Sayt test holatida ishlamoqda!
18 May, 2025   |   20 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:25
Quyosh
05:02
Peshin
12:24
Asr
17:26
Shom
19:41
Xufton
21:11
Bismillah
18 May, 2025, 20 Zulqa`da, 1446

Bahouddin Naqshband ziyoratgohi - tarixga hurmat ifodasi

31.05.2024   829   2 min.
Bahouddin Naqshband ziyoratgohi - tarixga hurmat ifodasi

Prezident Shavkat Mirziyoev 31 may kuni Buxoro viloyatiga keldi.

Tashrif xayrli amaldan - Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshlandi. Qur'on oyatlari tilovat qilinib, xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab duo o'qildi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan majmua yanada obod qilinib, tarixiy asliyat tiklanmoqda. Ziyorat chog'ida ushbu ishlar ko'zdan kechirildi.

Avvalo, Toqi miyona darvozasidan boruvchi tarixiy yo'lak tiklandi. Endi ziyoratchilar Bahouddin Naqshband maqbarasiga sunnatga muvofiq qibla tarafdan yurib boradi.

- Yuz yil vayron bo'lib yotgan bu darvozani tiklaganimiz - o'zlikni anglash, tarixga hurmatimiz ifodasi, - dedi Shavkat Mirziyoev. - Endi bu erdagi har bir obidaga, xonlar dahmalariga bitiklar yozib qo'yish kerak. Ziyoratga kelganlar qadamma-qadam tarixni o'rganib, ma'naviy ruh olib o'tsin.

Toqi miyona darvozasining ikki yoni boqqa aylantirilgan. Muzey va tahoratxona barpo etilgan. Yo'qolib borayotgan Doniyolbiy madrasasi tiklanmoqda.

Olimlar bilan suhbatda Bahouddin Naqshband merosini chuqur o'rganish haqida fikr almashildi. Chet davlatlardan manbalarni olib kelish, ilmiy izlanishlarni qo'llab-quvvatlash, muzeyni Imom Buxoriy majmuasidagidek mazmunan boyitish zarurligi ta'kidlandi. Shuningdek, ziyoratchilar, jumladan, xorijiy turistlar uchun qulayliklarni kengaytirish, qishga ham, yozga ham mos sharoitlar yaratish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.

Mutasaddilarga shularni qamrab olgan holda, olimlarning takliflari asosida qaror ishlab chiqish topshirildi.

 

manba: https://uza.uz/posts/603560

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Shu yerda otamni urgan edim

16.05.2025   3573   2 min.
Shu yerda otamni urgan edim

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

 

عَنْ مُسْلِمِ بْنِ عَبْدِ اللهِ الْحَنَفِيِّ قَالَ: بِرَّ وَلَدَكَ فَإِنَّهُ أَجْدَرُ أَنَّ يَبَرَّكَ فَإِنَّ مَنْ شَنَأَ عَقَّهُ وَلَدُهُ

Muslim ibn Abdulloh Hanafiydan rivoyat qilinadi: Bolangga yaxshilik qil. Shunda u senga yaxshilik qiladi. Kim yomonlik qilsa, bolasi unga oq bo‘ladi.

Bolang kichikligida sen unga yaxshilik qilib, tarbiyasini va muomalasini yaxshi qilgin, qariganingda u senga yaxshilik qaytaradi. Ammo kim yoshligida farzandiga yomonlik qilib yurgan bo‘lsa, qariganida farzandidan ko‘radi.

Ota-ona o‘zining farzandi oldidagi majburiyat va mas’uliyatini sharaf bilan ado etib qo‘ysa, qariganida albatta qilgan yaxshiliklari bolasidan qaytadi.

Xuddi shu ma’noga o‘xshash yana bir gap bor. Kim yoshligida ota-onasiga yaxshilik qilsa, qariganida unga ham bolasi yaxshilik qiladi. Bu holat aksincha bo‘lishi ham mumkin.

Otamiz rahmatli shu ma’nodagi hikoyani bir necha marta takrorlaganlarining guvohi bo‘lganmiz.

Odamlar yo‘lda ketishayotsa, bir yigit oqsoqol cholni kaltaklayotgan emish. Ular tezlab borib, oqsoqolni ajratib olishibdi va yigitga o‘dag‘aylab, unga zardali savollar bera boshlashibdi. Shunda oqsoqol o‘zidan oqqan qonni arta turib: «Unga tegmanglar. Hamma ayb o‘zimda. Men yigitlik chog‘imda xuddi shu yerda otamni urgan edim», debdi.

Shunday ekan, har bir kishi ota-onasiga ham, farzandiga ham doimo yaxshilik qilish payidan bo‘lishi kerak. Qisqasi, har kimga shariat tomonidan berilgan haqning rioyasini qilish lozim.

«Yaxshilik va silai rahm» kitobi 1-juz.

 

Maqolalar