O'tgan haftada diniy-ma'rifiy sohada ro'y bergan muhim xabarlarning qisqacha tafsiloti
00:00 Anons
00:50 Birinchi Prezident xotirasiga Qur'on oyatlari o'qilib, duolar qilindi
01:21 Diniy sohani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
02:38 “Vaqf” fondi raisi Qatar elchisi bilan uchrashdi
03:22 Toshkent Islom instituti “At-Tanal al-arabiy” tashkiloti bilan, “Vaqf” fondi esa “Cambridge” o'quv markazi bilan memorandum imzoladi
04:38 30 nafar talaba “Sharhi Mullo” kitobidan ijoza oldi
05:26 Voiz ulamo va professor-o'qituvchilar yoshlarga oid chiqishlar qilmoqda
05:53 Horijdagi ishonchli diniy ta'lim muassasalari ro'yxati e'lon qilindi
06:25 Muftiy hazrat “Fotimai Zahro” masjidida juma ma'izasini qilib berdilar
✅ O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
#Jumadan_jumagacha
MUSLIM.UZ GA OBUNA BO'LING https://t.me/+PSOPDevNs2Va-wt7 VA ULASHING https://telegram.me/share/url?url=https://t.me/muslimuzportal
YouTube https://www.youtube.com/@Muslimuzz/featured
Instagram https://www.instagram.com/muslimuzportali/
Facebook https://www.facebook.com/muslimuzportal
Turkiyaning “CNN-Türk” telekanalida efirga uzatilgan “Tafakkur doirasi” dasturida so‘zga chiqqan taniqli olim, Milliy mudofaa universiteti rektori, professor Erhan Afyonju O‘zbekistonning boy tarixiy merosi va sayyohlik salohiyati haqida fikr yuritdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Ko‘rsatuvda qatnashgan turk tarixchisi Erhan Afyonju O‘zbekistonni turkiy sivilizatsiyaning eng go‘zal shaharlari joylashgan alohida geografik hudud sifatida ta’riflagan.
Olimning fikricha, juda ko‘pchilik sayyohlar O‘zbekistonni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishni istaydi. Chunki dunyoga mashhur Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent kabi shaharlar ana shu zaminda joylashgan.
Turk tarixchisi yoshlarga murojaat qilib, xorijga sayohat qilishni, avvalo, Turkiy dunyo mamlakatlarini kashf etish, ajdodlar yurti bilan yaqindan tanishishdan boshlash lozim ekanini ta’kidladi.
“Yoshlarga tavsiyam shuki, hozir xorijga sayohat qilmoqchi bo‘lsangiz, avvalo Turkiy zaminni aylaning. Masalan, O‘zbekistonga borib, tarixiy shaharlarni ko‘rib keling, ajdodlaringiz yurti bilan tanishing. So‘ng Saljuqiylar davlati barpo etilgan zaminlarni ko‘ring”, – dedi professor.
Erhan Afyonjuning ta’kidlashicha, bunday sayohatlar yoshlar uchun har tomonlama foydali va qiziqarli bo‘lib, ularning tarixiy xotirasi va dunyoqarashini boyitadi.
“Masalan, Samarqandning go‘zalligini dunyoning ko‘p joylarida topa olmaysiz. Ayniqsa, turk yoshlari o‘z ajdodlari yashagan zaminni borib ko‘rishlari lozim”, – dedi olim.
Professor O‘zbekistonni turkiy sivilizatsiyaning asosiy beshiklaridan biri, ilm-fan markazi sifatida ham alohida e’tirof etgan.
Shuningdek, turk tarixchisi O‘zbekistonning nafaqat tarixiy va madaniy, balki geografik jihatdan ham yashash uchun qulay hudud ekanini ta’kidlagan.
Dastur davomida professor bildirgan fikr-mulohazalar Turkiya jamoatchiligi orasida O‘zbekistonning tarixiy shaharlari, boy madaniy merosi va turizm salohiyatiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati