frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Ehromga kirgan kishiga nimalar man qilinadi?

24.05.2024   2421   2 min.
Ehromga kirgan kishiga nimalar man qilinadi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin.

Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.

 

  1. Ayoliga yaqinlik qilish va shu ishga olib boruvchi amallarni qilish. Ya'ni o'pish, quchoqlash, shunga taalluqli gaplarni gapirish.
  2. Gunoh ishlarni qilish. Alloh taoloning toatidan chiqish.
  3. Sheriklar, xodimlar va boshqalar bilan talashib-tortishish, janjallashish va shunga oid ishlar.

Ushbu ishlar Qur'oni Karimning «Kimki ularda o'ziga hajni farz qilsa, hajda shahvoniy narsalar, fisq va janjal yo'qdir»,  degan oyatiga binoan man etilgan. Ehromdagi kishiga man qilingan boshqa narsalar hadisi shariflarda bayon qilingan.

  1. Tikilgan kiyimlarni kiyish. Ehromga kirgan kishi tikilgan kiyim kiymaydi, ikkita oq choyshabni – birini belidan pastiga, ikkichisini belidan yuqorisiga elkasi bilan aylantirib tutib oladi. Oyog'iga esa qadamlarining ustini to'smaydigan poyafzal kiyadi. Bosh kiyim kiymaydi. Boshi doimo ochiq yurishi kerak.
  2. Soch-soqol, tirnoq va tuklarni olish.
  3. Hushbo'y narsalarni sepish va hidlash.
  4. Quruqlikda yashovchi hayvonlarni ovlash, ovchilarga ko'rsatib berish yoki ularni cho'chitish.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

(Hadis va hayot kitobidan)

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   18888   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari