Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Avgust, 2025   |   10 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:49
Quyosh
05:21
Peshin
12:34
Asr
17:30
Shom
19:41
Xufton
21:05
Bismillah
04 Avgust, 2025, 10 Safar, 1447

“Boburnoma” asari Misrda arab tilida qayta nashr etildi

15.05.2024   4172   1 min.
“Boburnoma” asari Misrda arab tilida qayta nashr etildi

O'zbekistonning Misrdagi elchixonasi tashabbusi bilan Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur “Boburnoma” asari arab tilida qayta nashr etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Bu asar ilk bor arab tiliga 2013 yilda Qohiradagi “A'yn ash- Shams” universiteti professori Magda Maxluf tomonidan tarjima qilingan.


Kitob qattiq muqovada, yuqori sifatli qog'ozda, 1000 nusxada Yaqin Sharq mintaqasidagi eng yirik nashriyot “Dor al-Maarif”da chop etilgan. Arab tilidagi “Boburnoma” kitobi yirik universitetlar, kutubxonalar, Qohirada akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus, Misr va boshqa arab davlatlarining professor-o'qituvchilari, tarixchi olimlari o'rtasida tarqatiladi.

Shuningdek, kitob Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi, O'zbekiston Milliy kutubxonasi, mamlakatimiz Halqaro islom akademiyasi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga hadya tariqasida tarqatiladi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati.

Boshqa maqolalar

Sahobalarim haqida Allohdan qo‘rqinglar!

28.07.2025   5813   3 min.
Sahobalarim haqida Allohdan qo‘rqinglar!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

عَنْ بُرَيْدَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَا مِنْ أَحَدٍ مِنْ أَصْحَابِي يَمُوتُ بِأَرْضٍ إِلَّا بُعِثَ قَائِدًا وَنُورًا لَهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ. رَوَاهُمَا التِّرْمِذِيُّ.

Burayda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Mening sahobalarimdan kim bir yerda vafot qilsa, albatta, u qiyomat kuni o‘sha (yerlik)larga imom va nur bo‘lib tiriltirilur», dedilar».

Imom Termiziy rivoyat qilgan.

Bu hadisi sharifda sahobai kiromlar fazllarining qirrasi ochib berilmoqda. U zotlarning vafotlari ham hayotlari kabi fazlga ega ekan. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sahobai kiromlaridan qay birlari qaysi yurtda vafot topsalar, qiyomat kunida o‘sha yurt aholisiga, albatta, mo‘min-musulmon va taqvodor kishilarga imom, ya’ni yo‘lboshchi va nur bo‘lib qayta tirilar ekanlar. Zotan, sahobai kiromlar kofir va betavfiqlarga imom bo‘lmasliklari turgan gap.

Modomiki sahobai kiromlar mazkur fazllarga ega ekanlar, biz ularni ehtirom qilmog‘imiz, ularning hayotlarini yaxshilab o‘rganmog‘imiz va ulardan o‘rnak olib yashamog‘imiz lozim bo‘ladi.

عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ مُغَفَّلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: اللهَ اللهَ فِي أَصْحَابِي، اللهَ اللهَ فِي أَصْحَابِي، لَا تَتَّخِذُوهُمْ غَرَضًا بَعْدِي، فَمَنْ أَحَبَّهُمْ فَبِحُبِّي أَحَبَّهُمْ، وَمَنْ أَبْغَضَهُمْ فَبِبُغْضِي أَبْغَضَهُمْ، وَمَنْ آذَاهُمْ فَقَدْ آذَانِي، وَمَنْ آذَانِي فَقَدْ آذَى اللهَ، وَمَنْ آذَى اللهَ فَيُوشِكُ أَنْ يَأْخُذَهُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ.

Abdulloh ibn Mug‘offal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sahobalarim haqida Allohdan (qo‘rqinglar!) Allohdan (qo‘rqinglar!) Sahobalarim haqida Allohdan (qo‘rqinglar!) Allohdan (qo‘rqinglar!) Mendan keyin ularni mo‘ljal qilib olmanglar. Bas, kim ularni yaxshi ko‘rsa, meni yaxshi ko‘rganligidan yaxshi ko‘rgan bo‘lur. Kim ularni yomon ko‘rsa, meni yomon ko‘rganidan yomon ko‘rgan bo‘lur. Kim ularga ozor bersa, menga ozor bergan bo‘ladi. Kim menga ozor bersa, Allohga ozor bergan bo‘ladi. Kim Allohga ozor bersa, U Zot uni (katta halokat bilan) tutishiga oz qoladi», dedilar».

Termiziy rivoyat qilgan.

Ushbu rivoyatni sharh qilishga hech qanday hojat yo‘q. Unda sahobai kiromlarni so‘kish qanchalar og‘ir jinoyat ekanligi ochiq-oydin bayon qilinmoqda. Sahobai kiromlarni so‘kish Alloh taoloni so‘kish bilan tenglashtirilmoqda. Albatta, Alloh taoloni so‘kish dunyodagi eng katta jinoyat ekanligi hammaga ma’lum.

Kim Alloh taologa taqvo qiladigan bo‘lsa, sahobai kiromlarni so‘kmasligi kerak ekan.

Kim Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning muhabbatlariga sazovor bo‘lishni istasa, sahobai kiromlarni so‘kmasligi kerak ekan.

Kim Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning yomon ko‘rishlaridan saqlanishni istasa, sahobai kiromlarni so‘kmasligi kerak ekan.

Kim Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni so‘kkan odam bo‘lib qolishni istamasa, sahobai kiromlarni so‘kmasligi kerak ekan.

Kim Alloh taoloni so‘kkan odam bo‘lib qolishni istamasa, sahobai kiromlarni so‘kmasligi kerak ekan.

«Hadis va hayot» kitobining 21-juzidan olindi