Ma'lumki, fitna odam o'ldirishdan ham ko'ra yomonroqdur. Arab tilida “fitna” so'zi lug'atda “sinov”, “imtihon” ma'nosida keladi. Arablarda ma'danni o'tga solib sinab ko'rish “fitna” deyiladi.
Istilohda kishilarni dindan qaytarish, dinga qarshi harakatga chorlash fitna sanaladi. Fitna qotillikdan ham og'ir gunohdir. Ma'naviy sohada insonning imon-e'tiqodi, shariatga amal qilishi, uning insoniy fazilatlari ro'yobga chiqishiga to'g'anoq yoki sinov bo'ladigan barcha narsalar ham fitna hisoblanadi.
Islomning ilk davrlaridayoq Alloh taolo O'z Payg'ambari Muhammad alayhissalomni dinda bo'ladigan turli fitnalardan ogohlantirgan edi. Birgina Baqara surasining to'rtta oyatida musulmonlarni mushriklar va munofiqlarning fitnalaridan ogohlantirish haqida so'z boradi: “Ogoh bo'lingki, aynan ularning o'zlari buzg'unchilardir, lekin (buni o'zlari) sezmaydilar”.
Alloh taolo Qur'oni karimda “An'om” surasining 151-153-oyatlarida shariat ahkomlaridan o'ntasini bayon qiladiki, “Qur'onning tarjimoni” deb nom olgan ulug' mufassir, sahobiy, yuksak ilm sohibi Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinishicha bu oyatlardagi hukmlar hech bir kitoblarda mansuh bo'lmagan, ya'ni na Tavrotda, na Injilda na Zaburda va na boshqa ilohiy sahifalarda bu hukmlar o'zgarmagan. Islom shariatida ham shu ahkomlar joriy qilingan:
Alloh taboraka va taolo “Oli Imron” surasida bunday marhamat qiladi: “Allohning arqonini jam bo'lgan holda tutinglar va bo'linib ketmanglar!”.
“Arqon”ni Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam “Quron” deb tafsir qilganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bu ummatning etmish uch firqagacha bo'linib ketishini bashorat qilganlar. Shu etmish uch firqadan faqat bittasigina najot topib, qolganlari halokatga ketishini unutmaylik.
Ulug'bek qori YO'LDOShYeV,
Asaka tumanidagi “Muhammadsolih” jome masjidi xodimi.
#Sayyor_yig‘ilish
“Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari”
Shu yil 5 avgust kuni Sirdaryo viloyatida imom-xatiblar faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida navbatdagi amaliy tadbir "Guliston" jome masjidida bo‘lib o‘tdi.
Ishchi guruh a’zolari tomonidan hududdagi jami 139 ta xonadon holati o‘rganildi.
Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati