Ushbu tashabbus ziyoratchilar Qur'ondan bahramand bo'lishlari va Qur'on axloqini dunyo miqyosida yoyishlari uchun 1445-hijriy 2024-yilgi Haj mavsumi uchun Haram masjidi va Payg'ambarimiz alayhissalom masjidlarida Din ishlari bo'yicha raislikning rejasini qo'llab-quvvatlashdir.
Muqaddas Kitobni yod olgan malakali Qur'on o'qituvchilari ziyorat tajribasini oshirish bo'yicha sa'y-harakatlarga rahbarlik qiladi, deya xabar beradi Quran.uz Saudiya Press Agentligiga tayanib.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Savol: Ayol kishi rukuda tizzasini bukadimi yoki erkaklar kabi tekis tutadimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namoz o‘qishda, ayollar bilan erkaklarning bir nechta farqlari bo‘lib, ayollar satrliroq holda namoz o‘qishga buyurilganlar. Rukuda ham shunday, ya’ni ayollar rukuda erkaklardan farqli ravishda, tizzalarini biroz bukib ruku qiladilar.
Mashhur tobeiy Ato ibn Abu Raboh bunday deganlar:
تَجْتَمِعُ الْمَرْأَةُ إِذَا رَكَعَتْ تَرْفَعُ يَدَيْهَا إِلَى بَطْنِهَا وَتَجْتَمِعُ مَا اسْتَطَاعَت. مصنف عبدالرزاق
“Ayol kishi ruku qilganda, imkon qadar yig‘ilibroq, ikki qo‘lini qorniga yaqinlashtirib turadi” (“Musannafi Abdurrazzoq”).
“Fatavoi Olamgiriya”da bunday deyilgan:
وَالْمَرْأَةُ تَنْحَنِي فِي الرُّكُوعِ يَسِيرًا وَلَا تَعْتَمِدُ وَلَا تُفَرِّجُ أَصَابِعَهَا وَلَكِنْ تَضُمُّ يَدَيْهَا وَتَضَعُ عَلَى رُكْبَتَيْهَا وَضْعًا وَتَحْنِي رُكْبَتَيْهَا وَلَا تُجَافِي عَضُدَيْهَا .كَذَا فِي الزَّاهِدِيِّ
“Ayol kishi rukuda biroz egiladi, tizzalariga suyanmaydi, barmoqlarini ochmaydi, balki qo‘llarini birlashtirib, tizzalariga qo‘yadi va tizzalarini biroz bukadi va bilakalarini tanasidan ajratmaydi. “Zohidiy”da shunday deyilgan”. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.