Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyul, 2025   |   21 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:04
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:58
Xufton
21:31
Bismillah
16 Iyul, 2025, 21 Muharram, 1447

Samarqandda yashagan va ijod qilgan mutafakkirlar

30.05.2024   2112   19 min.
Samarqandda yashagan va ijod qilgan mutafakkirlar

Albatta, siz bu alloma, olim, ulamolar haqida bilasiz, ular hayoti, ijodi, faoliyati haqida ko'plab kitoblarda o'qigansiz. Biz quyida ularning biz, avlodlariga qoldirgan ma'naviy merosi haqida muxtasargina ma'lumot berishni ma'qul ko'rdik.

Imom Buxoriy (810-870) Islom ta'limotiga oid 20 dan ortiq asarlar yozdi. Uning birgina “Al-jome' as-sahih” asariga 7275 ta hadis kiritilgan. 1998 yil oktyabr' oyida buyuk mutafakkir Imom Buxoriyning 1225 yillik tavallud kuni keng nishonlandi. Samarqand yaqinidagi Hartang qishlog'ida Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi barpo etildi. 4 jildli “Al-jome' as-sahih” kitobi ilk bor o'zbek tilida nashr etilib, kitobxonlarga taqdim etildi.

Abu Mansur al-Moturidiy (870-944). Kalom ilmi ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan buyuk alloma Abu Mansur al-Moturidiy Samarqand yaqinidagi Moturid qishlog'ida tug'ilgan. Al-Moturidiy islomiy odob qoidalari, ma'naviy-axloqiy kamolot sirlaridan ta'lim berishga mo'ljallangan qator asarlar yozgan. Ulardan “Kitob at-Tavhid” (“Allohning birligi”) va “Ta'vilot ahl assunna” (“Sunniylik an'analari sharhi”) nomli asarlarigina saqlanib qolgan. Ularda diniy ta'limot, islomiy urf-odatlar, insonning kamol topishida dunyoqarashining shakllanish mohiyati talqin etilgan.

Al-Moturidiy 944 yilda Samarqandda vafot etgan. Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlarimiz tiklanayotgan vatanimizda 2000 yil noyabrda Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi. Samarqandda Moturidiy xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik majmui barpo etilgan, asarlari o'zbek tilida nashrdan chiqqan.

Burhoniddin al-Marg'inoniy mashhur fiqh (huquqshunos) olimi. U 1123 yilda Rishtonda (Farg'ona vodiysi) tavallud topgan. Al-Marg'inoniyning eng nodir kitobi to'rt jildli “Hidoya” asaridir. “Hidoya” islom huquqshunosligi bo'yicha mukammal asardir.

Bu asar hozirgi kunda ham muhim manba sifatida foydalanib kelinmoqda. Shu sababli alloma nafaqat ulamolar, balki oddiy xalq orasida ham “Hidoyat yo'lining sarboni” deya katta hurmat-e'tibor topganBurhoniddin valmilla (Islom dinining dalili, isbotidegan sharaflinomgasazovorbo'lgan. 2000 yilda al-Marg'inoniyning tavalludi keng nishonlandiShu munosabat bilan Marg'ilon shahri markazida Burhoniddin Marg'inoniy yodgorlik majmui bunyod etilibshu erda uning ramziy maqbarasi o'rnatildi.

Abu Lays Samarqandiy. Abu Lays kunyasi bilan mashhur bo'lgan Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad Samarqandiy 911 yilda Samarqandda tug'ilgan, shu erda shayxulislomlik qilgan. Zamonasining etuk fiqh va tafsir olimifozil va nufuzli kishisi bo'lgan.

Mir Sayid Baraka. Sayyid Baraka, Mir Sayyid Baraka Amir Temurning piriSharafiddin Ali Yazdiyning yozishichaasli Makka shahridan bo'libAmir Temur bilan dastlab Termiz shahrida uchrashgan.

Hoja Ahror Valiy (1404-1490 yy) HV asr ikkinchi yarmida ijtimoiy-siyosiy, madaniy va tafakkur rivojida muhim o'rin tutgan. Naqshbandiya tariqatini rivojlantirgan. Hijriy 806 yil ramazon oyida (1404 yil, mart) Shosh – Toshkent hududidagi Bog'istonda dunyoga kelgan. Ona tarafidan Hoja Ahror mashhur Shayx Hovandi Tahurga borib ulanadi.

Hoja Ahror qalamiga mansub uch risola bizgacha etib kelgan. Ulardan biri — “Faqarot ul-orifin” (“Oriflar so'zlaridan parchalar”) bo'lib, unda Hoja Ahrorning va ba'zi boshqa tasavvuf namoyandalarining tariqatga oid fikrlaridan namunalar keltirilgan. “Volidiya” deb nomlangan ikkinchi risolasini Hoja Ahror o'z otasi iltimosiga ko'ra yozgan. Unda tariqat yo'liga kirgan kishining axloq-odobi, faqr va fano tushunchalari haqida so'z boradi. Bu risola o'z davrida mashhur bo'lib, Jomiy va Alisher Navoiylar u bilan yaqindan tanishganlar. Zahiriddin Muhammad Bobur esa uni forsiydan o'zbek tiliga she'riy tarjima qilgan. Uchinchi risola “Havroiyya” deb atalib, mashhur mutasavvuf shoir Abu Sa'id Abulxayrning ushbu “Havro” (“Hurlar” yoki “Farishtalar”) so'zi bilan boshlanuvchi bir ruboiysini sharhlashga bag'ishlangan.

