Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Iyul, 2025   |   15 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:17
Quyosh
04:59
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:36
Bismillah
10 Iyul, 2025, 15 Muharram, 1447

Oliy ma'hadda siyrat musobaqasi o'tkazildi

10.10.2023   666   3 min.
Oliy ma'hadda siyrat musobaqasi o'tkazildi

Hijriy 1445 yil Rabiul avval oyi munosabati bilan Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida e'lon qilingan “Oktyabr' – Siyrat va islom tarixi fani oyligi” doirasida 2-kurs talabalari o'rtasida “Siz Payg'ambar alayhissalomni taniysizmi” nomli siyrat musobaqasi bo'lib o'tdi.

Tadbirda  O'zbekiston musulmonlari idorasi Qur'oni karim va tajvidni o'rgatish bo'limi mudiri Shayx Alijon qori, institut rektori Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov, professor-o'qituvchilar va talabalar qatnashdi.

Qur'on tilovati bilan boshlangan musobaqa quyidagi shartlar asosida o'tkazildi:

  1. Siyratga bag'ishlangan maqola yoki she'r yozish va uni ifodali o'qib berish yo videorolik tayyorlash;
  2. Siyratga oid qisqa savol-javoblar: “Siz Payg'ambarni taniysizmi?” kitobining 2-juzi asosida;
  3. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shamoillarini bayon qilish Qozi Iyozning “Ash-shifo” kitobi asosida;
  4. Mavzuga oid sahna ko'rinishi.

2-kurs talabalari o'rtasida o'tgan “Siz Payg'ambar alayhissalomni taniysizmi” nomli Siyrat musobaqasida quyidagi natijalar qayd etildi:

1-o'rin: 202-guruh talabalari;

2-o'rin: 201-guruh talabalari;

3-o'rin: 204-guruh talabalari.

Avval xabar berganimizdek, Robiul oyi munosabati bilan Hadis va islom tarixi fanlari kafedrasi tomonidan talabalar o'rtasida “Rasululloh ummatimiz! siyrat tanlovi o'tkazilgan edi.

“Siz Payg'ambar alayhissalomni taniysizmi” nomli siyrat musobaqasida mazkur tanlov g'oliblari ham taqdirlandi. 19 nafar talaba qatnashgan tanlovda quyidagi natijalar qayd etilgan edi: 

1-o'rin: Rixsiboyev Abdulazim, 2-kurs talabasi;

2-o'rin: Qodirov Abdulaziz, 4-kurs talabasi;

3-o'rin: Ikromjonov Abubakr, 4-kurs talabasi.

Shuningdek, tomoshabin ishtirokchilar o'rtasida o'tkazilgan qisqa savollarga tez va to'g'ri javob bergan talabalarga ham esdalik sovg'alari topshirildi.

Toshkent islom istituti

Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Bu kampirga nega iliq munosabat ko‘rsatdingiz?

09.07.2025   3232   1 min.
Bu kampirga nega iliq munosabat ko‘rsatdingiz?

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

U kishi aytadilar: Bir kampir Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi. U zot mening huzurimda edilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: — «Siz kimsiz?» — dedilar. U: — «Men Jusama al-Muzaniyyaman», — dedi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: — «Yo‘q, siz — Hasona al-Muzaniyyasiz! O‘zingiz qandaysiz? Ahvollaringiz qanday? Biz ketgandan keyin qanday yashayapsizlar?» — dedilar. U: — «Yaxshimiz, otam va onam sizga fido bo‘lsin, ey Rasululloh sollallohu alayhi vasallam​», — dedi.

Kampir chiqib ketgach, men dedim: — «Yo Rasululloh, shu kampirga bunchalik iliq munosabat ko‘rsatmasangiz?» Shunda u zot: — «U Xadicha zamonida uyimizga kelib turar edi. Eski tanishlar bilan chiroyli muomala qilish iymondandir», dedilar.

Homidjon qori ISHMATBЕKOV