O'zbekistonning Misrdagi elchixonasi tashabbusi bilan Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur “Boburnoma” asari arab tilida qayta nashr etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Bu asar ilk bor arab tiliga 2013 yilda Qohiradagi “A'yn ash- Shams” universiteti professori Magda Maxluf tomonidan tarjima qilingan.
Kitob qattiq muqovada, yuqori sifatli qog'ozda, 1000 nusxada Yaqin Sharq mintaqasidagi eng yirik nashriyot “Dor al-Maarif”da chop etilgan. Arab tilidagi “Boburnoma” kitobi yirik universitetlar, kutubxonalar, Qohirada akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus, Misr va boshqa arab davlatlarining professor-o'qituvchilari, tarixchi olimlari o'rtasida tarqatiladi.
Shuningdek, kitob Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi, O'zbekiston Milliy kutubxonasi, mamlakatimiz Halqaro islom akademiyasi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga hadya tariqasida tarqatiladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati.
Alloh taolo aytadi: “Bas, ularga osmon ham, yer ham yig‘lamadi va ular muhlat berilganlardan ham bo‘lmadilar” (Duxon surasi, 29-oyat).
Sen Allohga itoat qilgan, ibodat qilgan joy vafot qilganingda seni yo‘qotganiga qayg‘urib yig‘laydi va sen haqingda qiyomat kuni guvohlik beradi. Shunday ekan, borgan yerlaringda zikr(ibodat, namozlar)ni ko‘paytir.
Sharh: Ibn Abbos roziyallohu anhu: “Har bir mo‘min bandaning osmonda uning savobli amallari ko‘tariladigan eshigi bo‘ladi. U o‘lganda, shu eshik yopiladi va osmon uning amallaridan mahrum bo‘lganidan yig‘laydi. Yerda esa uning namoz o‘qigan, zikr qilgan joylari bor, ular ham uni yo‘qotgani uchun yig‘laydilar. Kofir odamning esa na osmonda va na yerda bunday sharafli joyi bo‘ladi”, dedi.
Qatoda roziyallohu anhu: “Mo‘min o‘tganda uning namoz o‘qigan joylari va osmonda amallari ko‘tarilgan makonlar yig‘laydi. Kofirda esa bunday fazilat yo‘q”, dedi.