Hoja Ahror Valiy 1490 yilda vafot etgan va Samarqandda dafn etilgan.

Ali Qushchi (1404-1474 yy) HV asrda ilmiy faoliyat ko'rsatgan faqih, matematik va astronom olim. Uning to'liq ismi – Alouddin Abulhasan Ali ibn Muhammad Samarqandiy edi.

Alloma 806/1404 yili Samarqandda tug'ilgan. Otasi Mullo Muhammad temuriylar xonadoniga yaqin bo'lib, ko'p vaqt Shohruh (1409-1447) saroyida xizmat qilgan. U ov qushlariga qaraydigan xodimlarga boshliq bo'lgan. Ali Qushchi otasi singari yoshligidan ovga qiziqadi, Ulug'bekning qarchig'aylarini tarbiya qiladi va nihoyat mohir ovchi bo'lib etishadi. Shuning uchun ham Muhammad Qushchining o'g'li Ali “Qushchi” degan laqab bilan tanilgan.

Ali Qushchi Samarqand madrasasini bitirgach, Ulug'bekning ruxsati bilan bir necha yil Eronning Kirmon viloyatida istiqomat qildi va ijod etdi. Bu erdagi olimlar va shoirlarning ilmiy majlislarida ishtirok etib, ko'pgina kitoblarni mutolaa qildi, sharhlar va mustaqil asarlar yozdi.

Uning «Risolai fathiya», «Risolai Muhammadiyya», «Tarixi hoqoni Chin», «Risolai mufradiyya», «Sharhi risola al-fiqh», «Risolatu fi mavzu'ot ul-ulum», «Mahbub ul-hamoyil fi kashf ul-masoyil» kabi ilmiy asarlari mashhur. Hijriy 879 (milodiy 1477) yili Istanbulda vafot etgan va Abu Ayyub Ansoriy qabristoniga dafn qilingan.

Alisher Navoiy (1441-1501 yy)Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevral' kuni Huroson davlatining poytaxti - hozirgi Afg'oniston hududidagi Hirot shahrining Bog'i Davlatxona mavzesida tug'ildi.

Alisher Navoiy Samarqandda 1465 yildan 1469 yilning bahorigacha yashadi, Fazlulloh Abu Lays madrasasida o'qib, turli fanlarga oid bilimlarini yanada chuqurlashtirdi. O'zidan juda katta ma'naviy-madaniy meros qoldirdi.

Manba

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Majburlab erga berish durustmi?

11.07.2025   5993   1 min.
Majburlab erga berish durustmi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Ota-onam meni majburlab erga bermoqchi, bola bilan ko‘rishdim va ko‘nglim g‘ash bo‘lib qoldi. Keyin istixora o‘qishni boshladim va baribir ko‘nglim yumshamadi. Uydagilarga tushuntirdim, lekin meni eshitishmayapti. Men qanday yo‘l tutsam bo‘ladi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Dinimizda xotin-qizlarni majburlab erga berishdan man qilingan. Zero, nikoh ikki tomonning roziligi bilan tuziladi. Juvon bo‘lsa, u bilan ochiqcha gaplashiladi, bokira bo‘lsa, undan izn so‘raladi. Bokira (rozilik alomatlari bilan) sukut qilsa, bu uning nikohga izn bergani bo‘ladi.

Barcha fiqhiy manbalarimizda kelin va kuyov o‘z roziligini bildirishi (iyjob va qabul) nikohning asosiy rukni ekani bayon qilingan. Kelin-kuyovdan biri nikohga rozi bo‘lmasa, nikoh durust bo‘lmaydi.

Ota-onaning vazifasi esa farzandini boylik, mansab yoki boshqa g‘arazlar sababli ko‘r-ko‘rona uylanish yoki erga tegishga majburlash emas. Balki farzandiga juft bo‘layotgan yigit yo qizning diyonati, xulq-odobiga va kasb-hunariga e’tibor qilishdir.

O‘z o‘rnida turmush qurayotgan farzand ham ota-onasining tavsiyalari o‘rinli bo‘lsa, qabul qilishi, qaysarlik qilmay ularning hayotiy tajribalaridan foydalanishi kerak.

Xotin-qizlarni majburlab erga berish holatlarida Payg‘ambarimiz alayhissalomning ayolga nikoh yo ajralishni tanlash ixtiyorini berganlari ma’lum. Hatto bir holatda qiz kambag‘al yigitni, ota-ona esa boy yigitni tanlaganida, u zot qizning ixtiyorini ustun qo‘yib: 


لم ير للمتحابين مثل النكاح
«Bir-birini yaxshi ko‘rganlar uchun nikohdan yaxshisi yo‘qdir", dedilar (Imom Ibn Moja rivoyati). Vallohu a’lam"

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.