Bugun, 6 oktyabr' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlari Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi “Ko'kcha Oqtepa” jome masjidida jamoat bilan juma namozini ado etadilar.
Insha Alloh, juma namozidan avval qorilarning go'zal qiroatlari va muftiy Shayx hazratlarining barchamiz uchun manfaatli suhbatlaridan bahramand bo'lamiz.
Masjid lokatsiyasi
Mo'min-musulmonlarni mazkur ma'rifiy suhbatga taklif etamiz.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kim bir yaxshilikni ko‘ngilga tugsa-yu, uni qilmasa, Alloh buni O‘z huzurida unga to‘liq bir yaxshilik deb yozadi. Agar shuni ko‘ngilga tugib, keyin uni qilsa, Alloh buni O‘z huzurida unga o‘nta yaxshilikdan yetti yuz baravargacha qilib, undan ham bir necha baravar ko‘p qilib yozadi. Kim bir yomonlikni ko‘ngilga tugsa-yu, uni qilmasa, Alloh buni O‘z huzurida unga to‘liq bir yaxshilik deb yozadi. Agar shuni ko‘ngilga tugib, keyin uni qilsa, Alloh buni unga birgina yomonlik deb yozadi" (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).