frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Yaxshi va yomon 2 xislat

30.05.2024   4159   3 min.
Yaxshi va yomon 2 xislat

Alloh subhonahu va taolo Qur'oni karimda mol-dunyo va bola-chaqa dunyo ziynati ekanini bayon qilgan: “Mol-mulk, bola-chaqa hayoti dunyo ziynatidir. Boqiy qolguvchi solih amallar Robbing huzurida savob va umid jihatidan yaxshiroqdir(Kahf, 46).

Inson tirik ekan, dunyoning bu ziynatlari hamisha hamroh bo'lar ekan. Lekin gap shundaki, bu ziynatga o'ta berilib, u bilan chalg'ib oxirat amallari, Allohning roziligi qolib ketmasligi muhimdir. Zero, halol tirikchilik qilishlik ham ayni ibodatdir. Chunki dinimiz ta'limotlarida tarkidunyochilikka targ'ib qilinmaydi. Balki, har bir mo'min-musulmon kishi dunyo hayotida farovon yashashi va Alloh bergan rizqini halol yo'llar bilan topishi uchun mehnat va harakat qilishi kerakligi bayon etilgan.

Alloh taolo Juma surasining 10-oyatida marhamat qilib aytadi: "Bas, qachonki, namoz ado qilingach, erda tarqalib, Allohning fazli (rizqi)dan istayveringiz! Allohni ko'p yod etingiz! Shoyadki, najot topsangiz".

Ushbu oyati karimada Alloh taolo mo'minlarni ibodatlarini ado etib bo'lgandan keyin er yuziga tarqalib, sa'y-harakat qilib, halol rizq topishga targ'ib qilmoqda. Alloh taolo rizq yo'llarini ko'paytirib qo'ygan. Kimdir dehqonchilik, kimdir tijorat, kimdir o'qituvchilik, kimdir shifokorlik qilib pul topadi.

Ibn Hajar Asqaloniy o'zining “Munabbihot” kitobida quyidagi rivoyatni keltiradi: “Ikki xislat borki, ulardan afzal narsa yo'q: Allohga iymon keltirish va musulmonlarga foyda keltirishdir. Ikki xislat borki, ulardan yomonroq narsa yo'q: Allohga shirk keltirish va musulmonlarga zarar etkazishdir”.

Ha, inson kasb-hunar qilar ekan, ham oilasiga naf, ham boshqalarga manfaat, ham ibodatda bo'ladi, modomiki firibgarlik qilmasa, odamlarni aldamasa, qimor, aroq, harom go'shtlar savdosi kabi harom yo'l bilan tirikchilik qilmasa.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mehnatkash va kasb- hunarli kimsalarni maqtab bunday deganlar: “Alloh taolo kasb-hunarli kishini yaxshi ko'radi” (Imom Termiziy rivoyati).

Sarvarbek YO'LDOShYeV,

Asaka tumanidagi “Mirzo Sharif” jome masjidi imom-xatibi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   9839   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari