Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Avgust, 2026   |   28 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:58
Quyosh
05:28
Peshin
12:30
Asr
17:24
Shom
19:32
Xufton
21:00
Bismillah
11 Avgust, 2026, 28 Safar, 1448

QAShShOQLIK va MUHTOJLIKNING eng katta 62 ta SABABI

20.05.2024   1876   173 min.
QAShShOQLIK va MUHTOJLIKNING eng katta 62 ta SABABI

 

 

 

QAShShOQLIK va MUHTOJLIKNING eng katta 62 ta SABABI

yoxud

1I 2 BO'LMASLIK SABABLARIni

ULUG' USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:

 

KALOMULLOHNINGOYaTIKARIMALARIDA

HUDOIMTAOLOMARHAMATQILADI:

 

Z     «Alloh xohlagan kishilarga behisob rizq berur»(Baqara surasi 2/212 oyat);

Z  «Qasamki, agar bergan ne'matlarimga shukr qilsangiz, albatta, ularni yanada ziyoda qilurman. Bordi-yu, noshukrchilik qilsangiz, albatta, azobim ham juda qattiqdir»(Ibrohim surasi 14/7 oyat);

Z     «Isrof qilmangiz! Albatta, Alloh isrof qiluvchilarni sevmaydi»(An'om surasi 6/141 oyat);

Z     «Ular ehson qilganlarida isrof ham, xasislik ham qilmaslar, tutgan yo'llari buning o'rtasida – mo''tadildir»(Furqon surasi 25/67 oyat); 

Z     «Yenglar, ichinglar, ammo isrof qilmanglar! Zero Alloh isrof qilguvchilarni sevmas!»(A'rof surasi 7/31 oyat).

Ba'zi ulamolar: “Alloh ushbu oyatda tabobat ilmining yarmini jamlagan” deyishgan.

 

 

JANOBIPAYG'AMBARIMIZRASULULLOHSALLALLOHUALAYHIVASALLAM

MYeHR-MURUVVATTARIQASIDAMARHAMATQILADILAR:

 

¯     Kim o'ziga tilanchilik eshigini ochsa, Alloh unga qashshoqlikning 70 ta eshigini ochib qo'yadi;

¯     Kim hayotda tejamli bo'lsa, qashshoqlik ko'rmaydi(Imom Termiziy rivoyatlari);

¯     Odamlardan bo'lgan yaxshilikka minnatdorchilik izhor qilaolmagan odam – Hudoga ham shukr qilaolmaydi;

¯     Rasululloh sallallohu alayhi vasallam taom tanovul qilsalar, uchta barmoqlarini yalardilar va: “Qachon, birortangizdan luqma tushsa, uni olsin va undagi nopok narsani ketkazib, uni esin. Uni shaytonga tashlamasin!” – dedilar. Shuningdek, laganni barmoqlar bilan sidirib yalashga amr qildilar. “Albatta, sizlar taomingizning qayerida baraka bo'lishini bilmaysiz”, – dedilar(Imom Muslim rivoyatlari);

¯     Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladi: “Nabiy sallallohu alayhi vasallam uyga kirdilar va to'satdan ko'zlari to'kilgan uvoqlarga tushdi. Ularni terib oldilar va tozalab edilar. So'ngra: “Alloh taolo bergan ne'matlarni qadrlagin! Zero u ne'matlar biron qavmdan olib qo'yilsa, boshqa qaytib berilmaydi!” – dedilar” (Imom Ibn Moja rivoyatlari);

¯     Imom Hakim Termiziy “Navodirul usul”da rivoyat qilgan hadisi sharifda: “Ey, Oisha, Allohning ne'matlariga yaxshi munosabatda bo'lgin! Agar u ne'matlar biron qavmdan olib qo'yilsa, kamdan-kam hollarda qaytib keladi”, deb keltirilgan;

¯     “Albatta banda qilgan gunohlari sababli rizqdan mahrum bo'ladi”;

¯     “Farzandlaringizni odobli qilib tarbiyalang, ularni o'z hollariga tashlab, hoyu-havaslarga berilib ketishlariga yo'l qo'ymang”;

¯     Taomdan oldin va keyin qo'llarni yuvish – faqirlikni daf qiladi va u – payg'ambarlarning sunnatlaridandir(Imom Tabaroniy rivoyatlari);

¯     Payg'ambarimiz sallallohu alayhi  vasallam sahobalardan Sa'ad raziyallohu anhu tahorat qilayotganlarida: Ey, Sa'ad, bu isrof nimasi?– dedilar. Sa'ad raziyallohu anhu: Tahoratda ham isrof qilish bormi?– deb so'radi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: Ha,  agarchi oqib turgan  daryoning bo'yida turgan bo'lsangiz ham! – dedilar (Imom Ahmad va Imom Ibn Moja rivoyatlari);

¯     “Taomning barakasi – taomlanishdan oldin va keyin qo'lni yuvishdadir” (Imom Termiziy rivoyatlari);

¯     “Yenglar, ichinglar, kiyinglar va sadaqa qilinglar. Isrof va mutakabbirlikka yo'l qo'ymanglar!” (Imom Abu Dovud va Imom Nasoiy rivoyatlari);

¯      Nafaqada o'rtacha bo'lgan kishi hech ham kambag'al bo'lmaydi(Imom Tabaroniy va Imom Doraqutniy rivoyatlari);

¯     Taom suzilgan laganning atrofidan englar, o'rtasidan emanglar! Zero o'rtasiga baraka yog'ilib turadi” (Imom Ibn Moja rivoyatlari);

¯     “Nafsning ko'zi to'ymaydi. Bir paqir oltini bor kishi “oh, yana shunday bir paqir oltinim bo'lsaydi”, deydi”;

¯      “Nafsingiz xohlagan har narsani eyaverishingiz ham isrofdir” (Imom Ibn Moja rivoyatlari);

¯     Iqtisod qilgan kimsa faqirlik ko'rmas, isrof qilish bilan ko'p mol ham qolmas(Imom Abu Shayx Asbahoniy rivoyatlari);

¯     “Nonni hurmat qilinglar, Alloh taolo uni osmon barakotidan nozil qildi, er barakotini uning uchun bo'ysundirib qo'ydi”(Imom Tabaroniy va Imom Bazzoz rivoyatlari);

¯     Har kimki taomdan oldin qo'lini yuvsa, kambag'allikdan emin bo'lg'ay;

¯     Anas ibn Molik raziyallohu anhudan qilingan rivoyatda aytilishicha, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bir so'dan besh muddgacha bo'lgan suv bilan g'usl qilar va bir mudd suv bilan tahorat olar edilar (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari). Ya'ni, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam taxminan 0,688 litr suv bilan tahorat qilardilar;

¯     “Qaysi biringiz tongda uyqudan uyg'onganda oilasi tinch, tani sog' va uyida bir kunlik egulik bo'lsa, bilsinki, unda dunyodagi barcha ne'matlar mujassam ekan”;

¯     “Alloh taolo bandaga kattami, kichikmi bir ne'mat bersa va banda uning shukronasi uchun “Hudoga shukr!” desa, shunda u o'sha ne'matlardan afzalroq narsaga erishgan bo'ladi”;

¯     “Nonni hurmat qilinglar! Chunki Alloh taolo uni osmon barakotidan nozil qildi, er barakotidan chiqardi”;

¯     Bir kuni Rasuli Akram sallallohu alayhi vasallamning huzurlaridan bir tilanchi o'tdi. Unga bir dona xurmo hadya qildilar. Tilanchining g'azabi kelib, qabul qilmadi... So'ngra boshqa bir tilanchi keldi... Unga ham bir dona xurmo hadya qildilar. U bir dona xurmoni Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan deb, muhabbatu shukrona bilan qabul qildi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bir joriyaga Ummu Salama raziyallohu anho huzuridagi qirq tangani shu tilanchiga berishlikni buyurdilar;

¯     “Isrofga yo'l qo'ymay va takabburlik qilmagan holda eng, iching, kiyining va sadaqa qiling!” (Imom Abu Dovud va Imom Ahmad rivoyatlari);

¯     Alloh taolo: “Ey, Odam farzandi! Hamisha ovqatlanishga o'tirganingizda qorni och bechoralarni ham esingizda tuting! Shunda siz Allohning bergan ne'matlariga shukr qilishingiz osonroq bo'ladi” (muborak hadisi qudsiy);

¯     “Odamlarning eng yaxshisi – odamlarga ko'proq foyda keltiradiganidir”;

¯     “Birortangizning luqmasi erga tushib ketsa, uni olib, yopishgan zararli narsalarni ketkazib, esin. Uni shayton uchun tark qilmasin. Barmoqlarini yalamaguncha, qo'lini sochiqqa artmasin. Chunki u baraka taomning qayerida ekanini bilmaydi”(Imom Muslim rivoyatlari);

¯     Nonni e'zozlanglar! Chunki Alloh taolo uni osmon barakotlaridan biri qilib tushirgandir;

¯     Kim yaxshiligini Alloh ziyoda qilishini istasa, taom tayyor bo'lganida va oxirida qo'lini yuvsin!(Imom Ibn Moja va Imom Bayhaqiy rivoyatlari).

 

 

 

ULUG'LAR  HIKMATLARI:

 

v    Rivoyat qilishlaricha, Muso payg'ambar davrlarida ikki kishi qaysi ishga qo'l urmasinlar, ishlari orqaga ketar ekan. Oxiri na eyishga ovqatlari, na kiyishga kiyimlari qolmadi...

Kunlarning birida Muso alayhissalom Alloh taolo bilan roz aytish uchun Tur tog'iga chiqib ketayotganlarida, haligi kishilar u kishidan: “Bizlar qachongacha shunday yurar ekanmiz, Alloh bizlarga ham biror narsa berarmikin, yo'qmikin, so'rab bering...” – deyishibdi.

Muso alayhissalom Alloh taolo bilan gaplashib, ularning aytgan gaplari eslaridan chiqibdi.

Shunda Alloh taolo:Ey, Muso, yo'ldagi ikki bandam sizga nima degan edi? – deb so'rabdi.

Muso alayhis salom:“O'sha bandalar sendan biror narsa so'rashyapti...”– dedilar.

Shu yurishlariga ham shukr qilishsin!” – dedi Alloh.

Bu gapdan ularning jahli chiqib: “Nimamizga shukr qilar ekanmiz? Yeyishga ovqatimiz, kiyishga kiyimimiz bo'lmasa?..” – deyishibdi.

Shundan so'ng bir-birlariga suyanib o'tirishganda, bir-biriga yopishib qolishibdi...

Borib aytsalar, Hudoi taolo:Shu yurishlariga ham shukr qilishsin!” – debdi.

Qaytayotib boyagi kishilarga bu gapni aytganlarida, ular jahl bilan “E... Shukr-e...”, deyishgan ekan, bir-birlaridan ajralishibdi...

v    Mazhabboshimiz Imom A'zam rahmatullohi alayh: “Yaxshilik va ehsonda isrof bo'lmaganidek, isrofda ham hech qanday yaxshilik yo'q!” – deganlar.

v    Ota-onasidan chiroyli tarbiya ko'rgan insonlar non qo'ldan erga tushib ketsa, darhol uni olib, uch marta o'pib, peshonalariga suradilar. Non ushog'i dasturxonga tushganda, ulug' ustozlar barmoqni ho'llab, ushoq ustiga bosib olib, og'izga solishni o'rgatishgan.

v    Ulug' mutafakkir, falakiyot olimi, odil ma'rifatparvar, sulton Mirzo Ulug'bek mulozimlari bilan ketayotganida, yo'l yoqasida yotgan bir burda nonni ko'rib qoladi-da, darrov otdan tushib, uni qo'yniga soladi. Mulozim­lardan biri: “Hazratim, nega bizga buyurmay, otdan tushdingiz?” deb so'raganida: “Nonni birinchi bo'lib men ko'rdim, shunday ekan, uni erdan olishni boshqa birovga buyurish nonga nisbatan hurmatsizligim bo'lar edi. Nonning ulug'ligi oldida mening podshohligim nima bo'libdi?!” deb javob qaytargan ekan.

v    “Navodirul usul” kitobida keltirilgan hadisi sharifda Janobi Payg'ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Nonni hurmat qilinglar! Chunki Alloh taolo uni osmon barakotidan nozil qildi, er barakotidan chiqardi”, – deb marhamat qilganlar. Hadisi sharifning sharhlarida: “Nonni bosmaslik, tashlamaslik uning ikromidan hisoblanadi. Agar uni uloqtirsa, nopok joylarga tashlasa, ne'matlarni inkor qilib, o'ziga jafo qilganlardan bo'ladi. Rizqning kengligi – din uchun katta quvvatdir. Agar ne'matga jafo qilsa, katta ne'matlar nafratga aylanadi. Ne'mat ketgandan so'ng qaytmaydi. Zero ular jafo bilan muhrlangandir”, deyilgan.

v    Asarlarda keltirilishicha, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning avlodlaridan bo'lgan Hasan ibn Ali tahorat olish maqsadida bir manzilga kirgan paytlarida nopok joyda yotgan non bo'lagiga ko'zlari tushdi. Darhol uni oldilar-da, tozalab yuvdilar. So'ngra yonidagi xizmatchilariga uzatib, “tahorat qilib bo'lganimdan so'ng berasiz”, – dedilar. Tahoratni tugatganlaridan keyin xizmatkorlaridan non bo'lagini so'radilar. U esa: “Men uni eb qo'ydim...” – dedi. “Unday bo'lsa, sizni ozod qildim”, – dedilar Hasan ibn Ali. Hizmatkor ajablanib, ozod qilinishi sababini so'radi. Javobiga Hasan ibn Ali: «Fotima onamiz rivoyat qiladilar: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: Kim nopok erda yotgan bir bo'lak nonni olib, tozalab esa, non hazm bo'lib ulgurmasdan oldin gunohlari kechiriladi”, degan edilar”, deb aytgandilar. Shunday ekan, men gunohlari kechirilgan, jannat ahli bo'lgan kishini xizmat qildira olmayman...» – dedilar (Imom Abu Ya'lo rivoyatlari).

v    “Kimki dasturxondan  to'kilgan non ushog'ini terib esa, hayoti farovon bo'ladi va farzand, nabiralari hech ham tanglik ko'rmaydi”.

v    Ulug' alloma, muhaddis va mufassirlar Imom Ibn Asokir va Imom Suyutiy rahmatullohi alayh rivoyat qilishlaricha, Hadiyya ibn Holid o'z boshidan kechirgan voqeani hikoya qiladi: «Bir kuni men Amirul mo''minin Ma'munning majlislaridan birida hozir bo'lgan edim. U joyda mehmonlarga dasturxon yozildi. Ziyofat tugaganidan so'ng dasturxon yig'ib olindi. Ayni shu paytdameningko'zimerdayotgan non ushoqlarigatushdivauniteraboshladim. ShundaMa'munmengaqarata: To'ymadingizmi?”debsavolqildi. Men: To'ydim, lekindasturxondanto'kilgan non burdasiniko'rib, Rasulullohsallallohualayhivasallamdan rivoyatqilinganhadisisharifko'nglimdano'tdi. Hammod ibn SalamaAnas raziyallohuanhudanrivoyatqilinganhadisisharifdaRasululloh sallallohualayhivasallam: “Kim dasturxonostidagitushgannonlarniesa, faqirlikdanomondabo'ladi, deganekanlar,dedim. Shundameninghadisi sharifga bo'lgane'tiborimyokiodob-axloqqaamalqilganimdanxursandbo'lib, Ma'munmengamingdinorsovg'aqildi».

v    Mo''min kishidan ortib qolgan taom – ikkinchi bir mo''min uchun aniq shifodir. Chunki undan ortib kolgan taomda xayr, baraka va dardlarga shifo va davo bordir.

v    Aytishlaricha, bir hukamo nonning bo'yidan rohat olib, uni qo'li bilan boshidan yuqoriga ko'tarar, atrofdagilar unga savol nazari bilan qarashganda: “Men dunyodagi eng lazzatli ne'mat bilan suhbat qurmoqdaman. Ne'matlarning sarasi, ozuqalarning to'yimligi, xonadonning barakoti bo'lgan nonning qadr-qimmati cheksizdir”, – der ekan.

v    “Tejamkorlik bilan oz narsa ko'payadi, isrof esa ko'pni ham ozaytiradi”.

v    “Ilm – har doim hokim, mol-dunyo – unga tobedir. Mol-dunyo bilimdonlik bilan sarflansa, insonga sharaf keltiradi”.

v    “Agar oilaning moddiy jamg'armasi yaxshi bo'lsa, uni kibru havoga berilmasdan, isrof qilmasdan sarflash ayolga ham bog'liq”.

v    “Erkak mehnati evaziga kelgan mablag'ni oilaga oqilona sarf qilish – uy bekalari zimmasidagi ishdir”.

v    O'tgan zamonda bir kishi ming mashaqqat bilan tog'dan terib kelgan o'tinini xotini qo'ni-qo'shnilarga tarqatib yuborarkan. Biri ikki bo'lmagan erning toqati toq bo'libdi. Bir safar o'tin terishga xotinini ham olib boribdi, bir amallab ikki bog'lam o'tin to'plashibdi. Ko'tarib, qishloqqa kelishibdi. Ayol mashaqqatdan qora terga botibdi. Rosa charchabdi. O'tin terib kelish qanchalar mashaqqat ekanini shundagina anglabdi. Ertasi kuni qo'shnilar yana o'tin so'rab kelishganda, ayol: “Ey, qo'shnilar, o'zim olib kelgan o'tindan bitta ham bermayman. Erim terganiga esa qo'l ham tekkizmayman! Agar o'tin kerak bo'lsa, o'zlaring terib kelinglar!” – debdi.

v    “Halq maqolida «Beli og'rimaganning non eyishini ko'r», deb bejiz aytilmagan. Kishi mehnat bilan topgan mol-dunyosi barakali bo'lishini istaydi, shuning uchun uni hisob-kitob bilan o'rni-o'rniga ishlatishga harakat qiladi. Shu ma'noda yaxshi uy bekasi sabzavot-mevalarning aynib, chirishiga yo'l qo'ymaydi, oziq-ovqatlar iste'molga yaroqsiz bo'lib qolishining oldini oladi, taomlarni mazali tayyorlaydi, qotgan nonlarni tashlab yubormasdan, iste'mol qilish yo'llarini topadi”.

