan, deb e’tiqod qilish mutlaqo joiz emas. Zero, osmonni ham, Arshni ham, makonni ham, zamonni ham U zotning O‘zi yaratgan. Payg‘ambarimiz alayhissalom bunday deganlar:

“Azalda birgina Alloh taolo bor edi, undan boshqa hech narsa yo‘q edi” (Imom Buxoriy rivoyati).

Alloh taolo zamon va makonlarni, shuningdek Arshni yaratmasidan oldin ham bor edi. Ularni yaratganidan so‘ng azalda qanday mavjud bo‘lsa, hozir ham xuddi shunday mavjuddir va to abad shunday qolajak.

Zero, u o‘z zotida o‘zgarishni qabul qilmaydi. Chunki o‘zgargan narsa ilohlikka loyiq bo‘lmaydi.

Shuning uchun ham biz ahli sunna aytamizki:
“Alloh taolo hech bir makon va zamonlarsiz mavjuddir. Makonga joylashish Alloh taolo yaratgan narsalarning sifati hisoblanadi. Ya’ni, har bir yaralmish borki, katta yoki kichik o‘rin egallaydi. Alloh taolo esa bundan pok va oliydir.

Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.