Sayt test holatida ishlamoqda!
01 Yanvar, 2025   |   2 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:32
Asr
15:23
Shom
17:08
Xufton
18:27
Bismillah
01 Yanvar, 2025, 2 Rajab, 1446

Ka'baning oltin eshigiga oltin bezaklar bilan ismini yozdirgan vatandoshimiz

22.05.2024   481   1 min.
Ka'baning oltin eshigiga oltin bezaklar bilan ismini yozdirgan vatandoshimiz

1979 yilda Ka'batullohning oltin eshigidagi yozuv va bezaklarni vatandoshimiz Abdurahim Amin Buxoriy (1917-1993 yy.) «suls» xatida yozib bergan. U 1917 yil Qo'qon xonligi hududida tavallud topgan. 1920 yillar boshlarida Saudiya Arabistoniga ko'chib kelgan. 1960 yillarda Saudiya Arabistonining eng mashhur xattoti sifatida shuhrat qozongan.

1962 yilda Saudiya Podshohining farmoniga binoan Ka'batullohning kisvasini tikish korxonasiga rahbar etib tayinlangan. 1979 yili nafaqaga chiqqunigacha shu fabrikada ishlagan. U Saudiya Arabistoni bayrog'ini yaratish loyihasida ham ishtirok etgan.

Vatanimizni butun dunyoga tanitib, dinimizga xizmat qilgan bobolarimizni Alloh taolo rahmatiga olsin, bizlarni ularga munosib zurriyot bo'lishimizni nasib etsin!

Manba: https://islom.uz/maqola/22196

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Rajab oyida aytiladigan zikr va duolar

31.12.2025   4682   3 min.
Rajab oyida aytiladigan zikr va duolar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Hazrati Ali roziyallohu anhu aytadilar: “Rajab oyida istig‘for aytishni ko‘paytiring. Chunki bu oyning har bir soatida do‘zaxdan ozodlik bor” (Daylamiy rivoyati. Al-Firdavs (81/1. 247).

Bu oyda solihlar istig‘for aytishni ko‘paytirardilar. Ular ayniqsa ushbu istig‘forni ko‘p takrorlardilar:

أَسْتَغْفِرُ اللّهَ ذَاَ الْجَلالِ وَالإكْرَامِ مِنْ جَمِيعِ الذُّنُوبِ وَالآثَامِ

O‘qilishi: “Astag‘firulloha zal Jalaali val Ikraam min jamiy’iz zunuubi val asaam”.

Ma’nosi: Zul Jalol val Ikrom – Allohdan barcha gunoh va xatolarim uchun mag‘firat so‘rayman.

Hofiz Kamoliddin Damiriy rahimahulloh Ibn Abbos roziyallohu anhudan marfu’ rivoyat qilingan ushbu xabarni keltiradi: “Kim rajab va sha’bon oyida

اَسْتَغْفِرُ اللهَ الْعَظِيْمَ الَّذِى لَااِلَهَ اِلاَّ هُوَ الْحَيُّ الْقَيُّوْمُ وَاَتُوْبُ اِلَيْهِ تَوْبَةَ عَبْدٍ ظاَلِمٍ لَايَمْلِكُ لِنَفْسِهِ ضَرًّا وَلَانَفْعًا وَلَامَوْتًا وَلَاحَيَاةً وَلَانُشُوْرًا

“Astag‘firullohal a’ziym allaziy laa ilaha illa huval hayyul qayyum va atuubu ilayhi tavbata ’abdin zoolimin laa yamliku linafsihi zorran va laa naf’an va laa mavtan va laa hayaatan va laa nushuuron” duosini yetti marta takrorlasa Alloh taolo ikki vakil qilingan farishtaga uning gunoh sahifalarini o‘chirib yuborishni buyuradi”.


Qisqa istifg‘or kalimalari:

أَسْتَغْفِرُ اللهَ

O‘qilishi: Astag‘firulloh

أَسْتَغْفِرُ اللهَ وَأَتُوبُ

O‘qilishi: Astag‘firulloha va atuubu ilayh

أَستغفِرُ اللهَ الَّذي لا إلَهَ إلَّا هو الحيُّ القيُّومُ وأَتوبُ إليه

O‘qilishi: Astag‘firullohallaziy laa ilaha illaa huval hayyul qayyum va atuubu ilayhi
 

رَبِّ اغْفِرْ لِي وَتُبْ عَلَيَّ إِنَّكَ أَنْتَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ

O‘qilishi: Robbig‘fir liy va tub ’alayya innaka antat tavvaabur rohiym

 

سُبْحَانَكَ وَبِحَمْدِكَ أَسْتَغْفِرُكَ وَأَتُوبُ إِلَيْكَ

O‘qilishi: Subhanaka va bihamdika astag‘firuka va atuubu ilayk

 

سُبْحَانَكَ اللَّهُمَّ وَبِحَمْدِكَ أَشْهَدُ أَنْ لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ أَسْتَغْفِرُكَ وَأَتُوبُ إِلَيْكَ

O‘qilishi: Subhanakallohumma va bihamdika ashhadu allaa ilaha illaa anta astag‘firuka va atuubu ilayk
 

اللَّهُمَّ إِنَّكَ عُفُوٌّ كَرِيمٌ تُحِبُّ الْعَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي

O‘qilishi: Allohumma innaka afuvvun kariymun tuhibbul afva fa’fu ’anniy
 

أَللَّهُمَّ مَغْفِرَتُكَ أَوْسَعُ مِنْ ذُنُوبِي وَرَحْمَتُكَ أَرْجَى عِنْدِي مِنْ عَمَلِي

O‘qilishi: Allohumma mag‘firotuka avsa’u min zunuubiy va rohmatuka arjaa ’indiy min ’amaliy
 

أسْتغفرالله ربي من كلّ ذنبٍ وأتوبُ إليه

O‘qilishi: Astag‘firulloha Robbiy min kulli zanbin va atuubu ilayh

Davron NURMUHAMMAD