frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

O'zbekistonga saudiyalik sayyohlar oqimini ko'paytirish masalasi muhokama etildi

23.05.2024   1149   1 min.
O'zbekistonga saudiyalik sayyohlar oqimini ko'paytirish masalasi muhokama etildi

O'zbekistonning Saudiya Arabistonidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Nodir Turg'unov “Saudi International Travel Company  - Saudiya Arabistoni xalqaro sayyohlik kompaniyasi” menejeri Abdulaziz Sulaymon bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Uchrashuvda O'zbekiston bilan Saudiya Arabistoni o'rtasida turizm, ta'lim va qishloq xo'jaligi sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, O'zbekistonga saudiyalik sayyohlar oqimini ko'paytirish masalasi muhokama qilindi.

Ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik izchil va samarali rivojlanib borayotgani, barcha darajadagi tashriflar almashinuvi ko'payib, turli qo'shma tadbirlar o'tkazilayotgani ta'kidlandi.

Saudiya kompaniyasi menejeri O'zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni diqqat bilan kuzatib borayotganini, bu borada O'zbekiston tomoni bilan hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan manfaatdor ekanini alohida ta'kidladi.

Saudiya xalqaro sayyohlik kompaniyasi Yevropaning ko'plab davlatlari bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'ygani, muntazam ravishda videokonferentsiya orqali uchrashuvlar, tashriflar almashinuvi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan muzokaralar olib borilayotgani ta'kidlandi.

Saudiya tomoniga O'zbekistonning boy sayyohlik salohiyati, bu borada ishlab chiqilayotgan yangi istiqbolli sarmoyaviy loyihalar, sayyohlik joylari haqida ma'lumot berildi.

Uchrashuv yakunlari bo'yicha muzokaralar tashkil etish va ikki davlat manfaatdor idoralari va sayyohlik kompaniyalari o'rtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish bo'yicha ham kelishuvga erishildi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Agar bolam tuzalib ketsa...

27.06.2025   5563   1 min.
Agar bolam tuzalib ketsa...

Savol: Farzandim davolanish uchun xorijga ketgan edi. Men agar bolam tuzalib kelsa, tilla taqinchoqlarimni sadaqa qilaman, deb nazr qilgan edim. Alhamdulillah, tuzalib keldi. Sadaqa qilaman, deb tursam, qaynonam, taqinchoqlaringiz toza tilladan, uni menga soting va pulini sadaqa qilaverasiz, deb talab qilmoqda. Nima qilsam, to‘g‘ri ish qilgan bo‘laman?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Mazhabimizda zakot, fitr sadaqasi, ushr va nazr kabi vojib sadaqalarda, ularning qiymatini berish mumkin. Shu bois siz ham tillangizning o‘zini yoki sotib, pulini sadaqa qilsangiz ham bo‘ladi. Faqat sotishda, bozordagi narxi e’tiborga olinadi. Undan kam narxga sotish mumkin emas.

Kam narxga sotsangiz, tafovutini o‘zingizdan qo‘shib sadaqa qilishingiz lozim bo‘ladi. Masalan, tilla taqinchoqlaringiz narxi nazrni ado qilish kunlarida bozorda 10 million so‘m bo‘lsa, lekin tanishim yoki yaqin insonim deb, 8 millionga sotsangiz, yoniga 2 million qo‘shib, sadaqa qilasiz va shu bilan nazringizdan qutilasiz. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi