Avvallari o'qish yagona ko'ngilochar mashg'ulot edi. Hozir esa bunday mashg'ulot turlari ko'paygan bo'lsa-da, kitob o'qish hali ham eng foydali variant bo'lib qolmoqda. Bolalar nima uchun kitob o'qishi kerak?
Tadqiqotlarga ko'ra, haftasiga 1-2 marta kitob o'qiydigan 16 yoshli o'smirlar, umuman o'qimaydiganlarga qaraganda yuqori o'qish ko'rsatkichlariga ega bo'ladi.
Kitoblar = haqiqiy hayot
Bola hech qachon ko'rmagan narsalari haqida o'qishga qiziqmaydi. Shu sababli kitobdagi hikoyani haqiqiy dunyoga o'tkazish kerak. Masalan, agar bola kosmos haqida o'qiyotgan bo'lsa, uni kosmonavtika muzeyiga olib boring yoki teleskop sotib oling. Yovvoyi hayvonlar haqida bo'lsa, hayvonot bog'iga tashrif buyuring.
Bolaning qiziqishlarini e'tiborga oling
Agar bolangiz dinozavrlar davri, kema qurilishi yoki poyga mashinalariga qiziqsa, shunday mavzudagi kitob sovg'a qilgan ma'qul. Boshqa bir variant — bolani kitob do'koniga olib borib, o'zi xohlagan kitobini tanlashiga imkon bering. Yoki boshqa bolalarning ota-onalaridan ularning farzandlari qaysi kitoblarga qiziqishlarini so'rang.
Bolaning har bir gapini to'g'rilamang
Bolani kitobda bo'layotgan voqealar haqida sizga gapirib berganda, uni doimiy ravishda to'g'rilab turish shart emas. Agar u bir necha bor qahramonlar ismini yoki shahar nomini chalkashtirsa va bu kitobni tushunishga ta'sir qilmasa, bunday xatolarga ko'z yumish mumkin — muhimi bola kitobni qiziqib o'qigani. Agar siz uni hikoya boshida chalg'itsangiz, bola o'zini noqulay his qiladi, keyingi safar gapirib berishni istamasligi yoki butunlay kitobni tashlab qo'yish mumkin.
O'qigani uchun mukofotlang
Hozirgi kunda televizor va telefon kabi o'ziga jalb etadigan narsalar ko'pligidan kitob o'qish katta yutuq bo'lib qoldi. Bolani har bir o'qigan sahifasi uchun maqtang, kitobni tugatgandan so'ng parkka yoki sevimli kafesiga olib borib mukofotlang.
Kitob — eng yaxshi sovg'a
Buni o'zingizning misolingizda ko'rsating. Masalan, kitobni “Oy oxirigacha 50 sahifani o'qishing kerak, aks holda shirinliksiz qolasan” deb bermang. O'rniga o'qishni ijobiy assotsiatsiyalar bilan bog'lang. Chiroyli rasmlari bo'lgan kitob tanlang, sovg'a qog'oziga o'rab, hadya qiling: kitobni tish parisi olib kelgan yoki 8 martga sovg'a bo'lsin. Shuningdek, o'qishdagi yoki sportdagi yutuqlari uchun ham kitob bilan mukofotlang.
Turli janrdagi kitoblarni sotib oling
Agar bola sarguzasht janrini yaxshi ko'rsa, unga faqat shu turdagi kitoblarni sotib olish shart emas. Drama, fantastika, detektiv kabi boshqa janrlardan ham xarid qiling — shunda bolada tanlov bo'ladi va bir janr zerikarli bo'lib qolmaydi. Ayniqsa bu, maktabda bolalar faqat klassik asarlar o'qish majburiyatiga ega bo'lgan o'smirlik davrida foydali bo'ladi. Maktab ro'yxatini zamonaviy romanlar yoki psixologiya bilan boyiting.
O'qishni kundalik odatga aylantiring
Bolaga kitoblar uning hayotining bir qismi ekanligini, bu “jazo” emasligini tushuntirish kerak. Buning uchun unga kitob har qanday savolga echim topishga yordam berishi mumkinligini ayting. Agar bolada muloqot qilishda qiyinchilik bo'lsa, odamlar bilan oson til topishish haqida kitob sotib oling.
Ovoz chiqarib o'qing
Bolalarda dunyoga qiziqish va tasavvur qobiliyati o'qish ko'nikmasidan oldinroq uyg'onadi. Shu sababli bu ehtiyojlarni qondirish sizga bog'liq. Agar bolaga kitob o'qib bersangiz, kelajakda o'qishga qiziqib qolishi ehtimoli yuqori. Bundan tashqari, tadqiqotlarning ko'rsatishicha, ota-onalari ovoz chiqarib o'qigan bolalar boshqa bolalarga qaraganda o'qishni erta o'rganishadi.
Kecha, 6 may kuni Buxoro shahridagi Mir Arab oliy madrasasida “Yilning eng yaxshi islom tarixi o‘qituvchisi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, viloyat bosh imom-xatibi, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir domla Elov, hay’at a’zolari, ta’lim muassasalari rahbarlari, pedagog-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar 4 ta shart bo‘yicha bahs olib bordi. Ularning chiqishini malakali hakamlar hay’ati baholab bordi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagilar g‘olib deb topildi:
1-o‘rin: “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi Muhammadyahyoxon Mahmudov 1-darajali diplom, “Haj” safari yo‘llanmasi va smart televizor bilan mukofotlandi.
2-o‘rin: Toshkent islom instituti o‘qituvchisi Xalilulloh Yusupov, 2-darajali diplom, “Umra” safari yo‘llanmasi va smart televizor bilan taqdirlandi.
3-o‘rin: Hadis ilmi maktabi o‘qituvchisi Sanjar Berdiyevga 3-darajali diplom va zamonaviy muzlatgich taqdim etildi.
Tanlovning qolgan 10 nafar ishtirokchisiga faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Aytish joizki, ushbu tanlov O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari o‘rtasida har yili o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati