frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Faollik va rag'bat

10.10.2023   987   1 min.
Faollik va rag'bat

 

Obuna–2024  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida O'zbekiston musulmonlari idorasi "Shamsuddinxon Boboxonov" nashriyot-matbaa ijodiy uyining "Hidoyat" va "Mo'minalar" jurnallari hamda "Islom nuri" gazetasiga 2023 yil uchun obuna targ'ibotida faol qatnashgan imom-xatiblarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda "Shamsuddinxon Boboxonov" nashriyot-matbaa ijodiy uyi muharrirlari Abdulatif Abdullayev, Azizbek Holnazarov ishtirok etdi.

Tadbirlarda mazkur nashrlarga 2024 yil uchun obunani uyushqoqlik bilan tashkil etish, har bir xonadonga ziyo kirib borishiga hissa qo'shishning foydalari, savoblari haqida so'z bordi.

Faol imom-xatiblar "Shamsuddinxon Boboxonov" nashriyot-matbaa ijodiy uyining esdalik sovg'alari va tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Yig'ilishlar xayrli duolar bilan yakunlandi. 

 

O'z muxbirimiz

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qashqadaryoda diniy nashrlar targ‘ibotchilari taqdirlandi

18.09.2026   7294   1 min.
Qashqadaryoda diniy nashrlar targ‘ibotchilari taqdirlandi

Yurtimizda aholi ma’naviyatini yuksaltirish, sof e’tiqod va milliy qadriyatlarimizni keng yoyish hamda xalqimizga to‘g‘ri va ishonchli diniy-ma’rifiy ilmlarni yetkazishda davriy matbuot nashrlarining o‘rni beqiyos.


Joriy yilning 17 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyatida O‘zbekiston musulmonlari idorasining «Hidoyat» va «Mo‘minalar» jurnallari hamda «Islom nuri» gazetasiga 2026 yilgi obuna mavsumida faol ishtirok etib, ushbu nashrlar targ‘ibotiga munosib hissa qo‘shgan soha mas’ullari va imom-xatiblarni taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda Qashqadaryo viloyati bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov, shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Shamsiddinxon Boboxonov» nashriyot-matbaa ijodiy uyi Davriy nashrlar bo‘limi boshlig‘i Ibrohim Inomov hamda nashrlar bosh muharriri Abdujalil Xo‘jamov ishtirok etdi.


Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, mazkur gazeta va jurnallar shunchaki matbuot vositasi emas, balki har bir xonadonga ilm-ma’rifat, sog‘lom e’tiqod va fazilat olib kiruvchi mo‘tabar ma’naviy manbalardir. Ular orqali xalqimiz mo‘tadil diniy ilmlarni o‘zlashtirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga rasmiy va asosli javoblar olish imkoniga ega bo‘ladi.


Muloqot davomida diniy nashrlarning jamiyatdagi ahamiyatini oshirish, aholini mutolaaga jalb etish va yangi bosqichdagi obuna ishlarini yanada samarali tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.


Tadbir yakunida nashrlarni aholi orasida keng targ‘ib etishda fidoyilik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan bir guruh imom-xatiblar va soha xodimlariga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Qashqadaryoda diniy nashrlar targ‘ibotchilari taqdirlandi Qashqadaryoda diniy nashrlar targ‘ibotchilari taqdirlandi
O'zbekiston yangiliklari