Bu haqda Farg'ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev "Chilgijiyda" masjidi jamoasiga ma'lum qilib, ushbu buyruqni o'qib eshittirdi. Unga ko'ra, Rashidjon domla Nuraliyev Hamdam o'g'li bajarib turgan vazifasidan ajralmagan holda tuman bosh imom-xatibi lavozimiga tayinlandi.
Nuraliyev Rashidjon Hamdam o'g'li — 1990 yilda tavallud topgan. 2010 yilda Namangandagi "Hidoya" o'rta maxsus islom bilim yurtini tamomlagan. Shundan so'ng tumandagi “Ingichka”, “Al-madinatul munavvara” masjidlarida imom-noibi vazifasida faoliyat olib borgan.
Alloh taolo domlaning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar ato etsin.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati