Hadj (palomnichestvo) - schitayetsya 5-iem stolpom v verouchenii Islama. Pri viepolnenii xadja trebuyetsya strogaya samo-distsiplinirovannost', osobenno kontrolirovat' svoy nafs (volya; jelaniya)krayne vajno dlya blagopoluchnogo viepolneniya xadja, ved' palomniki viepolnyayuschiye xadj yavlyayutsya gostyami Allaxa.
«Hadj sovershayetsya v izvestniee mesyatsie. Kto namerevayetsya sovershit' xadj v eti mesyatsie, tot ne doljen vstupat' v polovuyu blizost', sovershat' grexi i vstupat' v sporie vo vremya xadja. Chto bie vie ni sdelali dobrogo, Allax znayet ob etom» (Koran: Bakara, 197).
Chelovek namerevayuschiysya sovershit' palomnichestvo doljen zaranee gotovitsya k etomu deystviyu ne tol'ko material'no, no i moral'no. Kajdiey palomnik, kotoriey jelayet blagopoluchno viepolnit' xadj doljen ochistit'sya ot razniex vredniex priviechek kak govorit' loj', spletnichat', nanosit' vred komu-libo svoimi slovami ili deystviyem i t.d.
Voprosie prisuschiye palomnitsam
Mie jelayem chtob, Allax vosprinyal vashi molitvie, viepolnenniee vo vremya xadja. Pust' vashe palomnichestvo udostoitsya chesti «xadji-mabrur»!
MuniraABUBAKIROVA,
Spetsialist upravleniya musul'man Uzbekistana.
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Sarmoyangiz umringizdir...
Alloma Ibn al-Javziy o‘zining «Mudahish» nomli kitobiga bunday yozadi:
Bir kishi bor edi, u bozorda muz sotardi. Ovozini chiqarib bunday derdi: “Sarmoyasi erib ketayotgan odamga rahm qilinglar!”.
Bu kishi odamlarning yuragini yumshatib, ulardan muz sotib olishlarini so‘rardi. Chunki u sotadigan muz — vaqt o‘tishi bilan erib ketardi. Agar u muzini tezda sotib ulgurmasa, butun sarmoyasi yo‘q bo‘lib ketadi. Shuning uchun u bor ovozi bilan: “Sarmoyasi erib ketayotgan odamga rahm qiling!”.
Muzlab qolgan suvning har bir tomchisi sizning tark etgan umr lahzangiz kabidir, u endi hech qachon qaytmaydi.
Hayotingizdagi sanoqli kunlardan foydalaning…
Solihlardan biri aytadi: «Men “Asr” surasini yigirma yil o‘qidim, lekin uning ma’nosini tushunmasdim. “Nima uchun Alloh inson tabiatan ziyonda deb aytyapti va buni qasam bilan ta’kidlayapti?” deb o‘ylardim.
Keyin esa Alloh ziyondan najot topganlarni to‘rtta sifat bilan istisno qiladi:
– iymon keltirganlar,
– solih amal qilganlar,
– haqqa da’vat etganlar,
– sabrni tavsiya qilganlar.
Shunda men “Asr” surasidagi qasamning ma’nosini angladim: “Dunyodagi eng katta sarmoya bu – umringiz. Umringizdan o‘tgan har bir lahza erib ketgan muz kabi qaytib kelmaydi. Shuning uchun sarmoyangizni ehtiyot qiling! U siz yashab turgan vaqtdir. Ajal yetishidan avval tiriklik fursatidan foydalaning».
Alloh umrimizni uzun va xotimamizni chiroyli qilsin.
Sarmoyangizni o‘g‘irlayotganlarga e’tibor bering!
Har birimiz sarmoyamiz ya’ni vaqtimizni kim yoki nimalar zoye qilayotganini yaxshi bilamiz.
Allohni zikr qilishdan yoki U Zotga va Rasuliga itoat qilishdan boshqa narsa bilan vaqtni zoye qilmang.
Unutmang, sarmoyangiz — umringiz!
Maqsudali domla QOSIMOV,
Xo‘jaobod tumani “Yetti chinor” jome masjid imom-xatibi.