v    Oqila, zukko, dono, uzoqni ko'zlagan onalar  o'z qizlariga: «Qanoatli bo'l! Chunki qanoat qalbga huzur-halovat bag'ishlaydi. Uyingdagi mol-mulk va jihozlarni ehtiyot qil!» – deydilar. Onai mehribon bu bilan qiziga ochko'zlik, manmanlik, kibru havo, hoy-havasga berilmaslikni, qanoatni o'rgatadi. Sabr insonning kerakli narsalardan etarli miqdoriga rozi bo'lishini, ochko'zlik qilmasligini anglatadi. Qanoat barchaga tegishli go'zal ahloq ekani hamma zamonda e'tirof etilgan.

v    Bu xususda Hasan Basriy rahmatullohi alayh: «Go'zal tadbir va go'zal idora – yarim foydadir. O'z o'rniga ishlatilgan ozgina pul – isrof qilib ishlatilgan ko'p pulga qaraganda foydalidir», – deganlar.

v    «Pulni tadbir bilan, isrof qilmay xarjlash – aqllilikning boshidir» (Aflotun).

v    «Hayotda kishining halokatga borayotgani qaysi narsalarda ko'rinadi?» – deb hukamo Jolinusdan so'rashibdi. U kishi: «Johil bo'lib, o'ziga nima foyda-yu, nima zarar ekanini ajratmay qolganida», – deb javob qilibdi.

v    Hikoya qilinishicha, yaxshi turmushni orzu qilgan yigit uylanibdi. Yigit uyiga og'zi bog'langan qog'oz xaltada narsalar olib kelibdi. Hotini qog'oz xaltani avaylab ochib, bo'shatibdi. Qog'ozni taxlab, tokchaga olib qo'yibdi. Ipini ham tashlab yubormabdi. Buni ko'rgan yigit so'rabdi:

Honim! Shu bir qarich ip bilan qog'oz xaltani asrab qo'yishning nima keragi bor?

Ro'zg'orda har xil holat bo'ladi, shu ip biror hojatimizga yarar, qog'oz ham kerak bo'lishi mumkin... Axir kerakli toshning og'iri yo'q-ku, – deb javob qilibdi xotini.

Erining dilidan: “Izlaganim xuddi shu!” degan o'y o'tibdi. Shunday qilib, er-xotin baxtli-taxtli hayot kechirishibdi...

 

 

ULAMOI KIROMLAR AYTADILARki...:

 

Þ     Qur'oni karimda “isrof” va unga bog'liq so'zlar 23 marta zikr qilinib, isrof illati oqibatlari haqida so'z yuritiladi. Demak, har bir mo'min-musulmon bu illatdan Qur'oni karimda bayon etilgani kabi qaytishi lozim.

Þ     Odatda inson muhtoj va xor bo'lmay, hech narsaga zoriqmay, oilaviy qiyinchilikka duch kelmay umr kechirishga intiladi.

Aql-idrokli kishi barcha ishda o'rtahollik, mo''tadillik va me'yorni ma'qullaydi.

Haddan oshish, isrof va riyo kabi illatlardan uzoq bo'lishga harakat qiladi.

Þ     Moliyaviy mablag'lar isrofidan tashqari har bir sohada ham isroflar bo'ladi.

Þ     Isrofso'zi asli arabcha bo'lib, lug'atdahisobsiz tarzda ishlatish”, me'yordan oshib ketish,haddidan oshish, “chegaradan chiqish” kabi ma'nolarni bildiradi.

Istilohda esa moddiy va ma'naviy ma'noda ishlatilsa-da, ko'proq moddiy sarf xarajatlarda o'z ifodasini topadi.

Har qanday ishda chegaradan chiqishisrofdir.

Inson qiladigan har bir amal va har bir so'zida haddan oshishisrofdir.

Þ   Isrofga yo'l qo'ygan odam Alloh belgilab bergan chegaradan chiqib, U Zotning ne'matlarini o'rniga sarflamagan yoki hojatdan tashqari ishlatgan bo'ladi. Tilimizda ushbu so'z “nest-nobud qilish”, “uvol qilish”, “ne'matni qadrlamaslik” kabi ma'nolarni anglatadi.

Þ   Har bir narsa zaruratdan tashqari yoki noto'g'ri maqsadga ishlatilsa, buning natijasi parokandalikka olib borishi – isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Shuning uchun ham Qur'oni karim oyatlarida alohida e'tibor qaratilib, Alloh taolo bergan ne'matlarni isrof qilmaslik lozimligi to'g'risida ko'p aytib o'tilgan.

Þ   Isrof – pul, mol va Alloh tomonidan bizga berilgan ne'matlarni nojo'ya sarflashdir.

Þ   Ulamolarningaytishlaricha, ISROF:

·        faqirlikkaetaklaydi,

·        jannatdanuzoqlashtirib,

·        do'zaxgayaqinlashtiradi,

·        Alloh taoloning g'azabiga sabab bo'ladi.

Þ   Oisha raziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Nonni e'zozlanglar!” deb marhamat qilganlar. Bu hadisi sharifga binoan, Imom Shofeiy ulamolari nonni qadrlab o'pish, izzat-ikromini ijro etishni joizamallardan sanashgan.

Þ   Yoshlari kattalar darrov o'tgan kunlarni eslashadi va isrofli to'y to'g'risida “to'qlikka sho'xlik” degan xalq maqolini beixtiyor tilga olishadi.

Þ   Ulamolar yangi kelgan har bir mehmon uchun non ne'matining “issiq non” bahonasida ushatilishini ham isrofdan deb baholaydilar.

Þ   To'ylarda xursandchilik sifatida pul sochish, ularning oyoq ostilarida qolishi – noo'rindir. Zero pul birligi davlat ramzi bo'lishi bilan birga, milliy qadriyat hamdir.

Þ   Islom dinida mol-dunyo (tilla, kumush, pul birliklari)ni oyoqosti qilishlik, chiqindi joylarga tashlashlik, pulga tuflashlik, aqli noqislarga berishlik kabi nojo'ya amallardan qaytarilgan.

Þ   Adab manbalarida nonni ehtirom qilgan kishi faqirlikdan uzoq bo'lishi hamda nonning ushoqlarini ham isrof qilmaslikning xosiyatlari to'g'risida rivoyat va hikoyatlar etarlicha bayon qilingan.

Þ   “Fayzul Qadir” kitobida hukamolar “Non o'piladi, bosilmaydi!” degan masalani ta'kidlab keltirganlar.

Þ   Ko'plab fiqhiy kitoblarimizda nonga oyoq bosish, uni asbob sifatida ishlatish, xamir va nondan har xil shakllarni yasash, non ustida o'tirish, uni nopok joylarga tashlash, xususan, chiqindi hisobida uloqtirish mumkin emasligi to'g'risida aniq va batafsil ta'kidlanadi.

Þ   Darhaqiqat, har bir zamon dahosi, donosi, olimi, fozili, hoziqu hakimi yoki faqiru fuqarosi, kim bo'lishidan qat'i nazar, nonni e'zoz etishga undaydi va bunga avvalo o'zi amal qilishga intiladi. Hech bir zamon ahli qiyinchilik, qimmatchilik, qahatchilik, qurg'oqchilik kabi inson uchun og'ir va zararli bo'lgan kun kelishini xohlamaydi. Balki kundalik hayotida doimo rizq-nasibasi keng, umri uzoq, hayoti farovon bo'lishini istab Yaratganga iltijo qiladi.

Þ   Isrof illati oilada paydo bo'ladi, buning oldini olish ham oiladan boshlanadi. Demak, oilaning rahbarlari – ota-onalar bu vazifada mas'ul sanaladi. Ular, avvalo, halol ishlab rizq topishda va uni o'z o'rniga, isrof qilmasdan ishlatishda bolalariga ibrat bo'lishlari zarur.

Þ   Qanoatning ikkinchi sharti – ne'matlarni rejali xarjlash. Hayotda tadbirli kimsalar birovlarga xushomad qilmaydi, yolg'on gapirmaydi, hirs va tama balosiga duchor bo'lmaydi.

Þ   Hukamolardan biri: «Pulingga achin, uni isrof qilma! Zero, ko'z – qorachiq bilan, inson – hayoti mablag' bilan quvvatli bo'ladi», – deb tejamli bo'lishga go'zal shaklda undagan ekan. Ammo tejamkor bo'laman deb, keragicha eb-ichishdan qisilib, mablag' to'plash yo'liga kirib ketish ham to'g'ri emas. Bunday qilish tejamkorlik emas, balki xasislik deyiladi. Hasislik esa – yomon xulqdir.

Þ   Oilaning ma'naviy muhitida o'zaro ittifoqlik, mehr-oqibat, bir-biriga ishonch katta baxt hisoblanadi. Bu muhit barqaror bo'lishida oilaviy mol-mulk, jihozlarga to'g'ri munosabatning ahamiyati katta.

Ayrim oilalarda ota topib kelgan mol-mulk va jihozlar isrof qilinadi. Bu achinarli holjamlangan mablag'ni otadan so'ramay sarf qilishda, ro'zg'or uchun xarid qilib kelingan oziq-ovqatni yoki uning xom ashyosini o'zboshimchalik bilan kimlargadir berib yuborishda, tayyorlangan taomlarning eyilmasdan qolib ketishida, kelin va qizlarning oziq-ovqat mahsulotlarini to'g'ri saqlamasligida, obi-taomlarni uvol qilishda, uydagi bor noz-ne'matlarni isrof qilishda ko'rinadi.

Yana achinarlisi – isrofchi oilaning farzandlari mo''tadil oilalarga kelin bo'lib borganda, oddiy holga ko'nika olmaydilar. Epli-uquvli, yaxshi uy bekasi bo'lish o'rniga, mol-dunyoni o'rinsiz sovuradilar, isrof qiladilar. Oqibatda bir-birini tushunmaslik, bir-biridan ko'ngil qolishlik, turli noroziliklar kelib chiqadi.

Har tomonlama barkamol ayol bekalik qilgan uyni esa jannatga o'xshatish mumkin. U oilaning erkagi ham bu dunyo saodatiga erishadi. Bu esa – har bir erkakning eng katta orzusi, hayotining baxt-saodatidir!

Agar beka isrof qiladigan, ehtiyojdan ortiqcha sarflaydigan, erini ham ming xil xarajatlarga undaydigan ayol bo'lsa, bunday oilaning to'rt-besh tanga orttirishi qiyin bo'ladi.

Þ   Ma'naviy ozuqa inson aqli va ruhiyatini yuksaltirishda qanchalik muhim bo'lsa, moddiy ehtiyojlarning me'yor va chegarasidan oshmaslik ham shunchalik ahamiyatlidir.

 

 

 

DONO HALQIMIZ MAQOLLARI:

 

è «Nimani xor qilsang, shungazorbo'lasan

 

è «Tejambilanishlatsang – uy-ro'zg'oring but. 

Isrofbilanishlatsangyomonkunni kut!» 

 

è «Boylikushoqdanyig'ilar».

 

è «Yaxshigaqilsangyaxshilik,

Hamaytadi, hamqaytadi.

Yomongaqilsangyaxshilik,

Na aytadi, na qaytadi».

 

è «Bugun edim – etdim.

Erta edim – o'tdim.

Hammahayitgachiqqanda,

Humgakiribyotdim».

 

è «Don ayagan donga etar,

Non ayagannonga».

 

è «Non ham – non, ushog'i ham – non».

 

è «Non bolasi – nonushoq».

 

è «Yaxshio'g'ilotamolinibiylar,

Yomono'g'ilotamolinisochar».

 

è «Beli og'rimaganning non eyishini ko'r».

 

è «Donniyiqqandonodir».

 

è «Yeyishingkepak,

Kiyishingipak».

 

è «To'qlikdaochliknio'yla,

Boyigandamuhtojlikni

 

è «Yig'sangetasan,

Sovursangketasan».

 

è «Kam-kamesang – doim ersan.

Ko'p-ko'pesangneniersan

 

è «Olaversangengilbo'lar,

Solaversangog'ir».

 

è «Tejamkorlik – yarim rizq».

 

INSONNING KAMBAG'AL BO'LIShIGA SABAB BO'LUVChI OMILLAR:

1)       Qur'onikarimnibetahoratushlashlik.

2)       Ota-onaninghaqlariga duo qilmaslik.

3)       Ota-onani behurmat qilishlik.

4)       Ota-onaning xizmatlarini qilmaslik.

5)       Ota-onaning duolarini olmaslik.

6)       Ota-onaga oq bo'lishlik.

7)       Ota-onaning nomini aytib chaqirish.

8)       Ota-onani bepisand qilishlik.

9)       Ulug'lar (ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar) ni hurmatlarini joyiga qo'ymaslik.

10)      Ulug'lar (ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar) ga nisbatan beodoblik qilishlik.

11)      Ulug'lar (ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar)  oldidan kesib o'tishlik.

12)      Ulug'lar (ota-ona, ustoz, rahbar, o'zidan yoshi katta, ulug' inson, tabarruk odamlar)  ning oldiga tushib yurishlik.

13)      Aka-uka, opa-singillar bilan bemehr bo'lishlik.

14)      Qavm-qarindoshlar bilan yaxshi munosabatda bo'lmaslik.

15)      Qo'ni-qo'shnilar bilan chiroyli muomala qilmaslik.

16)      O'tganlarning haqlariga duo qilmaslik.

17)      Ustozning duolarini olmaslik.

18)      Olim-ulamolarni xo'rlashlik.

19)      Tong vaqtidauxlashlik.

20)      Bebismillohtaomeyishlik.

21)      Mehmongahaqorat ila qarashlik.

22)      Non ushoqlarini oyoq ostiga tashlashlik.

23)      Turar joy (yashaydigan uy, ishxona) larni ozoda tutmaslik.

24)      Kiyim kechak (libos, bosh kiyim, oyoq kiyim) larni pokiza tutmaslik.

25)      Faqirnikamsitishlik.

26)      O'zgalarni mensimaslik.

27)      Uyni supurmay qo'yishlik.

28)      Bemor, nochor, qiynalgan insonlarning ustidan kulishlik.

29)      Dinimiz shiorlari (Qur'oni karim, hadisi-shariflar, Qibla, masjid, ulamolar, joynamoz, tasbeh, Ramazon oyi, fazilatlari bisyor ulug' ayom kunlari, azon, namoz, tahorat, Haj, Umra va boshqalar)ga nisbatan haqoratomuz munosabat qilishlik.

30)      Idish tovoqnitozatutmaslik.

31)      Qo'lni yuvmasdan taom eyishlik.

32)      Tik turibtaomeyishlik.

33)      Hudo bergan ne'matlarni uvol-isrof qilishlik.

34)      Har qanday qabriston va qabristondagilarga nisbatan behurmatsizlik qilishlik.

35)      Namozniqazoqilishlik.

36)      Ostonadao'tirishlikniodatqilishlik.

37)      Bomdodnamozidankeyin kun chiqmasdanuxlashlik.

38)      Yalangboshhojatxonagakirishlik.

39)      Hojatxonadagaplashishlik.

40)      Noshukrlik.

41)      Masjiddadunyoviygaplarnigaplashishlik.

42)      Shomdankeyinuxlashlik.

43)      Hovuzyokig'uslxonagapeshobqilishlik.

44)      Besabrlik.

45)      Idish-tovoqni yuvmay qoldirish.

46)      Boshqalarni ayblashlik.

47)      To'mtoqqalambilanyozishlik.

48)      Siniqtaroqbilansochtarashlik.

49)      Hayosizlikdan uzoq bo'lmaslik.

50)      Yuzni etak bilan artish.

51)      Nomahramayollargashahvatnazari ila qarashlik.

52)      Ahliayolibilanjanjallashishlik.

53)      Yolg'ongapirishlik.

54)      Hayvon, parranda, hasharot va nabotot olamiga zulm qilishlik.

55)      Dangasalik.

56)      Gunoh amallar.

57)      Zinoga aralashishlik.

58)      Hayosiz so'zlarni iste'mol qilishlik.

59)      Tish bilan tirnoq olishlik.

60)      Loqaydlik.

61)      Tilanchilik.

62)      Ribo (sudxo'rlik).

INSONNING IShI YuRIShMASLIGI HAMDA BARAKASI BO'LMASLIGIDA HAM ENG KATTA SABABLARI HAM AYNAN ShULAR.

Ibrohimjon domla Inomov

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

“TAKFIR” – MUSULMON JAMIYATINI ICHIDAN YEMIRUVCHI FITNA

11.08.2026   5574   10 min.
“TAKFIR” – MUSULMON JAMIYATINI ICHIDAN YEMIRUVCHI FITNA

Ayrim ilmsiz yoshlar eng nozik va qaltis masalalarni ko‘tarib, musulmonlar birligiga raxna solish bilan shug‘ullanmoqda. Dinda g‘uluvga ketib, g‘ayridinlar haqidagi oyat va hadislarni noto‘g‘ri talqin qilgan holda ularni musulmonlarni kofirga chiqarishga qurol qilmoqdalar. Bu juda ham xatarli va qaltis yo‘l. Bu yo‘lda ko‘pchilik toyilib, adashib ketgan. Shunday pallada yoshlarni xatarlardan ogoh etish har bir ziyoli, ma’rifatparvar insonning birlamchi vazifalari sirasiga kiradi.

“Takfir” tushunchasi “birovni kofirga chiqarish”, “kofir deb hisoblash” ma’nolarini anglatadi. Shariatimizda musulmon kishini aniq hujjat bo‘lmasdan “kofir” deb hukm qilish o‘ta xatarli bo‘lib, aslo mumkin emas.

Alloh taolo Qur’oni karimda bunday degan:

﴿ولا تَقُولُوا لِمَنْ أَلْقَى إِلَيْكُمُ السَّلامَ لَسْتَ مُؤْمِناً﴾

“...Sizga salom bergan kimsaga mo‘min emassan, demanglar” (Niso surasi, 94-oyat).

Demak, Alloh taolo bu oyati karimada shoshmashosharlik bilan birovning mo‘min emasligi haqida hukm chiqarishdan qaytarmoqda.

Shariatda musulmon insonni uning musulmon ekaniga qarshi dalil topilmagunicha musulmon deb hukm qilinadi. Mo‘min kishi iymon asoslarini ochiq inkor etishi yoki kufr kalimasini bilib turib, o‘zi xohlab talaffuz qilishi, Islomdagi qat’iy farz qilingan amallardan birini inkor qilishi yoki din shiorlaridan birini masxara qilishi bilan dindan chiqadi. Shunda ham darhol uning kofirligiga hukm chiqarilmaydi. Balki bu shar’iy masala bo‘lib, muftiy va qozilarning ishidir.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam “Laa ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh” deb turgan shaxsni kofirga chiqarish xatarini bir qancha hadislarida bayon qilganlar. Jumladan, Rasuli akram alayhissalom bunday dedilar:

‏ثَلاَثَةٌ مِنْ أَصْلِ الإِيمَانِ:‏ الْكَفُّ عَمَّنْ قَالَ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَلاَ نُكَفِّرُهُ بِذَنْبٍ وَلاَ نُخْرِجُهُ مِنَ الإِسْلاَمِ بِعَمَلٍ.

«Uch narsa iymonning aslidandir. “Laa ilaha illalloh” degan kimsaga tegmaslik, uni gunohi tufayli “kofir” demaymiz, amali tufayli Islomdan chiqarmaymiz» (Imom Abu Dovud rivoyati).

Ushbu hadisi sharifda musulmon kishi boshqa dindoshiga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishi borasida aniq hukm berilmoqda. Ya’ni haqiqiy mo‘min boshqa birodarini gunohi tufayli kofirga chiqarmasligi, qilgan amali sababli unga “mo‘min emas” degan so‘zni aytmaslik lozimligi uqtirilmoqda.

Yana bir hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar:

وَمَنْ قَذَفَ مُؤْمِناً بِكُفْرٍ فَهُوَ كَقَتْلِهِ.

“Kim mo‘min kishini kofirga chiqarsa, uni o‘ldirgandek (gunohkor) bo‘ladi” (Imom Buxoriy rivoyati).

Ushbu hadisga sharh yozgan ulamolarimiz: «Musulmonni o‘ldirgan qotil qancha gunoh olsa, musulmon insonni “kofir” deb hukm qilgan kimsa ham xuddi shunday gunohkor bo‘ladi», deganlar. Vaholanki, musulmonni o‘ldirish qanday gunoh ekani haqida Alloh taolo bunday marhamat qilgan:

﴿وَمَنْ يَقْتُلْ مُؤْمِنًا مُتَعَمِّدًا فَجَزَاؤُهُ جَهَنَّمُ خَالِدًا فِيهَا وَغَضِبَ اللَّهُ عَلَيْهِ وَلَعَنَهُ وَأَعَدَّ لَهُ عَذَابًا عَظِيمًا﴾

“Kim bir mo‘minni qasdan o‘ldirsa, uning jazosi jahannamdir. Unda abadiy qolur. Unga Allohning g‘azabi va la’nati yog‘ilur. Va Alloh unga ulkan azobni tayyorlagandir” (Niso surasi, 93-oyat).

Kofirga chiqarishning xatari haqidagi mashhur hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar:

أَيُّمَا امْرِئٍ قَالَ لأَخِيهِ: يَا كَافِر فَقَدْ بَاءَ بِهَا أَحَدُهُمَا إِنْ كَانَ كَمَا قَالَ وَإِلا رَجَعَتْ عَلَيْهِ.

«Agar kishi o‘z birodariga: “Ey kofir” desa, ikkisidan biri kofir bo‘ladi. Agar birodari haqiqatan ham kofir bo‘lsa, to‘g‘ri aytgan bo‘ladi, aks holda bu gapi kofir deguvchini o‘ziga qaytadi» (Imom Muslim rivoyati).

Shu ma’nodagi hadislarni yana ko‘plab keltirish mumkin. Ularning barchasida inson boshqa musulmonlarni kofirga chiqarishga shoshmasligi, ayblangan shaxs u aytganidek bo‘lmasa, o‘zi o‘sha sifatga doxil bo‘lib qolishi ta’kidlangan.

Rasulullohning ta’limlarini olgan sahobai kiromlar va ulardan keyingi ulamolarimiz ham musulmonni “kofir” deyishdan qattiq hazir bo‘lganlar. Chunki ular bu ishda katta gunoh borligi va bu gap o‘ziga qaytib qolishidan xabardor edilar.

Islom tarixidan ma’lumki, musulmonni gunohi sababli “kofir” deyishga birinchi bo‘lib jur’at etganlar xavorij firqasi bo‘ldi. Ular: “Mo‘min kishi gunoh ish qilsa, kofir bo‘ladi, Islomdan chiqadi”, dedi. Bora-bora xavorijlarning musulmonlarni kofirga chiqarishdan boshqa qiladigan ishlari qolmadi. Ularning shariatga zid bu ishlari musulmonlar orasida ixtilof va ziddiyatlarni chiqarib, qirg‘inbarot urushlarga, musulmonlarning qonlari to‘kilishiga olib keldi. Ulamolarimiz xavorijlarchalik Islomga katta zarar yetkazgan firqa bo‘lmaganini ta’kidlaydilar.

Afsuski, hozirgi kunda ham xavorijlarning g‘oyaviy izdoshlari chiqib turibdi. Zamonamiz xavorijlari ham qadimgi maslakdoshlaridan “o‘rnak” olib, fitna-fasod qilmoqdalar. Bularning ham, o‘tmishdagi maslakdoshlari kabi, musulmonlarni ayblashdan boshqa “g‘am”lari yo‘q. Bular iloji boricha ko‘proq musulmonni gunohi sababli kofirga chiqarishni o‘zlarining bosh vazifalari deb biladilar.

Ayni paytda bular ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan holda davlat rahbarlaridan boshlab, o‘zlariga hamfikr bo‘lmagan har bir musulmonni osongina kofirga chiqaradilar. Ularning soxta fatvolarida hozirda musulmonman deb yurganlarning ko‘pchiligi mushrik va kofir bo‘lib ketgan, deyiladi (Alloh asrasin!). Ularning bu soxta “fatvosi”ning puch ekaniga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning yuqorida zikri kelgan hadislaridagi: “Musulmonni gunohi tufayli kofir demaymiz”, degan qoidaning o‘zi kifoya qiladi.

Boshqa bir hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Kim biz o‘qigan namozni o‘qisa, qiblamizga yuzlansa, biz so‘ygan narsalardan yesa, u musulmondir. Bizga nima huquq bo‘lsa, unga ham shu huquq va bizga nima majburiyat bo‘lsa, unga ham shu narsa majburiyatdir” (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Mashhur sahoba Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan bu masala borasida so‘raldi: «“Gunohlardan birortasini kufr, shirk yoki nifoq deb bilarmidinglar? U: “Alloh saqlasin! Biz gunoh qilgan kishini gunohkor mo‘min deb bilamiz”, dedi» (“Majma’uz zavoid va manbaul favoid”).

Ahli sunna val jamoa e’tiqodiga ko‘ra, barcha ulamolar bir ovozdan harom ish qilgan kishi, modomiki uni halol sanamas ekan, kofirga chiqarilmaydi, balki fosiq, gunohkor bo‘ladi, deydilar.

Qolaversa, mazhabboshimiz Imomi A’zam rahmatullohi alayh “Fiqhul akbar” kitobida bunday degan:

وَلاَ نُكَفِّرُ مُسْلِمًا بِذَنْبٍ مِنَ الذُّنُوبِ وَاِنْ كَانَتْ كَبِيْرَةً اِذَا لَمْ يَسْتَحِلَّهَا.

“Musulmon kishi katta gunohlardan birini qilsa ham, modomiki o‘shani halol sanamasa, kofirga chiqarmaymiz”.

Buyuk muhaddis olim Abu Ja’far Tahoviy Hanafiy “Aqidatu-Tahoviya” asarida bunday deganlar: “Qibla ahllarining birontasini gunohi sababli, modomiki uni halol sanamas ekan, kofirga chiqarmaymiz”.

Bu masalada Mulla Ali Qoriy rahmatullohi alayh bunday deganlar:

قَالَ عُلَمَاؤُنَا: إِذَا وُجِدَ تِسْعَةٌ وَتِسْعُونَ وَجْهًا تُشِيْرُ إِلَى تَكْفِيْرِ مُسْلِمٍ وَوَجْهٌ وَاحِدٌ إِلَى إِبْقَائِهِ عَلَى إِسْلاَمِهِ

فَيَنْبَغِي لِلْمُفْتِي وَالْقَاضِي أَنْ يَعْمَلاَ بِذَلِكَ الْوَجْهِ.

Ulamolarimiz aytadilar: “Agar (biror so‘z yoki ish ustida) musulmonni kofir deyishga dalolat qiladigan to‘qson to‘qqizta dalil bo‘lsa-yu, musulmon deb bilishga dalolat qiluvchi birgina dalil bo‘lsa, muftiy va qozilar uchun o‘sha bitta dalilni olish lozim bo‘ladi” (“Sharhush shifo”).

Ammo hozirgi kundagi adashgan kimsalar bu masalada: “Mo‘min deyish uchun to‘qson to‘qqizta dalil bo‘lsa-yu, kofir deyish uchun birgina dalil bo‘lsa, to‘qson to‘qqiztasini chetga surib qo‘yib, o‘sha bir dalilni olish kerak”, deyishgacha borib yetdilar. Bu esa barcha ahli sunna ulamolarimizning tutgan yo‘llariga butunlay ziddir.

Hozirgi kundagi musulmonlarni kofirga chiqaruvchilarning asosiy xatolari – dinni puxta bilmaslik, oyat-hadislarni yengil-yelpi tushunish, mo‘tabar mujtahid ulamolar, mufassirlar va hadislarga sharh yozgan buyuk olimlarning so‘zlarini bilmasliklari yoki bilsalar ham, e’tiborga olmasliklaridir. Misol uchun ayrim johil toifalar

﴿فَاذْكُرُونِي أَذْكُرْكُمْ وَاشْكُرُوا لِي وَلَا تَكْفُرُونِ﴾

“Bas, Meni eslangiz, sizni eslarman. Va Menga shukr qilingiz, kufr qilmangiz” (Baqara surasi, 152) oyatidagi وَلَا تَكْفُرُونِ degan joyini “Menga kofir bo‘lmanglar” deb tafsir qilishadi. Ya’ni, gapni kofirlikka buradilar.

Vaholanki, biror mufassir bu so‘zni “kufr” deb tafsir qilmagan, balki, “noshukrlik” deb tafsir qilganlar. Masalan, Imom Qurtubiy buni shunday tafsir qilgan: فَالْكُفْرُ هُنَا سَتْرُ النِّعْمَةِ ya’ni, “bu joydagi “kufr” so‘zi Alloh bergan ne’matni yashirish – noshukrlik qilishdir”, degan.

Bunday misollarni Qur’oni karim va hadisi shariflardan ko‘plab keltirish mumkin.

Shunday ekan, Qur’oni karimda yoki hadisi shariflarda “kufr” so‘zi yoki unga o‘zakdosh kalimalar kelganda, undan faqat kofirlik nazarda tutilgan deb tushunmasdan, balki mo‘tabar mufassir va muhaddis ulamolarimizning tafsir va sharhlariga qarab xulosa chiqarishimiz shart bo‘ladi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, musulmonni kofirga chiqarishga hech kimning haqqi yo‘q. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam, sahobai kiromlar, tobeinlar va ularga ergashgan ulamolarimiz gunohkor musulmonlarni murtad yoki kofirga chiqarmaganlar.

Shunday ekan, musulmon shaxs o‘zini sunnatga hamda salafi solihlar yo‘liga ergashishini da’vo qilar ekan ularning yo‘lini mahkam tutishi lozim.

 

O‘tkirbek Sobirov

O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ul xodimi

Toshkent islom instituti o‘qituvchisi

MAQOLA