frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Nega jannatda may ichishga ruxsat etilgan?

31.05.2024   3602   5 min.
Nega jannatda may ichishga ruxsat etilgan?

Cavol: Nega bu dunyoda may (mast qiluvchi ichimlik) ichish mumkinmasu, narigi dunyoda ichish mumkin? Nega bu dunyoda taqiqlangan bo'lsa, u dunyoda taqiqlanmagan?

 

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Hisob-kitobdan keyin jannat ahli jannatga kirgach ulardan imtihon va sinov ko'tariladi. Ularga Allohning roziligi va rahmati bo'ladi va Alloh taolo ularga turli noz ne'matlarini serob qiladi. Shu jumladan dunyoda harom qilingan ba'zi narsalarni sabr va toatu ibodatlariga mukofot o'laroq jannatda halol qiladi. Masalan, oltin va ipak dunyoda erkaklar uchun harom qilingan. Jannatda esa barchaga birdek halol qilinadi.

Huddi shuningdek, oxiratda jannatda may ham bo'ladi. Ammo jannat mayi bilan dunyodagi mayning o'rtasida er bilan osmoncha farq bor. Dunyo mayi odamni mast qiladi, aqlni ketkazadi, ichishga yoqimsiz bo'ladi, boshni og'ritadi, qayt qildiradi, bavlni ko'paytiradi, va uni ichgan odam aljirab gapiradi. Shuning uchun ham Payg'ambarimiz alayhissalom uni yomonliklarning onasi (asosi) deb aytganlar: “May yomonliklarning onasidir. Uni ichgan kishining qirq kunlik namozi qabul bo'lmaydi. Qornida may bo'lgan holda o'lgan kishi johiliyat o'limida o'lim topgan bo'ladi” (Imom Tabaroniy rivoyati).

Ammo jannatdagi may esa yarqirab jilovlanuvchi oq randa bo'ladi, ichganda lazzatli bo'ladi, aqlni olmaydi, ichgan odam aljiramaydi, boshni og'ritmaydi. Bu haqda Alloh taolo uni vasf etib, shunday marhamat qilgan: “U oppoq, ichguvchiga lazzatbaxshdir. Unda hech bir zarar yo'qdir va undan sarxush ham bo'lmaslar”(Soffat surasi, 46-47-oyat).

Boshqa oyatda: “Ular (jannat ahli) unda qadahlarni bir-birlariga uzaturlar. U erda behuda sergaplik va gunoh yo'q”(Tur surasi, 23-oyat.)

Boshqa bir oyatda esa: “Taqvodorlarga va'da qilingan jannatning misoli (shuki): ichida aynimagan suvli anhorlari, ta'mi o'zgarmagan sutli anhorlari, ichuvchilarga lazzatbaxsh xamr (sharob)li anhorlari, musaffo asalli anhorlari bor. Ular uchun unda barcha mevalar va o'z Robbilaridan mag'firat bor. (O'shalar) otashda mangu qoluvchi va o'ta qaynoq suv ila sug'orilib, ichaklari titilib ketgan kimsaga o'xsharmi?(Muhammad surasi, 15-oyat).

Jannat sharobi dunyodagi sharobdan topiladigan barcha salbiy sifatlardan xolidir. Nomi bir xil ekani ularning jinsi ham bir xil ekanini ifoda qilmaydi.

Shuni ham alohida ta'kidlash kerakki, bir narsani halol qilish yoki harom qilish bu faqat Alloh taoloning hukmi va irodasiga bog'liqdir. Alloh taolo har qanday hukm joriy qilar ekan, bandalar o'sha hikmatni bilish yoki bilmasligidan qat'iy nazar albatta, uning ortida hikmat bor.

Dunyo va oxiratni bir-biriga qiyoslash to'g'ri bo'lmaydi. Chunki bu dunyo imtihon dunyosi. Oxirat esa jazo va mukofot dunyosidir.

Alloh taolo dunyoda halol va haromga bog'liq hukmlarni bandalarning sinovi uchun joriy qilgan. Bandadan talab qilingani esa unga itoat qilishdir. Allohga iymon keltirgan banda eshitdik va itoat qildik, deydi. O'ziga zulm qiluvchi bandalar esa eshitdik, lekin itoat qilmaymiz, deydi.

Zero, Alloh taolo qilgan ishlaridan so'ralmaydigan zot. Bandalar esa so'raluvchidirlar.

“U qilgan narsasidan so'ralmas. Holbuki, ular so'ralurlar”(Anbiyo surasi, 23-oyat). Tavfiq Allohdan.

 O'zbekiston musulmonlari idorasiFatvo markazi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   24492   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari